Sintaksis: grammatik bog’lanishlar va gap bo’laklari test

Download 152 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2022
Hajmi152 Kb.
#1074032
  1   2   3   4
Bog'liq
test 01

SINTAKSIS: GRAMMATIK BOG’LANISHLAR VA GAP BO’LAKLARI TEST

  1. Har qanday tilning barcha imkoniyatlari qaysi bo’limda namoyon bo’ladi?

A) leksikologiyada B) morfologiyada
C) sintaksisda D) morfemikada

  1. Grammatik bog’lanish haqida bildirilgan qaysi fikr tog’ri?

1) so’zlarning o’zaro teng bog’lanishi;
2) gaplarning o’zaro teng bog’lanishi;
3) so’zlarning o’zaro tobe bog’lanishi;
4) gaplarning o’zaro tobe bog’lanishi.
A) 1,2,3,4 B) 1,3 C) 2,4 D) 2,3,4

  1. Qaysi gapda qo’shma fe’l bilan ifodalangan murakkab fe’l kesim qo’llangan?

A) Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta’sir qilibdi.
B) Bola otasining g’azabidan qo’rqib gapirmadi.
C) Otaxon mehmonlar bilan ko’risha ketdi.
D) Korrupsiya jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun eng katta g’ov sanaladi.

  1. “Kongli tilagan murodga yetsa kishi,

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda,
boshin olib biror sori ketsa kishi”. (Bobur)
Berilgan ruboiyda qo’llangan nomustaqil kesimlar miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

  1. Qaysi javobda ikki grammatik asosli gap berilgan?

A) Gullab yotgan o’rikzor xira pardaga burkandi.
B) Kitob o’qish kishining so’z boyligini oshiradi va nutqini o’stiradi.
C) Gulzorda oq, qizil, pushti gullar quyosh nurida rang-barang tovlanadi.
D) Bu maskan Umidning shodligini ham, kulfatini ham, muhabbatini ham ko’rgan.

  1. Faqat bosh bo’laklardan tashkil topgan sodda gap berilgan javobni toping.

A) Bolalar yo’g’on archa yonida to’xtadilar.
B) Chol uzoq duo qildi.
C) Bu hovlining teng yarmi mevazor edi.
D) Ular besh kishidan iborat edi.

  1. Gapning bosh bo’lagi sanalgan ega qanday kesimlik ma’nosidan anglashiladi?

A) zamon ma’nosidan B) shaxs-son ma’nosidan
C) mayl(modal) ma’nosidan D) tasdiq-inkor(hukm) ma’nosidan

  1. Ega haqida aytilgan qaysi fikr to’g;ri emas?

A) Ko’pincha kim? nima? qayer? So’roqlariga javob bo’ladi.
B) Bosh kelishik shaklida bo’ladi.
C) Egalik va ko’plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
D) Faqat mustaqil so’zlar bilan ifodalanadi.

  1. Ega ishtirok etmagan gapni toping.

A) Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz—do’stini.
B) O’lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi.
C) Yaqlov bilan anqov—dushman uchun katta ov.
D) Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi.

  1. Qaysi gapda holning tuzilishiga ko’ra har ikki turi qo’llangan?

A) Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi, dona-dona gapirdi.
B) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
C) Hammani kuldirish uchun ataylab shunaqa antiqa kiyindi.
D) To’g’ri yursang, murodingga oson yetarsan.

  1. Holning ma’nosiga ko’ra qaysi turi –lik, -siz+lik qo’shimchali otlarga chiqish kelishigi shaklini qo’shish bilan ifodalanadi?

A) daraja-miqdor holi B) ravish holi
C) maqsad holi D) sabab holi

  1. Holning ma’nosiga ko’ra qaysi turi fe’lning harakat nomi shakllariga jo’nalish kelishigi qo’shimchasini qo’shish bilan ifodalanadi?

A) o’rin holi B) payt holi
C) maqsad holi D) sabab holi

  1. Hol hollanmishga qanday usullar bilan bog’lanadi?

1) moslashuv 2) boshqaruv 3) bitishuv
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2,3

  1. To’ldiruvchi to’ldirilmishga qanday usul bilan bog’lanadi?

A) moslashuv B) boshqaruv
C) bitishuv D) boshqaruv va bitishuv

  1. Aniqlovchi aniqlanmishga qanday usullar bilan bog’lanadi?

1) moslashuv 2) boshqaruv 3) bitishuv
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2,3

  1. Qaysi gapda aniqlovchi holga tobe bog’langan?

A) Bahaybat samolyot yerga ohista qo’ndi.
B) Salimjon—a’lochi o’quvchi.
C) Ilg’or terimchilarga mukofot berildi.
D) Mehnat faxriylari bilan yangi bog’da uchrashdik.

  1. Qaysi gap aniqlovchi+ega+hol+hol+kesimdan tashkil topgan?

A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig’lab yubordi.
B) Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
C) A’zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi.
D) Leytenant Orzibekov atrofni diqqat bilan kuzatib turdi.

  1. Qaysi gap ega+aniqlovchi+aniqlovchi+to’ldiruvchi+hol+kesimdan tashkil topgan?

A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig’lab yubordi.
B) Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
C) A’zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi.
D) Leytenant Orzibekov atrofni diqqat bilan kuzatib turdi.

  1. Qaysi gap aniqlovchi+ega+to’ldiruvchi+hol+kesimdan tashkil topgan?

A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig’lab yubordi.
B) Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
C) A’zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi.
D) Leytenant Orzibekov atrofni diqqat bilan kuzatib turdi.

  1. Qaysi gap ega+aniqlovchi+to’ldiruvchi+hol+hol+kesimdan tashkil topgan?

A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig’lab yubordi.
B) Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
C) A’zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi.
D) Leytenant Orzibekov atrofni diqqat bilan kuzatib turdi.

  1. Qaysi bo’lak gapning faqat bitta bo’lagida tobelanadi?

A) ega B) hol C) to’ldiruvchi D) kesim

  1. Kesim haqida aytilgan qaysi ilmiy mulohaza to’g’ri emas? A) Gapning Grammatik asosi, mazmuniy markazi, fikriy mundarijasi kesim sanaladi.

B) Gapning boshqa bo’laklari bevosita yoki bilvosita kesimga tobelanadi.
C) Kesim ba’zan kesimlik shakllariga ega bo’lmasa ham, ammo kesimlik ma’nolariga ega bo’ladi.
D) Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq kesim qo’llanmaydi.

  1. Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil hol qo’llangan?

A) Chiroyli va xatosiz yozishni o’rgan.
B) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to’xtovsiz chirqillashadi.
C) Mayin esgan shabada nihollarni beozor silkitadi.
D) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqib ketishdi.

  1. Qaysi gapda mustaqil va nomustaqil to’ldiruvchi qo’llangan?

A) Hammani yomonlaydigan odamdan qo’rq.
B) Chizmani kitobdan daftarga ko’chirdim.
C) Men uning go’zal siymosida qalbim ko’zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko’rardim.
D) Dilshod maktubni xolasiga berdi.

  1. Qaysi gapning egasi va kesimi sonda moslashmagan?

A) Bolalar futbol o’ynadilar.
B) Majlisda ota-onalar ham qatnashdilar.
C) Birozdan so’ng ikkalasi ham chiqib ketishdi.
D) Bo’rilar kechgacha iniga qaytmadi.

  1. Qaysi gap tarkibida bog’lamasiz ot kesim qo’llangan?

A) Anvar yoshligida bo’shanggina bola edi.
B) Vatanni sevmoq iymondandir.
C) Shu kitob menga kerak.
D) Bahorda yerga bitta ko’chat qadash ham savobli amal sanaladi.

  1. Bo’laklari odatdagi tartib asosida o’rinlashgan gapni aniqlang.

A) Menga tanish bu yo’llar. B) Menga bu yo’llar tanish.
C) Bu yo’llar menga tanish. D) Bu yo’llar tanish menga.

  1. Gap bo’laklarining odatdagi tartibi haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

A) Ega va unga tobelangan bo’laklar oldin joylashadi.
B) Tobe so’z hokim so’zdan oldin joylashadi.
C) Mustaqil to’ldiruvchi va mustaqil hol kesim oldida joylashadi.
D) Ikkinchi darajali bo’laklar bosh bo’laklardan keyin joylashadi.

  1. Gap bo’laklarining odatdagi tartibi qaysi uslubga xos holat sanaladi?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi
C) ilmiy uslub D) publitsistik uslub

  1. Sifatlovchi aniqlovchiga xos bo’lmagan ma’noni toping.

A) xususiyat, holat, rang-tus
B) maza-ta’m, hid, hajm-o’lchov
C) nasl-nasab, kasb-kor, mansab-unvon
D) shakl-ko’rinish, makon-zamon, miqdor-tartib

  1. Vositasiz to’ldiruvchi frazaviy urg’uga ega bo’lgan gapni aniqlang.

A) Men onamni bayram bilan bugun tabrikladim.
B) Men bugun bayram bilan onamni tabrikladim.
C) Bugun bayram bilan onamni men tabrikladim.
D) Men bugun onamni bayram bilan tabrikladim.

  1. Gapda ko’zda tutilgan umumiy fikrga qo’shimcha ma’no berish, uslubiy yuk berish maqsadida sodir bo’ladigan hodisa qanday nomlanadi?

A) inversiya B) ellipsiya
C) tovtologiya D) predikatsiya

  1. Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi.

Ushbu gap nechta gap bo’lagidan tashkil topgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

  1. Ot kesim qaysi kelishik shaklidagi so’zlar bilan ifodalanadi?

1) bosh kelishik 2) qaratqich kelishigi 3) tushum kelishigi 4) jo’nalish kelishigi 5) o’rin-payt kelishigi 6) chiqish kelishigi
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,4,5,6 C) faqat 1 D) 1,4,5

  1. O’zbekistonda 21-martda Navro’z bayrami shod-xurramlik bilan nishonlanadi.

Ushbu gapdagi grammatik bog’lanishlar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta

  1. Bog’chada yosh-yosh qizchalar va o’g’il bolalar davra qurib o’ynashmoqda.

Berilgan gapdagi kesimga bevosita bog’langan bo’laklar miqdorini toping.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

  1. Ichkaridagi gilos va tashqaridagi o’rik qiyg’os gullagan. Gapdagi grammatik bog’lanishlar miqdorini aniqlang.

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

  1. Unda oqila qizlarimiz tikuvchilik san’atini, bichuvchilik mahoratini, kashtado’zlik va zardo’zlik sirlarini, popopchilik kasbini o’rganadilar.

Berilgan gapning nechta o’rnida aniqlovchi qo’llangan?
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. Qaysi javobda hokim so’z ravishdosh bilan ifodalangan boshqaruvli so’z birikmasi berilgan?

A) mehnatda sinalgan B) videofilmni ko’rgach
C) behad sevinib D) yaxshi yashash

  1. Qaysi javobda tobe so’z sifat bilan ifodalangan holli birikma berilgan?

A) sovuq suv B) og’ir kuy
C) piyoda kezmoq D) erkin fikrlamoq

  1. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitar edi.

Berilgan gapdagi so’z birikmalar miqdorini aniqlang.
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta

  1. Mana shu tirranchalar uchun boya rosa po’stagimni qoqishgandi.

Gapda ham hokim, ham tobe qism vazifasida qo’llangan so’z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) hol D) ega

  1. Qanday bo’laklar gapda ham hokim, ham tobe so’z vazifasida qo’llanishi mumkin?

1) ega 2) kesim 3) aniqlovchi 4) to’ldiruvchi 5) hol
A) 1,2,3,4,5 B) 3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,3,5

  1. Qaysi javobda so’z qo’shilmasi berilgan?

A) telefon bilan gaplashmoq B) avtobus bilan kelmoq
C) hassasi bilan turtmoq D) choy bilan quymoq

  1. Qaysi javobda ega va kesimdan tashkil topgan gap berilgan? A) Ustozimning otasi B) Ustozim va otasi

C) Ustozim—otam D) Ustozim, otam

  1. Qaysi javobda so’z birikmasi berilgan?

A) berilgan topshiriq B) mashg’ulot qiziqarli
C)gul chiroyli D) mashg’ulot boshlangan

  1. Qaysi hukm to’g’ri emas?

A) so’zlarning o’zaro teng bog’lanishidan faqat so’z qo’shilmasi hosil bo’ladi.
B) so’zlarning o’zaro tobe bog’lanishidan faqat so’z birikmasi hosil bo’ladi.
C) gaplarning o’zaro teng bog’lanishidan faqat bog’langan qo’shma gap hosil bo’ladi.
D) gaplarning o’zaro tobe bog’lanishidan faqat ergashgan qo’shma gap hosil bo’ladi.

  1. Qaysi javobda berilgan vositalar so’zlarning o’zaro bog’lanishi uchun xizmat qilmaydi?

A) kelishik qo’shimchalari, egalik qo’shimchalari
B) bog’lovchilar, ko’makchilar
C) zamon qo’shimchalari, shaxs-son qo’shimchalari
D) kichraytirish qo’shimchalari, erkalash qo’shimchalari

  1. Men san’atga va adabiyotga hayrat bilan boqaman.

Gapdagi so’zlarning o’zaro bog’lanishi uchun xizmat qilgan grammatik vositalar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) -ga, va, -ga, bilan, -a, -man B) –ga, -ga, -man
C) –ga, va, -ga, bilan D) –ga, -ga, -bilan, -a, -man

  1. Qaysi qo’shma gapdagi kesimlarning kesimlik ma’nolari farqlanmaydi?

A) Nimani eksang, shuni o’rasan
B) Ahmadjon kelsin—ishni boshlaymiz.
C) Quyosh botyapti, ammo ishchilar shoshmayapti.
D) Hozir esladim, o’sha kuni buvimlarnikiga borganman.

SINTAKSIS
1. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan qaralmish uchraydi?
A) O’rnida va vaqtida sidqidildan aytilgan oddiygina so‘z qudratli va yengilmas kuchga aylanadi.
B) So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr yengilmas kuchdir.
C) So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q, o‘tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib o‘tish mumkin emas.
D) So‘z - inson qudratining qo‘mondoni, u - hayotning buyuk quroli.
2. Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikma qatnashgan?
A) Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi.
B) Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi uchun kurash - madaniyat quroli uchun kurashdir.
C) O‘rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishnihg eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir.
3. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir ishi va har bir so‘zi bebaho gavhardir. Ushbu gapdagi gap bo‘laklariga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi va hoi qatnashgan.
B) Sifatlanmishning hol vazifasini bajarishi kuzatiladi.
C) Qaralmishlar ega vazifasini bajargan.
D) Barcha sifatlovchi aniqlovchilar sifat bilan ifodalangan.
4. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi ko’rinishda hol+aniqlovchi+ega+ega+hol+kesim bo’lgan gap qaysi javobda berilgan?
A) O‘shanda Mavjuda va Sobir juda chiroyli kuylashgan edi.
B) Shunda siz va biz bu haqiqatni tushunmagan ekanmiz.
C) Shu payt Davron va Iskandar xonaga kirib kelishdi.
D) Bog‘chada bir nechta qizaloqlar va bolakaylar qiyqirishib o‘ynashar edi.
5. Navoiy, Bobur, Mashrab singari mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlaydi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 8 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 10 ta
6. Birpasdan so’ng yomg’ir tindi, lekin hasadgo‘y bulutlar hamon quyoshni to'sib turardi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Tobe qismi vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan so‘z birikmasi qatnashgan.
B) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan. C) Tobe qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan.
D) Tobe qismi hoi vazifasida kelgan so‘z birikmalari qatnashgan.
7. Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang.
A) Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi.
B) Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir.
C) Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi.
D) Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi.
8. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, bola- chaqasini qadrlaydi, и mehnat qilib tinch va osuda yashaydi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
B) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi uyushib kelgan.
C) Bitishuvli so‘z birikmalarining hokim qismlari ega va kesim vazifasini bajargan.
D) Fe’lli so‘z birikmalarining barchasida tobe qism hol vazifasini bajargan.
9. Qaysi gapda tobe qismigina yasama so’z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari uchraydi?
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.
B) Hosildorlikni oshirish uchun yerga o‘g‘it tashlandi.
C) U kitobxonlar tanlovining faol ishtirokchilaridan biri edi.
D) Layloning vafotidan keyin men ularning oilasiga qattiq bog‘langan edim.
10.Hayotjon G‘ulomjonning mardligiga, chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil qoldi. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta
11.Faqat hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini aniqlang.
1) qat’iy ishonch; 2) jadal rivojlanmoq; 3) o‘tkir o‘roq;
4) aniq fikrlash; 5) gul taqdim etmoq.
A) 2, 3, 4 В) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4
12.Bugun dalalar uzra bolakaylarning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) Hokim qismi o‘rin holi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan.
B) Hokim qismi ega vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan.
C) Tobe qismi payt holi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan.
D) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan.
13.O‘z Vatanini himoya qilish uchun mardona kurashgan bu jasur o‘g‘lonlar haqida faxrlanib gapiramiz. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Bitishuv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 4 ta.
B) 4 ta so‘z birikmasining tobe qismi aniqlovchi vazifasini bajargan.
C) Boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 2 ta.
D) 2 ta so‘z birikmasining hokim qismi hoi vazifasini bajargan.
14.Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari berilgan?
A) umidsizlik tuyg‘usi, kasbdoshingiz yutug‘i
B) halol yashamoq, zavqli mehnat
C) chiroyli gapirmoq, ishchan o‘qituvchi
D) do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq
15.Yulduzni benarvon uradigan bunday odamlardan hayiqish kerak. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?
A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling