Sinf xonasining yoritilishi, isitilishi va shamollatishiga qo‘yilgan gigienik talablar
Reja:
Tabiiy yoritilishni gigienik baholash
Sun’iy yorug‘likni gigienik baholash
Sinf xonalarining isitilishi va shamollatilishi
Sinf xonasining tabiiy yoritilganligi kamida 150-200 lyuks bo‘lishi kerak. YOrug‘lik darajasi derazalarning joylashishi, o‘lchamiga, tozaligiga bog‘liq. Maktablarda asosan SHOD va SHLD lampalaridan foydalaniladi. SHOD va SHLD yoritgichlari ikki qatorga oltitadan o‘rnatiladi.
Bolalar mussasalarining mikroklimati ularning yoshi, iqlim sharoiti, yil fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalariga qarab aniqlanadi.
1. Tabiiy yoritilishni gigienik baholash uchun quyidagilarni aniqlang:
a. Sinf derazalari partada o‘tirgan o‘quvchilarga nisbatan qaysi tomonda joylashganligini toping (YOrug‘lik o‘quvchilarga chap tomondan tushishi kerak).
b. Sinf xonasining yorug‘lik koefitsientini aniqlang. Buning uchun, derazalarning oynalangan yuzasini polning satxiga bo‘lgan nisbatini xisoblab chiqing. Namuna: sinfning umumiy satxi 48kv.m. xamma derazalarning oynalangan yuzasi 8kv.m., bo‘lsa sinfning yorug‘lik koeffitsienti 1:6 bo‘ladi. (Normada yorug‘lik koefitsienti 1:4,1:6 bo‘lishi kerak).
Sinflar, laboratoriyalar va ustaxonalarda yorug‘lik koeffitsienti qishloq maktablari uchun 1:6; shaxar maktablari uchun 1:4 yoki 1:5 bo‘ladi.
v. Deraza tokchasining polga nisbatan balandligini aniqlang. (Normada tokchaning balandligi 75-80sm. derazalar oralig‘i 50-75sm. bo‘lishi kerak).
g. Sinfning shifti, devori, panelini gigienik baholang. (Normada shift, devor, eshik va romlarning rangi oq, panelning uzunligi 1,30sm, rangi och sariq, och havo ranglarda bo‘lishi kerak).
d. Sinfning eng qorong‘i qismida tabiiy yorug‘lik etarliligini aniqlash uchun o‘quvchiga o‘sha erda kitobni 30-35 sm. uzoqlikda o‘qitib ko‘ring. Agarda kitobni qiynalmay o‘qisa tabiiy yorug‘lik etarli, qiynalsa etarli emas. Bunda sun’iy yorug‘likdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |