III variant
Kuz fasli tarovati
Kuz o‘ziga xos ajoyib va go‘zal fasl. Ona diyorimizga oltin kuz sepini yoygan.Kechalari salqin. Ertalab shudring tusha boshlaydi. Tog‘lardagi qoyalarda qirov. Paxta dalalarining ko‘rinishi o‘zgacha. Lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan paxtalar quyosh nurida tovlanadi. Bu manzara kuz kelganidan darak beradi.
Kuzning birinchi oyida mevalar: nok, olma, shaftoli, uzum, anjir va anorlar g‘arq pishadi. Sabzavot va qovun-tarvuzlar serob bo‘ladi. Yig‘im-terim ishlari boshlanadi.
Tuyoqli jonivorlarning hayotida ham o‘zgarish bo‘ladi. Ular ko‘k o‘tlar bilan birga, don ozuqasi, yovvoyi urug‘lar, mevalarni iste’mol qiladilar. Bu ularning qishga kuch to‘plab olishiga yordam beradi.
Kuz kelib, havo soviy boshlaganda turnalar, chug‘urchiqlar, qaldirg‘ochlar, uzunqanotlar, ko‘kqarg‘alar yurtimizdan issiq tomonlarga uchib ketadi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarining 6-sinflari uchun ona tili va adabiyot fanidan diktant matni
I variant
Do'stlaringiz bilan baham: |