2. Sun’iy yorug‘likni gigienik baholash uchun quyidagilarni aniqlang:
A) Sinf xonasinig yoritilish tipini aniqlang. (Xona cho‘g‘lanma yoki lyumenesens lampalar bilan yoritilishi mumkin).
B) Xonadagi elektr lampochkalari quvvatini aniqlang. (Normada 2100-2400 vatt yoki 175-350 lyuks bo‘lishi kerak).
V) Sinfning devori, shifti, paneli, (devorning pastki bo‘yalgan qismi) ning bo‘yalgan rangini gigienik tomondan baxolash. Xonaning yoritilishi uchun bo‘yoq va deraza oynalarining sifati, tozaligi va ularning axamiyati.
O‘quv xonasidagi sun’iy yoritishni giginik tamondan (lyuksmetrsiz, D.N.Lazarev metodi bilan ) baxolash.
A) YOrug‘lik oqimining solishtirma quvvatini, yani 1 kv.m. pol yuzasiga necha vaqt yorug‘lik ketganini xisoblab chiqing.
B) YOrug‘lik oqimi solishtirma quvvatining xosil qilingan miqdorini quyidagi jadvalda keltirilgan koeffitsientilaridan birortasiga ko‘paytiriladi.
Jadvalda berilgan koeffitsientlar o‘kuv xonasini 1 kv. m. Sathidagi 1 vattga teng bo‘lgan solishtirma quvvatga qancha lyuks to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. 1-jadval
Elektr lampochkalaridagi
kuchlanish (vatt bilan)
|
Tarmoqdagi kuchlanishning koeffitsientlari
|
|
220 volt
|
110-127 volt
|
100 gacha.......
|
2,0
|
2,4
|
100 dan yuqori ....
|
2,5
|
3,2
|
Namuna: 40 kv. m. Sathli tarmoqda 220 volt kuchlanish bo‘lganda 6ta 200 vattli elektr lampochkasi bo‘lgan sinfning sun’iy yoritilishini toping.
vatt/kv.m.
bu erda K-yorug‘likning solishtirma quvvatidir.
Sun’iy yoritilish 30X2,5=75 lyuksga teng.
Eslatma: Norma bo‘yicha parta va sinf doskasining yuzasidagi yorug‘lik 75 lyuksdan, mastreskoy, laboratoriyalarda esa 150 lyuksdan kam bo‘lmasligi kerak.
V) yorug‘lik oqimini berib turgan abajurni gigienik tomondan baholash (yorug‘lik oqmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadimi, tarqoqmi, yoki yarim tarqoqmi). O‘quv xonalarida kunduzgi yorug‘lik beradigan lampalardan (Lyuminessent yorug‘iligidan) foydalaniladimi.
G) Sinf doskasi mahsus yoritilganmi aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |