Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga EGA


MATEMATIKA FANIDAN SINFDAN TASHQARI


Download 480.91 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi480.91 Kb.
#211614
1   2   3   4   5
Bog'liq
konferensiya uchun

MATEMATIKA FANIDAN SINFDAN TASHQARI

TADBIRLAR




Тadbir shakli


Тadbir mavzusi


Тadbir maqsadi


O‘qituvchi faoliyati


O‘quvchi faoliyati


1.

Qiziqarli matematik soatlar

Rebuslar, fokuslar, Krosvordlar

Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish

Тurli rebuslarni, krasivordlarni tayyorlash

Rebuslar va krasivordlarni topish


2.

Matematik viktorina

Hamma narsalarni bilishni istayman

Murakkab masalalarni yechish ko’nikmalarini hosil qilish

Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish

Hamma masalalarni bilishga intiladilar

3.

Matematika ertaligi

Тarixiy masalalar

Тarixiy misollarni o‘rganish

Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish, tarixiy misollarga qiziqtirish

Misollarni yechishga harakat qilish


4.

Matematik to‘garaklar

Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati

Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish

Matematika to‘garagini boshqarish va reja tuzish

Тarixiy materiallarni izlash va to’plab o’rganish

5.

Matematik o‘yinlar

Sehrli kvadrat

Тez va aniq hisoblash

O‘yinni boshqarish, o‘quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish

Mantiqiy fikrlash

6.

Devoriy gazeta tashkil etish

Qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklar

O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish

Devoriy gazetani chiqarishga yo’nalish va mavzuni tanlab berish

Devoriy gazeta uchun material to‘plash. Devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish

Matematika darslarini samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish samaradorlikni oshiradi va ko’zlangan natijaga erishiladi. Masalan quyidagilarni keltirish mumkin:

1 Natural sonlar nazariyasi va ular ustida arifmetik amallar.Yashash uchun raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi.Raqamlarni paydo bo‘lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini bilishva vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash. Xalq og‘zaki ijodiyoti, masal, topishmoq mutafakkirlar ta’limotidir.

2 Miqdorlar: uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og‘irlik tushunchalari va o‘lchov birliklari, turli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga ishlatilishi. O‘quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish,o‘nli pozitsion tizimini o‘lchov birliklarida tatbiq etilishi. O‘quvchilar ongli ravishda buni ishlatish, turli xalqlarda miqdorlarni o‘lchashda turli o‘lchov birliklari, ularning nomlari. turli o‘lchov asboblari (soat, chizg‘ich, palitka va h.k.)

3 Kasrlar va ulush tushunchasi, ulush va kasr tushunchalari kelib chiqish tarixi, turli xalqlarni bular to‘g‘risidagi fikrlari, kasrlarni kundalik hayotda masala-misollarni yechishda to‘g‘ri tatbiq etilishi. Qadimiy Misr, Bobilliklarni kasr haqidagi ta’limoti. O‘rta Osiyolik olimlarning, xususan G‘iyosiddin al-Koshiyning «Arifmetika kaliti» asari. Ibn Sino, Beruniy ijodi.

4 Algebra elementlari: sonli va o‘zgaruvchi ifodali tushunchalari, tengsizliklar va tenglamalar yechish, algebrik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o‘rgatish.Algebra elementlarini ongli ravishda tushunish, bilish, to‘g‘ri tatbiq etish. Buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Milliy o‘zlikni anglash hissini tarbiyalash, Muhammad -al-Xorazmiyni «Al-jabr va al- muqobala» asari va uning ahamiyati. Qadimgi Misr papirusilaridagi ma’lumotlar, qadimgi Yunon olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.

5 Geometriya elementlari: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak, aylana, kvadrat, yuza va h.Geometrik figuralarni chizish, o‘lchash, geometrik masalalarni yechish, kundalik hayotga tatbiq etish.O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstrakt fikrlashini rivojlanadi, amaliy malakalar tarkib topadi.Evklidning «Negizlar» asari, Pifagorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O‘rta Osiyo olimlari ijodi, faoliyati

6 Masalar yechish. Mantiqiy fikrlash, analiz va sintezni qo‘llashga o‘rgatish. Тaqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirishga, yo‘naltirishga o‘rgatish. Matematik bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish. Masala yordamida tarbiya muammolarni hal qilish. Qadimgi Misr papiruslaridan boshlab hozirgi davrning turli manbaalari

Shuni ta’kidlash lozimki, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning bilim doiralarini va dunyo qarashlarini rivojlantiradi. Kelajakda olgan bilimlarini hayotiy munosabatlarda qo;llay oladi va vaziyatlarni to’g’ri baholay oladi . Hozirgi kun talabi bo’lgan xalqaro baholash tizimidagi (PISA masalalari) va olimpiada masalalarini yechishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni katta hisoblanadi.

Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir mashqlar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar, sonli krosvordlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.

Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.

Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:

Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.

Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.

Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun birinchi yarim yillikda 5-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.




Download 480.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling