Sinflar, sinfiy munosabatlarining o'rganishning nazariy asoslari
Download 193.5 Kb.
|
SINFLAR, SINFIY MUNOSABATLARINING O\'RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinflar , ijtimoiy sinflar
SINFLAR, SINFIY MUNOSABATLARINING O'RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI Reja: Sinfiy manfaatlar tushunchasi. Sinfiy manfaatlar maqomini belgilashda xal qiluvchi omillar. Milliy manfaatlar tushunchasi. Baynalmilal manfaatlar tushunchasi. Millatlararo totuvlik hamdo’stlik doirasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamkorlik O’zbekiston tashqi va ichki siyosatining asosi sifatida. Sinflar, ijtimoiy sinflar — nisbatan barqaror katta ijtimoiy qatlam, guruhlar (masalan, dehqonlar, ishchilar, burjuaziya, oʻrta sinf). "Sinf", "Sinfiy kurash" toʻgʻrisidagi qarashlarning paydo boʻlishi nisbatan uzoq oʻtmishga ega, lekin sinflar konsepsiyasi XIX asrda Yevropada keng yoyilgan (K.A. Sen-Simon, O. Tyerri, F. Gizo va boshqalar). Karl Marks va Fridrix Engels sinflar mavjudligini muayyan ishlab chiqarish usuli, mehnat taqsimoti va xususiy mulk bilan bogʻladi, sinflar kurashini tarixni harakatlantiruvchi kuch deb hisobladi (qarang Marksizm, Sotsializm). Ular jamiyatni mulkdorlar (ekspluatatorlar) va yoʻqsillar (ekspluatatsiya qilinuvchilar) sinfiga ajratib tushuntirgan. Bu ikki sinf oʻrtasida doimo kurash boʻladi deb hisoblab, jamiyat tarixiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaragan. Ular sinflarning mavjudligini jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichi bilan bogʻliq, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi, uning maqsadi sinfsiz jamiyat qurishdan iborat, deb tushuntirishgan. Jamiyat tarixini bunday tushunish, ijtimoiy sinflarga bunday yondashuv tarixda urushlarga, inqilobiy toʻntarishlarga, jamiyatning ichdan boʻlinib ketishiga, guruhlarning bir-biriga yovuzlarcha munosabatda boʻlishiga olib keldi. Ijtimoiy taraqqiyot bu taʼlimotning ilmiy asosi yoʻqligini, maʼrifiy rivojlanishga zid ekanligini koʻrsatdi. Hozirgi sotsiologiyada jamiyatni sinflarga va boshqa ijtimoiy guruhlarga boʻlishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. Oʻzbekistonda sinflarni ikkiga boʻlib oʻrganishga barham berildi. Mulkning xilma-xilligi yoki xilma-xil shakllardagi mulk eʼtirof etiddi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida "har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli..." (36-modda), "...Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir..." (53-modda), deb belgilab qoʻyilgan. Bu ijtimoiy sinf tushunchasini yangicha tushunish va unga yangicha yondoshishdir. Oʻzbekistonda fuqarolarga mulkdor boʻlish huquqining berilishi jamiyatni qarama-qarshi sinflarga boʻlish va boʻlib oʻrganish gʻoyasini ham inkor etadi. "Oʻrta mulkdorlar sinfi", "oʻrta mulkdorlar qatlami", "mulkdorlar sinfi" degan tushunchalar sinflarni anʼanaviy tushunishdan tubdan farq qiladi. Oʻzbekistonda qurilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy hamjihatlik gʻoyasiga tayanadi. Jamiyatda hammaga bir xil imkoniyat yaratiladi, lekin undan har kim oʻz qobiliyati, qiziqishiga koʻra foydalanadi. Bu tabiiy jarayon boʻlib, kishilarning mulkdorlik darajasi hamda jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida oʻz ifodasini topadi[1]. Download 193.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling