Синфдан ва мактабдан ташқари тарбиявий ишларни режалаштириш методикаси


Download 139 Kb.
bet1/7
Sana10.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1186557
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi.


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi.
Reja:



  1. Ma’naviyat va burch tarbiyasi

  2. Vatanni sevmoq iymondandir.

  3. Baynalmilal tarbiya

Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko’rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg’or narsalarni amalda samarali qo’llay bilish maktab o’quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish printsiplaridan biridir.


Samarali rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq, etishishshg namunasi bo’lgan kollegial va yakka rahbarlikning birga qo’shib olib borilishi bolalar takdiri, ularning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi.
Rahbarlikning zarur printsipi rejalilik bo’lib, uning yordamida pedagogik ta’sirlar tizimi va tarbiyaviy ishda izchillikka erishiladi. Rejalilik direktorga tarbiyaning barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifat bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali o’qituvchilar, maktab kutubxonasi, o’quvchi-yoshlar tashkiloti, o’quvchilar uyushmasi, ota-onalar komiteti hamda to’garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig’ilishida muhokamadan o’tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizdagi qator maktablar ilg’or direktorlarining ish tajribalarida o’qituvchilar va sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishiga pedagogik rahbarlikning yaxshilanishini ta’minlaydigan kompleks tizim tarkib topmoqda.
Direktor o’qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va o’quvchilarga nisbatan tutgan printsipial yo’li va faoliyatida birlik bo’lishiga erishadi, maktabning oila, kattalarning mehnat jamoalari, jamoat, tashkilotchilari bilan uzviy hamkorlik qilishga intiladi.
Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang’ich va o’quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e’tibor beradi, bu bilan ta’lim jarayonida ham, shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik va pritsipini amalga oshiradi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling