Sinflar, sinfiy munosabatlarining o'rganishning nazariy asoslari


Download 193.5 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1600672
1   2   3   4   5
Bog'liq
SINFLAR, SINFIY MUNOSABATLARINING O\'RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Sinfiy manfaatlar. Xususiy mulk va sinflarning paydo bo’lishi bilan kishilar o’rtasidagi, shaxs va jamiyat orasidagi munosabatlar ham tubdan o’zgarib bordi. Mulkka nisbatan egador va yo’qsillar guruhining shakllanishi guruhiy va sinfiy manfaatlar muammosini vujudga keltirdi. Sinflar tabiatiga ko’ra to’laligicha ijtimoiyot in’ikosi bo’lib, kishilik tarixining ibtidoiy davri nihoyasidan tortib, to shu kunga qadar mavjud ekanligini hech kim inkor etolmaydi. Faqat shu narsa ayonki, jamiyat taraqqiyotiga bog’liq holda sinfiy munosabatlar ham o’zgarib boradi. Masalan, hozirgi paytda ijtimoiy tabaqalanish tabiatida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ularning yalpi miqdorida o’rta qatlamning o’rni keskin tarzda oshmoqda. Buni mulkdorlar toifasi, va hatto mulkdorlar sinfi ham deb atalmoqda.
Har qanday ijtimoiy faoliyat zaminida ma’lum guruhlar va sinflarning manfaatlari yotadi. Sinfiy jamiyatlarda ijtimoiy hayot negizini sinf va sotsial guruhlarning manfaati tashkil qiladi. Sinflarning bir-birlaridan farqi ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ishlab chiqarish qurollariga egalik darajasi bilan bog’liq. Ijtimoiy amaliyotning bu holati asosida manfaatlar yotadi. Sinfiy manfaatlar sinf va sotsial guruhlarning ishlab chiqarish munosabatlari tizimidagi iqtisodiy maqomi va mavqei bilan belgilanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli umumiyligidan, iqtisodiy imkoni o’xshashligidan u yoki bu guruh va sinflar manfaatining ko’lami, salmog’i kelib chiqadi.
Sinfiy tuzumlar ilk ko’rinishi bo’lmish quldorlik jamiyatida quldor ishlab chiqarish vositalarining barchasiga egalik qilgan, qul esa asosan mehnat quroli vazifasini o’tagan. Quldor bilan qul o’rtasidagi bu mulkiy tafovut asta-sekin sinfiy ziddiyat va qarama-qarshilikka aylanib borgan. Quldor o’z hokimligini mustahkamlashga harakat qilgan, qul esa zulmdan qutulish uchun kurash olib borgan. Shu asnoda yuzaga kelgan sinfiy manfaatlar, rivojlangan va sinfiy kurashlarning ob’ektiv sababi bo’lib xizmat qilgan. Sinflar manfaati negizida ularning ijtimoiy ahvolini o’zgartirish harakati yotadi. Sinfiy manfaatlarning mazmun mundarijasi ijtimoiy mehnat taqsimotida ularning tutgan o’rni bilan bog’liq bo’ladi. Qarama-qarshi sinflari bo’lgan tuzumlar taraqqiyoti bilan sinfiy kurashlar rivojlanishi ham keskinlashib bordi. Sinfiy manfaatlar to’qnashuvidan, ular o’rtasidagi ziddiyatlarning avj olishi tufayli tarixda siyosiy munosabatlar va siyosiy harakatlar ham vujudga keldi. Bu harakatlar o’z mohiyati bilan muayyan ma’noda va ma’lum davrlarda ijtimoiy taraqqiyotning muhim belgisi bo’lib xizmat qilgan.
Bugungi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, deyarli yakdillik bilan, kishilar siyosiy munosabatlar maydonida mavhum ijtimoiy manfaatlar bilan emas, balki aniq shaxsiy manfaatlar ortidan faoliyat qiladi, degan to’g’ri fikr tan olingan. Biroq, shuni ta’kidlash ham kerakki, jamiyatda shaxslarga xos xususiy manfaatlar bilan birga ayni shu yo’nalishdagi umumiylik mazmuniga ega bo’lgan guruhiy manfaatlar ham mavjud bo’ladi. Bularning uyg’unlashuvidan mulk va hokimiyatga nisbatan bir xil nuqtai nazarga ega bo’lgan ijtimoiy guruh va sinflar manfaati shakllanadi.
Ijtimoiy amaliyotda umumsinfiy manfaatlar vujudga kelishida ma’lum sinflar muayyan davrda bir xil ijtimoiy holatga ega bo’lganligi, hayotdagi maqomi va mavqeining bir-birlariga o’xshashligi muhim sababdir. Turli ijtimoiy guruh va sinflar umummanfaat atrofiga birlashishi borasida quldorlik jamiyatining yemirilishi tarixi e’tiborni o’ziga jalb qiladi. Qullarga nisbatan mulkka ma’lum munosabat huquqiga ega bo’lib borayotgan yangi sinf - dehqonlar sinfi, iqtisodiy munosabatlarning yangicha ijtimoiy me’yori oqibatida shakllanayotgan feodallar sinfi quldorlik tuzumining yemirilishidan manfaatdor edilar. Kishilik tarixining ayni shu davri sinfiy manfaatlarda mushtaraklik imkonini tug’dirdiki, buning oqibatida jamiyat siyosiy hayotida umumsinfiy harakat, umumsinfiy faoliyat kabi tushunchalar vujudga keldi. Biroq, shuni qayd etish kerakki, bu harakatning tub asosida feodallarning sinfiy manfaati hal qiluvchi o’rin va mavqega ega bo’lgan edi. Nisbatan mustaqil mehnat ishtiyoqi bilan yo’g’rilgan dehqonlar manfaati ommaviy kuch sifatida ularni bu siyosiy harakatda qatnashishga olib keladi.
Sinf yoki guruh manfaatlari ishlab chiqarish munosabatlari mohiyati bilan bog’liq bo’ladi albatta. Sinf manfaatlari mundarijasidagi sinfiy tetiklik, faollik, uyushganlik, onglilik sinfiy manfaatlar maqomini belgilashda hal qiluvchi omillardandir. O’z oldiga nisbatan mustaqil xo’jalik yurgizish maksadini qo’ygan, qullarga qaraganda asosan o’z mehnati mahsulidan bahramand bo’lish imkoniga ega bo’lgan dehqonlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarida o’z o’rnini topib bordi. Biroq, ularda o’zini-o’zi idora qilish malakasi, hokimiyat boshqaruvida qatnashish uquvi yo’qedi. Bu xususiyat ularning tabiati yoki xohish va irodasidan emas, balki sinfiy manfaatlarining o’ziga xosligiga bog’liq bo’lgan. Negaki, bu sinfning ijtimoiy harakatida ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq tarzda tarqoqlik mavjud bo’lgan. Bunday holatdan feodallar sinfi o’z manfaatlari yo’lida uddaburona foydalandi.
To’g’ri, tarixda “dehqon chiqishlari”, “dehqon urushlari” bo’lgan. Bunday harakatga, tabiiyki, dehqonlarni muayyan sinfiy manfaatlar undagan. Pekin, dehqonlarning sinfiy manfaatlari ko’lamida faqat feodallar zulmini cheklashga urinish asosiy o’rinni egallagan. Zulm va zo’ravonlik darajasiga mos ravishda dehqonlarning sinfiy manfaati ravshanlashib, aniq maqsadga ega bo’lib borgan. Ammo dehqon siyosiy manfaat ifodasi bo’lmish hokimiyat uchun kurashni emas, balki feodallarning odillashuviga umid qilgan, qolaversa, markazlashgan (yakka hokim - qirol, shoh, shoxonshoh) hokimiyatga ishonch bog’lagan. Dehqonning bu tarzdagi tugallanmagan siyosiy manfaatlari feodallarni o’z hukmronligini yanada mustahkamlashiga imkon yaratdi. Tarix taraqqiyoti maydonida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish tufayli yangi-yangi ijtimoiy guruhlar, sinflar shakllana boshladi. Feodal tuzumi bag’rida burjuaziya tuzumiga xos munosabatlar shakllana borishi oqibatida yangicha sinfiy manfaatlar ham namoyon bo’la boshladi. Siyosiy harakatlar tarixidagi bu yangi bosqich ikki ijtimoiy guruhlar manfaatlari to’qnashuvi bilan harakterlanadi. Bir tomondan manfaatlari mushtarak bo’lgan feodallar va ruhoniylar, ikkinchi tomondan umummakead atrofida birlashib borayotgan dehqonlar hamda endi shakllanayotgan burjuaziya va proletariat siyosiy sahnaga chiqa boshladi. Feodallar hukmronligiga qarshi mazmunga ega bo’lgan bu kurash zaminida yangi ishlab chiqarish usulining tashabbuskori bo’lgan burjuaziya yetakchi o’rin egalladi. Bu sinf iqtisodiy taraqqiyotning butun ko’lamini o’z manfaatiga moslashtirishga harakat qilib, zudlik bilan ishlab chiqarish vositalarini tartibga sola boshladi, texnika va texnologiyani mukammallashtira bordi. Natijada ishlab chiqarish izchillik bilan kengaytirildi va umumlashtirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirishdan maqsad o’z sinfiy manfaatini mustahkamlash edi. Mazkur iqtisodiy islohotlar bilan birga burjuaziya shunday ijtimoiy-siyosiy yangiliklarni ham hayotga joriy qildiki, oqibatda u dehqonlarning ham, mayda hunarmandlarni ham manfaati himoyachisi bo’lib ko’rindi. Biroq, bu ishlarning barchasi burjuaziya sinfiy manfaatlari maqsadlari bilan yo’g’rilgan edi.
Burjuaziya o’z atrofidagi sinf va guruhlarning manfaatlari anik, shakllanmaganidan uddaburonlik bilan foydalandi. Izchillik bilan o’z imkoni va kuchini sinf sifatida namoyon qila boshladi. Burjuaziya sinfining manfaatlar maydonidagi moslashuvchanlik bilan pirovard maqsadni aniq ko’zlab qilgan harakati uning atrofidagi sinflar va sotsial guruhlar ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga ham turtki bo’ldi. Mehnatkashlar sinfining harakat imkoni shu vaziyatda ancha kengaydi, ular fuqarolik erkiga va siyosiy huqukdarga, nisbatan bo’lsa-da, erishdi. Burjuaziya demokratiyasi davrida mehnatkash omma, asosan, proletariat o’zining siyosiy faolligi darajasidan kelib chiqib, burjua davlati ishlariga o’z sinfiy manfaati nuqtai nazaridan ta’sir etish tajribasiga ega bo’lib bordi,
Burjuacha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tabiati bizga ma’lum bo’lgan oqibatlar bilan bir qatorda yana bir ijtimoiy holatni ham shakllantiradi. Bu ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiylashuvi bilan bog’liq holda ijtimoiy tasnifga (социальнo дифференцированное) asoslangan tuzumlar tugayotganligini ko’rsatdi. Xususiy mulk o’rniga ijtimoiy mulkni, sinfiy mulk o’rniga umumxalq mulkini o’rnatish orzusi shu davrdan boshlandi. Bu jarayonning ijtimoiy bo’lib proletariat sinfi siyosiy sahnaga chikdi. O’z sinfiy manfaatlarini tarix taraqqiyoti taqozosi bilan o’sha davr ijtimoiy-siyosiy vaziyat yuzaga keltirgan xulosalar ta’sirida tobora to’la anglab borayotgan proletariat XIX asrning 40-yillarida shakllanib bo’lgan edi. Bu sinf o’sha davr nemis faylasuflari K.Marks va F.Engels hayot-mamot jangi darajasiga olib chiqqan sinfiy kurash ta’limotiga tayandi. Tarix taraqqiyotining sinfiy-formatsion rivojlanishi haqidagi g’oyani olg’a surgan bu ta’limot sinfiy-siyosiy maqsadlar yo’lida har qanday zo’ravonliklarni, qonli to’qnashuvlarni oqlar edi. Buning yorqin ifodasi zo’rlik bilan amalga oshiriladigan revolyutsion to’ntarish yangi tuzumga o’tishning birdan-bir yo’li degan nazariyaning tarix siyosiy sahnasida paydo bo’lishi edi. Tarixdagi sinfiy qutblashuvni bunday tarzda talqin qilgan ta’limot kishilik uchun qanchalik qimmatga tushganini ijtimoiy amaliyot ko’rsatdi.
Proletariat o’z sinfiy manfaatlari markaziga siyosiy hokimiyat uchun kurash maqsadini qo’ygan edi. Bu vazifani amalga oshirish uchun proletar sinfi oldida ikki yo’l turgan. Birinchisi - islohotlar orqali hokimiyatni qo’lga olish yo’li bo’lib, buni tarixda sotsial-demokratlar deb nom olgan siyosiy oqim olg’a surgan edi. Ikkinchisi - yuqorida aytganimiz –kommunistlar tanlagan revolyutsion to’ntarish yo’li edi.
Sinfiy kurashga asoslangan xalqaro inqilobiy jarayon Rossiya revolyutsion harakati tajribasi bilan bog’lagan holda Oktyabr to’ntarishini amalga oshirdi.
Bunday to’ntarish tufayli maydonga kelgan sotsializm deb atalmish jamiyatning va’da qilishiga ko’ra, ezilgan mehnatkashlarning asriy orzusi - erk va adolat o’rnatilishi kerak edi. Biroq, bu jamiyat tarixida qator ob’ektiv va sub’ektiv holatlar ta’siri bilan uzoq yillar davomida fuqarolarning ijtimoiy va ma’naviy manfaatlari xalq manfaati, omma manfaati tushunchalariga almashindi, shaxs manfaati ikkinchi o’ringa tushib qolishi bilan esa sinfiy manfaatlar ham ma’muriyat, mahkamalar manfaati ortida qolib ketdi. Tarix sahnasida paydo bo’lgan katta ijtimoiy imkon, qo’ldan boy berildi. Mulkni umumlashtirish jarayoni manfaatlarni ham umumlashtirish, deb tushunildi. To’g’ri, insoniyat ma’rifatlashish oqibatida va taraqqiy etgan jamiyatni kurib borish jarayonida manfaatlarning mushtaraklashuvi amalga oshib, umumbashariy manfaatlar ustivorligi shakllanib bo’lgan tuzumga yetib kelar. Ammo, yuqoridan, ma’muriy yo’l bilan bunday ijtimoiy tuzumni yaratib bo’lmasligini tarix ko’rsatdi.
Sho’rolar jamiyati, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ishchilar sinfi maslagining xohish-irodasining ifodasi tariqasida vujudga kelgan edi. Bu sinf manfaatini jamiyatning barcha guruh va sinflari manfaati bilan bir deb tushunildi va shu aqida keng ko’lamda jamiyat a’zolari ongiga singdirildi. Ishchilar sinfi gegemonligi o’lchovi bu sinfning manfaati ustivorligi holatini tug’dirdi. Dehqon sinfining ijtimoiy amaliyotdagi o’rni bunday vaziyatda noqulay ahvolga tushib qoldi. Uzoq yillar mobaynida yakka mulkchilik ruhiyatida yashagan dehqon uchun ijtimoiy mulkchilik munosabatlariga ko’nikish ancha qiyin kechdi. Jamoa mulki uning uchun “egasiz” bo’lib ko’rindi, unda sinfiy manfaat tuyg’usini keltiruvchi mulkdorlik hissini uyg’onishiga to’sqinlik qildi. Bunday rivojlanish tarixi aholisi aksariyat dehqonlar bulgan bizning mamlakat uchun ham murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatni meros qilib qoldirdi.
Mamlakat fuqarolarining umummanfaatlarini himoya qilish, har bir shaxs manfaatini muhofazalash sinfiy va guruhiy manfaatlar tasnifini muayyan ma’noda talab qiladi. O’zbekiston aholisining yarmidan ko’prog’i qishloqda yashaydi. SHu bois manfaatlar muammosini hal qilishda, ularning qaysi qatlami, qaysi ijtimoiy guruhi manfaatlari ustun kelayotganligini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Respublika rahbariyati mustaqillik mobaynida boshqariladigan bozorga o’tish muhim strategiyasi deb iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirishni olayotgani ham bejiz emas. O’zbekistonning birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda qishloqqa o’zining asli qadr - qimmatini qaytarmoq zarur. Qishoq xo’jaligi qayta tug’ilishi kerak. Qishloq mehnatkashlariga ishonch bag’ishlash kerak. O’zbekiston barcha aholisining turmush darajasi qishloq aholisining farovonligiga, ularning mehnat shijoatiga bog’liq. Dehqon to’q bo’lsa, butun respublika ham badavlat bo’ladi”1.
Dehqonlar sinfining manfaati asosan uning ruhiyati, kasb-ko’nikmasi va malaka madaniyatiga mos mehnat shakllarini joriy qilinishiga bog’liq. Dehqon hayotini qaytadan demokratik tarzda tiklashning eng muhim omili uning yerga bo’lgan egalik hissini tiklash bilan bog’lanmoqda. Mulkchilikning bu usuli xo’jalik yuritishning shunday muruvvatini yaratadiki, unda har bir dehqon o’z mehnati samarasidan mustaqil manfaatdor bo’lish imkonini qo’lga kiritadi.
Dehqon manfaatini muhofaza qilishning muhim omili qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni yoppasiga davlat tasarrufidan chiqarish yo’lini tutmasdan, asta-sekin izchillik bilan zarar keltirayotgan davlat ho’jaliklarini jamoa ho’jaliklariga aylantirish yo’nalishi tanlandi. Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirishdan ko’zlanayotgan asosiy maqsad dehqon ongi va shuurida sohiblik hissini uyg’otishdir. Bu borada mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish asosida jamoa ho’jaliklarini qayta tuzib, xo’jalik mulkining bir qismini dehqonlarga biriktirib qo’yish, ijara munosabatlarini chuqurlashtirib, dehqon (fermer) hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni keng rivojlantirish siyosati amalga oshirilmokda. Aynan shu yo’l orqali har bir dehqonga manfaatdorlik hissi bilan mehnat qilish, yetishtirib olgan hosilini mustaqil tasarruf etish, o’z oilasi hayotini to’kin ta’minlash imkonini yaratishga erishiladi. Dehqon manfaatlarini muhofaza etishning bunday yo’li davlatimiz rahbari ko’zlagan strategik yo’nalish bilan bog’liq. Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Zarur shart-sharoitlar yaratmay, inson manfaatlarini ro’yobga chiqarishning ta’sirchan vositasini vujudga keltirmay, bu manfaatlarni faol harakatlantiruvchi kuch sifatida ishga solmay turib, biz yangilanish va taraqqiyot yo’lidan aniq maqsadni ko’zlagan holda va tinimsiz ilgarilab bormaymiz. Bu oddiy haqiqatni teran anglab olmog’imiz lozim”.2
Respublika tanlagan bu yo’l dehqon hayotini yaxshilashga, uning turmushini tiklashga qaratilgandir. Dexhonning mustaqilligi uning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois iqtisodiyotni manfaatlar orqali boshqarish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bugungi kunda O’zbekistonda olib borilayotgan agrar siyosatning negizida qishloq xujaligi ishlab chiqarishini to’g’ridan-to’g’ri boshqarishdan voz kechish yo’li turibdi. Dehqonning o’zi ekin maydoni tuzilmasini belgilashi, o’zi yetishtirgan mahsulotlarni tobora ko’proq o’z xohishi bilan erkin (shartnoma) narxda sotish uchun imkon yaratadi. Izchillik bilan mahsulot yetkazib berishdagi davlat rolidagi majburiylikka chek qo’yilib boriladi.
O’lkamiz ijtimoiy amaliyotida agrosanoat majmuasiga kirgan qayta ishlovchi korxonalarning samaradorligi alohida e’tiborga molikdir. Bu konserva zavodlari, yog’-moy kombinatlari, non-bug’doy, paxta tozalash va boshqa sanoat korxonalaridir. Kichik va qo’shma korxonalarning ham o’rni kattadir. Ijtimoiy tizimdagi bunday o’zgarishlar dehqonlar sinfining manfaatlari, ishchilar, ziyolilar va yangi ijtimoiy guruhlarning sinfiy va guruhiy manfaatlari mundarijasiga bog’lanib ketganligini ko’rsatadi.
Respublikadagi ishchilar sinfi o’z tarixi va taraqqiyoti bilan o’lkaning xomashyo bazasiga aylantirilib, uning iqtisodiyoti markaz manfaatiga moslashtirilganligiga bog’liq.
Respublika sanoatida ishchilar sinfiga berilgan ijtimoiy mehnat maqomi asosan xomashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan chegaralangan. Aholi ehtiyoji va manfaatlarini hisobga olib, kompleks rivojlanishdan mahrum bo’lgan respublika iqtisodiyoti ishchilar sinfi manfaati ko’lami, salmog’i va salohiyati mundarijasida o’z izini qoldirdi. Ishchilar sinfining malaka me’yori, kasbiy kuchi, ma’naviy madaniyati unga yaratilgan mehnat sharoitidan, o’z qobiliyatini namoyon qila olish imkoniyatidan kelib chiqadi. Sinfiy manfaat mohiyati aytilgan holatlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Uzoq yillar davomida kishilarimiz ongiga ishchilar sinfini ideallashtirish, uning yetakchilik xususiyatini umumlashtirib ko’rsatish singdirilgan. Bu sinf mohiyatiga tasnifsiz ta’rif berish, uning ilg’or qismiga xos bo’lgan - onglilik, uyushganlilik, intizomlilik, jamoatchilik, baynalmilalchilikni hammasiga xos, deb tushunishni vujudga keltirdi. Vaholanki, bu belgilar ijtimoiy jarayonning rivojlanishi va sanoat ishlab chiqarish madaniyatining taraqqiyoti ta’sirida ishchilar sinfining ilg’or qismida shakllangan bo’ladi. Sotsialistik jamiyat tarixida bo’lgan og’ishlar va buzilishlar ishchilar sinfi ma’naviy ruhiy hulq-atvorida ham aks etdi. Sun’iy gegemonizatsiya, shaxsga sig’inish va turg’unlik asoratlari, keyinroq esa statistik chalg’itishlar yo’li bilan kolxozchi dehqonlarning sovxoz ishchilariga aylantirilishi ishchilar sinfi maqomini, sifatini buzdi. Bunday ahvol bu sinf manfaatlari mazmunida, mundarijasida o’zining salbiy ifodasini topmay qolmadi. Ishchilar sinfining tarixiy o’rni va mavqeini tiklash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib turibdi. Ularning manfaatlari maqomi bu muammoning hal etilishiga bog’liq.

Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling