Sinov testi Masala 1


Download 19 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi19 Kb.
#1840356
Bog'liq
Masala 1


SINOV testi
Masala 1. 1 litr hajmli idish suv bilan to’ldirilganda 2160 g kelsa, 100% li sulfat kislota (d=1,84 g/ml) bilan to’ldirilganda necha g keladi?
A) 2800 B) 2560 C) 3000 D) 2720


Masala 2. Qanday konsentratsiyali (%) kalsiy bromid eritmasida kalsiyning massa ulushi kislorodnikidan 40 marta kichik bo’ladi (gidroliz va dissotsiyalanish jarayonini hisobga olmang)?
A) 8 B) 12,5 C) 10 D) 16


Masala 3. MgSO4 ning to’yingan 300 g eritmasiga 1:4 massa nisbatda MgSO4 va H2O qo’shilganda eritma foiz konsentratsiyasi o’zgarmadi. Tuzning shu sharoitdagi 100 ml suvga nisbatan eruvchanligini (g) aniqlang.
A) 50 B) 30 C) 25 D) 40


Masala 4. 0,5 mol NaCr(SO4)2 * nH2O kristallogidrati 16 mol suvda to’la eritilganda ionlarning molekulalarga nisbati 1:10 bo’ldi. “n” ning qiymatini aniqlang (αsuv=0, αtuz=100%).
A) 6 B) 9 C) 8 D) 10


Masala 5. 10 mol/dm3 (ρ=2,0 g/ml) CuSO4 eritmasining necha g miqdorida (α=1) 240 g sulfat anionlari bo’ladi?
A) 400 B) 625 C) 500 D) 450


Masala 6. Al2S3 moddasi haqidagi mulohazalardan to’g’rilarini tanlang.
a) faqat kation bo‘yicha gidrolizga uchraydi;
b) suvli eritmada mavjud emas;
c) to‘liq (qaytmas) gidrolizga uchraydi;
d) ham anion, ham kation bo‘yicha gidrolizga uchraydi;
e) eritma muhiti neytral (pH=7);
f) faqat anion bo‘yicha gidrolizga uchraydi
A) b,c,d,e B) a,b,d,e C) b,d,e,f D) b,c,d,f


Masala 7. 1 mol SO3 va x mol Na2O ning suvda eritilishidan hosil bo’lgan eritmada 15 mol miqdorda ionlar mavjudligi ma’lum. x ni aniqlang (eritmadagi erigan moddalar uchun α = 100 %; suv uchun α = 0 % deb hisoblansin).
A) 7 B) 3 C) 6 D) 4


Masala 8. 40 g KH necha gramm suvda erib 20 % li eritma hosil qiladi?
A) 226 B) 224 C) 242 D) 240


Masala 9. Cu, Al va Ag dan iborat aralashma mo’l miqdordagi konsentrlangan nitrat kislotada eritilganda 11,2 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Xuddi shunday aralashma o’yuvchi natriy eritmasida ishlanganda esa 6,72 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Agar dastlabki aralashmada kumush va aluminiy mos ravishda 6:1 massa nisbatda bo’lsa, dastlabki aralashmadagi misning massasini (g) aniqlang.
A) 25,6 B) 32 C) 12,8 D) 6,4


Masala 10. 300 g eritmadan ma’lum miqdordagi suv bug’latilganda tuzning massa ulushi 1,5 marta ortdi. Olingan eritmada 12,5 g shu tuzdan to’liq eritilganda 20 % li eritma hosil bo’ldi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang.
A) 12 B) 10 C) 8 D) 6
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling