Sinoptik meteorologiya Vikipediya, ochiq ensiklopediya Sinoptik meteorologiya
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Sinoptik meteorologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu sahifa oxirgi marta 2-Avgust 2018, 17:09 da tahrir qilingan.
Sinoptik meteorologiya Vikipediya, ochiq ensiklopediya Sinoptik meteorologiya, sinoptika (yun. synoptikos — barcha narsani ko ʻra oluvchi) — meteorologiya bo ʻlimi. Makrokoʻlamdagi atmosfera jarayonlarini oʻrganish va ular asosida obhavoni oldindan aytish haqidagi ta ʼlimot. Bu jarayonlarga siklon yoki antitsiklonparning paydo boʻlishi, evolyusiyasi, harakatlari kiradi hamda ular xavo massalari va frontlar harakati hamda evolyusiyasi bilan uzviy bog ʻlanishda qaraladi. Bu sinoptik jarayonlarni tadqiq etishda sinoptik haritalar, atmosfera vertikal qirqimi, aerologik diagrammalar muttasil taxlil qilinadi. Bu taqiqotlar havo xossalarining o ʻzgarishi va uning harakatlarini belgilovchi fizik qonunlarga tayanadi. Bunda joyning kengligi, xususan, u bilan bog ʻliq quyosh energiyasi miqdori va shu energiya taʼsir qiluvchi yuzaning xususiyati (suv, quruqlik, relyef va boshqalar) qisobga olinadi. Energiya ta ʼsir qiluvchi yuza bilan atmosfera orasida uzluksiz issiklik, namlik almashinib turadi. Shu tufayli Yerning turli qismlarida mponocferaning har xil xossali havo massalari hosil bo ʻladi, maʼlum sharoitlarda ular orasidagi chegara zonalari keskin atmosfera frontlarita aylanadi. Bu frontlarda yuzlab va minglab km uzunlikdagi atmosfera to ʻlqinlari vujudga kelib, bu toʻlqinlar kelgusida past va yuqori atmosfera bosimiga ega boʻlgan quyunlarga — siklon va antitsiklonlarga aylanadi. Siklon va antitsiklonlarning yuzaga kelishi, zo ʻrayishi, koʻchishi sababli, havo massalari taqsimoti o ʻzgaradi, natijada atmosfera frontlari koʻchadi va rivojlanadi. Siklon, antitsiklon, havo massalari va frontlar bilan birgalikda bulutlar va yoginli joylar ham siljiydi, natijada shamol, havo namligi temperaturasi hamda atmosferaning boshqa xossalarida mahalliy o ʻzgarishlar yuzaga keladi. Atmosfera umumiy sirkulyasiyasi harakteridagi uzluksiz o ʻzgarishlarga olib keladigan siklonlar faoliyatini oldindan bilish obhavoning kamida bir necha sutkalik prognozini berish imkonini tugdiradi. Atmosfera umumiy sirkulyasiyasi turlarining birinketin almashinishini o ʻrganish esa obhavoning uzoq muddatli prognozini berishga imkon tugdirishi mumkin. Sinoptik meteorologiyada atmosfera jarayonlarining juda katta fazodagi rivojlanishi ayni bir vaqtda tahlil qilinadi. Bunday taxlil Yer yuzasida va atmosferaning turli balandliklarida olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan sinoptik haritalar (qarang Obhavo haritalari) asosida olib boriladi. Shuningdek, bulutlarning Yerning meteorologik sun ʼiy yoʻldoshlari, kosmik kemalar yordamida olingan televizion fotosuratlari, meteorologik radiolokator yordamida kuzatish ma ʼlumotlari va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. Bu empirik materiallar siklonlar, antitsiklonlar, havo massalari va atmosfera frontlarining strukturam, evolyusiyasi va harakatini anikdashga imkon beradi. Ularni o ʻrganishda aniqlangan qonuniyatlarga asoslanib, gidrodinamik nazariya asosida (ko ʻpincha miqdoriy hisoblashlar yordamida) obhavo prognozlari beriladi (yana q. Meteorologiya). Sirkulyasiya sharoitlarini sinoptik taxlilidan ularning prognozi va obhavo sharoitlarini oldindan aytishda ekstrapolyasiya va dinamik meteorologiya sifatiy xulosalariga tayanadi. Tadqiqotlar rivojida bir necha davrlarni ajratish mumkin, ularning har biri meteorologiya taraqqiyotining yirik bosqichlariga mos keladi. Izobarik sinoptikaning rivoji, frontologik tahlil sohasidagi serunum tadqiqotlar, O ʻrta Osiyoning sinoptik jarayonlarini turlarga ajratish, atmosferani harorat, namlik va shamol bo ʻyicha vertikal zondlash va uni meteorologiyada qo ʻllash — mana shu usulning asosini tashkil etadi. Oʻrta Osiyoda V. A. Bugayev, V. A. Jorjio, M. A. Petrosyans, N. N. Romanov va boshqa olimlar rahbarligida o ʻtgan asrning 20— 50y.larida bajarilgan keng kulamdagi tadqiqotlar va prognoz sohasidagi ko ʻp yillik amaliy ishlar "Oʻrta Osiyoning sinoptika jarayonlari" fundamental monografiyasida umumlashtirilgan. 50y.lar boshi miqdoriy va sifatiy gidrodinamik taxlil va prognoz (V. A. Bugayev, V. I. Gubin va boshqalar), statistikstoxastik usullarning sinoptik jarayonlar tahliliga tatbiqi (V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsoqov, V. A. Bugayev, V. A. Jorjio va boshqalar), O ʻrta Osiyo sinoptika jarayonlariga orografiya taʼsirini oʻrganish (M. A. Petrosyans) ishlarining rivojlanishi bilan xususiyatlanadi. 60y.larda prognozning gidrodinamik soniy usuli ishlab chiqildi. Yerning meteorologik sun ʼiy yoʻldoshlari orqali bulutlarning tasviri olina boshlandi. 2000y.larning boshlarida Oʻrta Osiyo sinoptik jarayonlarining asosiy xususiyatlari 1961—90 yillardagi yangi me ʼyor asosida baholanib tadqiq etildi.
Zverev V. S Sinopticheskaya meteorologiya, L., 1977; Monin A. S, Prognoz pogodi, kak zadacha fiziki, M., 1969; Vorobyov V. I., Sinopticheskaya meteorologiya, L., 1991; Muxtorov T., Ertangi kun obhavosi, T., 1999. Tohir Muxtorov. Bu maqolada boshqa til bo ʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qo ʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Ushbu maqolada O ʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma ʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sinopti k_meteorologiya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrog ʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sinoptik_meteorologiya&oldid=2000631" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 2-Avgust 2018, 17:09 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Adabiyot Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling