Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarnirejalashtirish metodikasi. Reja
Download 39.13 Kb.
|
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi.
Maktabdan tashqari ishlarMaktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, faol va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi. Tuman, shahar, o‘lka va respublika hamda maktab o‘quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq ma`orifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar. Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktab o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan. Ko‘pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga yo‘llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo‘lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning qoidasi va usullarini, ularni oqilona yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Maktabdan tashqari bolalar ta’lim tarbiyaviy muassasalarining bola tarbiyasidagi roli beqiyos katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunday muassasalarni asosan 2-turga ajratish mumkin: 1. Keng tarmoqli, ya’ni ko‘p xil ta’lim- tarbiya va madaniy ishlarini olib boradigan bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari (o‘quvchilar uylari, saroylari, madaniyat uylari qoshidagi bolalar sektorlari, bolalar maydonlari, yozgi dam olish oromgohlari va boshqalar. 2. Tor tarmoqli bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari –ya’ni ma’lum bir sohada bolalar bilan ta’lim-tarbiya va madaniy ishlari olib boradigan muassasalar: (bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar, bolalar teatrlari, bolalar ijodiy uylari, bolalar turizmi, ekskursiyasi, bolalar qo‘g‘irchoq teatrlari, sport maydonlari, muziqa maktablari va boshqalar. Maktabdan tashqari bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari, ta’lim-tarbiya sohasidagi muassasalargina bo‘lib qolmasdan, balki sinfdan, maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning metodik markazi bo‘lib ham hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar tuzilmasida maktab va maktabdan tashqari muassasalari, jamoatchilik, mahalla qo‘mitalari va oqsoqollari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi ijtimoiy va pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda va ularni to‘la hal etishda maktablardagi ma’naviy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi ham alohida o‘rin egallaydi. Uning bolalar ta’lim-tarbiya muassasalari, sinf rahbarlari, va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi alohida ahamiyatga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. R. MavIonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik Nizomiy nomidagi TDPU Riziografida nashr qilindi. Toshkent, 2014 u 2. K.Xoshimov, S.Ochilov. 0‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.0‘qituvchi 2010-yil 3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil Download 39.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling