sinf testlari sinf biologiya olimpiada savollari variant


-sinf biologiya olimpiada uchun test. II variant


Download 86.79 Kb.
bet6/10
Sana06.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1277345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-синф тест олимпияда 22-23

9-sinf biologiya olimpiada uchun test. II variant

1. Mikorizaning tuzilishiga ko`ra qanday turlari mavjud?


A)ektotrof va endotrof B)ektoderma va endoderma
C)ektoparazit va endoparazit D)berilgan barcha turlar
2. Qayin, eman va ninabargli daraxtlarda mikorizaning qanday turi uchraydi?
A)endotrof B)ektotrof C)ekotop D)mezotrof
3. Qaysi lishaynikning tanasi bargga o`xshash yassi, pastki tomonining o`rtasi bilan jismga yopishgan bo`ladi?
A) batsidiya B) usneya C) parmeliya D) kladoniya
4. Qaysi o`simlikning tanasi organlarga bo`linmagan?
A) suvqirqqulog`ining B) dalaqirqbo`g`imining
C) funariyaning D) parmeliyaning
5. Ko`k-yashil suvo`tlarning hujayra po`sti qanday moddadan iborat?
A)pektin B)pepsin C)sellyuloza D)murein
6. Qaysi zamburug`ning haqiqiy mitseliysi bo`lmaydi, hujayrasi oval shaklida, bir yadroli?
A)achitqi B)mog`or C)vertitsill D)zangzamburug`i
7. Qaysi zamburug` oraliq xo`jayinga ega?
A)qo`ziqorin B)zangzamburug`I C)parazit zamburug` D)mikoriza
8. Iste`mol qilinadigan zamburug`lar mevatanasida qaysi mikroelementlar ko`p bo`ladi?
A)magniy, fosfor, temir B)kaltsiy, temir, fosfor
C)temir, kaltsiy, rux D)kaliy, natriy, rux
9. Zang zamburug`ining oraliq va asosiy xo`jayinini aniqlang.
A)oq narsis, bug`doy B)qilqonarpa, bug`doy
C)salomalaykum, bug`doy D)zirk va bug`doy
10. Bug`doy o`simligining poya va barglarida dog`larning paydo bo`lishiga qaysi zamburug` sababchi bo`ladi?
A)oqzamburug` B)vertitsil C)qorakuya D)zangzamburug`i
11. Mikroskopning ko`rish kuchi qanday aniqlanadi?
A) ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo`lgan maksimum masofa bilan
B) ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo`lgan minimum masofa bilan
C) obyektiv va okulyardagi sonlarning ko`paytmasi bilan
D) obyektiv va okulyardagi sonlarning yig`indisi bilan
12. Mikroskop ko`rish kuchining chegarasi nimaga teng?
A) yorug`lik to`lqin uzunligining yarmiga
B) yorug`lik to`lqin uzunligining 1/3qismiga
C) obyektiv bilan preparat orasidagi masofaga
D) obyektiv va okulyardagi sonlarning ayirmasiga
13. Mitoxondriya tarkibidagi qanday moddaning mavjudligi ularni bo`linish yo`li bilan tezda ko`payishiga imkon yaratadi?
A) DNK B) DNK, RNK C) oqsil D) DNK, oqsil
14. Qaysi olim hujayrasiz hayot yo`qligi haqida fikr yuritgan?
A) R. Virxov B) YA. Purkinye C) B. Broun D) M. Shleyden
15. Qaysi usul yordamida organoidlarning fazoviy uch o`lchamli tasvirlarini olish imkoniyati paydo bo`ldi?
A) elektron mikroskopiya B) sitokimyo C) sentrifugalash D) yorug`lik mikroskopiyasi
16. Bakteriyalarning irsiy axboroti hujayraning qaysi qismi bilan bog`liq va u qayerda joylashgan?
A) bitta aylana shakldagi DNK molekulasi bilan bog`liq, sitoplazmada joylashgan
B) ikkita aylana shakldagi DNK molekulasi bilan bog`liq, yadroda joylashgan
C) bitta ipsimon DNK molekulasi bilan bog`liq, sitoplazmada joylashgan
D) bir nechta uzun DNK va RNK molekulalari bilan bog`liq, tashqi membranada joylashgan
17. Amyobasimon shaklli hujayrani aniqlang.
A) leykotsit B) eritrotsit C) gepatotsit D) trombotsit
18. Hujayra kiritmalarining organoidlardan farqini aniqlang.
A) hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo, goh yo`q bo`lib turadigan, sitoplazmaning doimiy bo`lmagan qismi
B) sitoplazmaning doimiy bo`lgan, ma'lum vazifani bajaradigan qismi
C) yadroning doimiy qismi
D) sitoplazmatik membrananing o`simtalari
19. O`z-o`zidan ko`paya oladigan organoidni aniqlang.
A) lizosoma B) ribosoma
C) sentriola D) golji majmuasi
20. Ikki silindr shaklidagi tanachalardan tashkil topgan organoidni belgilang.
21. Oqsilning struktur funksiyasi nimada namoyon bo’ladi?
22. Tolasimon oqsillarga misol keltiring?
23. Oqsillarning tabiiy xususiyatlarini yo’qotishi nima deyiladi?
24. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar nima deyiladi?
25. Globulinlarga misol?

26. Spirtli achish deb nimaga aytiladi?


A) glukozaning kislorodli sharoitda etil spirti, sut kislota va karbonat angidridgacha parchalanishi
B) glukozaning kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanishi
C) etil spirti bilan karbonat angidrid ishtirokida disaxaridlarning sintezlanishi
D) glukozaning kislorodli sharoitda etil spirti va suvgacha parchalanishi
27. Fotosintezda hosil bo`lgan molekular kislorodning manbai nima?
A) CO2 B) uglevod C) suv
D) xlorofill pigmenti
28. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilish qobiliyatiga ega bo`lmagan organizmlar nima deb ataladi? A) fototroflar B) geterotroflar
C) avtotroflar D) xemotroflar
29. Amilaza fermenti kraxmalga qanday ta'sir ko`rsatadi?
A) glikogenga aylantiradi
B) suv va CO2gacha parchalaydi
C) sellulozaga aylantiradi
D) shakargacha parchalaydi
30. Bargning bir qismiga quyosh nurining ta'siri to`sib qo`yilsa, o`sha joyda...
A) kraxmal hosil bo`lmaydi
B) kraxmal hosil bo`ladi
C) ATF sintezi kuchayadi
D) xlorofill sintezi kuchayadi
31. 5 yilda odam o`rtacha qancha (tonna) O2 va oziq o`zlashtiradi?
A) 1, 5 B) 3,0 C) 6,0 D) 7,5
32. 5 kunda odam o`rtacha qancha (gramm) O2(a) va tuz(b) o`zlashtiradi?
A) a - 430, b – 50 B) a - 4800, b – 500
C) a - 4300, b – 500 D) a - 500, b – 19
33. Nechta triplet aminokislotalarni kodlashda ishtirok etadi?
A) 3 B) 20 C) 61 D) 64
34. Quyidagi jarayonlarning qaysi birida 40kJ energiya ajraladi?
A) 1 g oqsilning oksidlanishida
B) 1 g yog`ning oksidlanishida
C) ATFning ADFgacha parchalanishida
D) 1 molekula glukozaning parchalanishida
35. Hujayradagi ATF sintezida qatnashuvchi organoid(lar)ni belgilang. 1)mitoxondriya; 2)lizosoma; 3)xloroplast; 4)Golji majmuasi; 5)endoplazmatik to`r
A) 1 B) 2 C) 2, 4, 5 D) 1, 3
36. Embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo`linmaydigan (I), butun umri davomida bo`linib ko`payadigan (II) hujayralarni aniqlang. a)suyak iligi; b)nerv; c)epidermis; d)ichak epiteliysi; e)eritrotsitlar
A) I a, b; II c, d, e B) I a, c, d; II b, e C) I a, b, c; II d, e D) I b, e; II a, c, d
37. Tanasining bir necha bo`laklarga bo`linish yo`li bilan ko`payadigan ko`p hujayrali organizmni belgilang.
A) ignatanlilar B) xlorella C) bezgak paraziti D) xlamidomonada
38. Qaysi hayvonlarda mezoderma qavati bo`lmaydi?
A) jigar qurti, exinokokk B) oq planariya, askarida
C) aktiniya, aureliya D) molluska, suvarak
39. Odamdagi qaysi belgi dominant holda irsiylanmaydi?
A) sochning tekis farq hosil qilmay o`sishi B) bosh barmoqning to`mtoq, yalpoq bo`lishi
C) tilni nay shakliga keltira olish D) ko`z qorachig`ining to`liq ko`rinmasligi
40. Daun sindromli bolalarda kuzatiladigan o`zgarishlarni aniqlang.
a)diploid to`plami 47 ta;
b)ko`zlari kichik, bir-biriga yaqin joylashgan;
c)yelka chanoqqa nisbatan tor;
d)qo`llari uzun;
e)skelet tuzilishi ayollarnikiga o`xshaydi;
f)bo`yi past;
j)diploid to`plami 45 ta;
k)og`zi yarim ochiq;
m)uzoq yashamaydi
A) a, b, k, m B) a, c, d, e C) f, j D) b, j, k, m



Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling