Sinfda sinfdan tashqari
Download 222 Kb.
|
2 sinf ona tili va o’qish savodxonligi darsida ta’limiy o’yinlardan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining vazifalari
- Kurs ishining tuzilishi
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rivojlanishida kitobxonlikning ahamiyati Sinfdan tashqari ishlar
Kurs ishning obyekti: 2-sinfda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda kitobxonlik tadbirlarini tashkkil etish usullari. metodikasini yoritish jarayoni.
Kurs ishning predmeti: 2-sinfda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda kitobxonlik tadbirlarini tashkkil etish usullari. uslubiy asoslari Kurs ishining maqsadi: 2-sinfda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda kitobxonlik tadbirlarini tashkkil etish metodikasi ahamiyatini o‘rganish. Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi. Kurs ishining vazifalari: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rivojlanishida didaktik o‘yinlarning ahamiyatini yoritib berish; 2-sinfda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda kitobxonlik tadbirlarini tashkkil etish usullarini tahlil qilish. 2-sinfda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda kitobxonlik tadbirlarini tashkkil etish usullarini yoritib berish. Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. 2-sinfda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda kitobxonlik tadbirlarini tashkkil etish usullariNING NAZARIY JIHATLARI Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rivojlanishida kitobxonlikning ahamiyati Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, har bir o‘quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish faolligini tarbiyalaydi. Didaktik o‘yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o‘quvchi uchun tadbiq qilinishining samaraliligi bilan aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ulardan tizimli ravishda foydalanishga, ikkinchidan, o‘yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda maqsad sari yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish muammosini hal etishda, o‘quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala deb hisoblanishi zarur. Demak, kichik maktab yoshida, o‘yinlardan bolalarning o‘quv va mehnat faoliyatini yengillashtiruvchi va tashkil etuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Ta’lim jarayonida o‘yin elemenlari o‘quvchilarda ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirib, ularning faolligini oshiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar, o‘yin tavsifiga ega, mehnatga taaluqli topshiriqlarni qiziqish bilan bajaradilar. O‘yin faoliyati bolalarni ruhiy hayotining barcha tomonlarini shakllanishida, masalani qo‘yilishida va harakatlanish usullarini tanlashda yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har bir o‘quvchining darslarda faol qatnashishini ta’minlovchi mashg‘ulot shakllari alohida o‘rinni egallaydi. Bu masalalarni ta’limning o‘yinli shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin. O‘yin tashqi tomondan tashvissiz va yengil ko‘rinadi. Aslida esa, u o‘yinchidan maksimum energiya sarflashini, fikrlashni, o‘zini tuta bilishni, mustaqil harakat qila olishni talab etadi. Ta’limning o‘yinli shakllari bilim o‘zlashtirilishini barcha darajalaridan foydalanishga imkon beradi, masalan, ijodiy-izlanish faoliyati. Ijodiy-izlanish faoliyati juda samarali hisoblanib, unda o‘quvchi ta’lim olishning usullarini o‘zlashtiradi. O‘yin ko‘pfunksionaldir. Biz o‘yinlarning faqat didaktik, ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi funksiyalariga to‘xtalib o‘tamiz. Didaktik o‘yinlar – bu atamani bevosita o‘yinlarga nisbatan ishlatish mumkin, chunki u maqsadli ravishda didaktikaning bo‘limiga kiradi. Hozirgi vaqtda metodik adabiyotlarda yetarli miqdordagi, u yoki bu tasnifiy mezonlariga mos keladigan ta’limiy o‘yinlarning tasnifiy va tizimlashtiruvchi ko‘rinishlari mavjud. Masalan, ular quyidagilarga bog‘liq bo‘lishi mumkin: -ta’limiy o‘yinlarning maqsad va vazifalari; - o‘tkazilish shakllari; - tashkillashtirilish usullari; - murakkablilik darajasi; - ishtirokchilar sonining tarkibi. O‘tkazilish shakliga ko‘ra o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: predmetli, harakatlanuvchan, syujetli yoki holatli, rolli, musoboqa-o‘yin, intellektual o‘yinlar (rebuslar, krossvordlar, viktorinalar), o‘zaro ta’sir qiluvchi (kommunikativ, interfaol) o‘yinlar. Tashkil qilinishiga ko‘ra o‘yinlar kompyuterli va kompyutersiz, yozma va og‘zaki, tayanchli va tanchsiz, immitatsion-modellashtiriluvchi va kreativ hamda boshqalar. Barcha o‘quv o‘yinlari, amallarining bajarilishidagi murakkablik darajasiga qarab, oddiy (yakka) va murakkab (ko‘p) holatlilarga, o‘tkazilish vaqtiga qarab, ular davomli va davomli bo‘lmaganlarga bo‘linadi. Ishtirokchilarning tarkibiy soniga qarab, o‘yinlar yakka tartibdagi, juftliklardagi, gruhlardagi, komandali va jamoalilarga bo‘linadi. Ma’lumki, qayd etilganlardan birinchisi, ya’ni yakkatartibdagi o‘yinlar o‘quvchilarga nisbatan yakkatartibdagi yondashuvni amalga oshirilishini va ta’lim oluvchini ma’lumot manbasi bilan “muloqotini” nomoyon etadi. Qolgan o‘yinlarda esa, sheriklarni bir-birlari bilan muloqot qilishi, masalan, xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida yakka tartibdagi kabi tabaqalashtirilgan yondashuvning amalga oshishi mumkin. O‘quvchilar intellektni rivojlantiruvchi, bilish faolligini oshiruvchi bir necha o‘yinlar guruhi mavjud. Download 222 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling