Sintaksis haqida tushuncha
Download 53.5 Kb.
|
Sintaksis haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Gap va uning asosiy belgilari.
Sintaksis haqida tushuncha Reja 1. Sintaksis haqida tushuncha. Sintaksis haqida tushuncha. Sintaksis yunoncha Sintaksis sozidan olingan bolib, Tuzish degan manoni anglatadi. Sintaksis grammitikaning bir bolimi bolib, bunda sozlarning va gaplarning ozaro aloqasini, soz birikmalari va gaplarning turlarini, birikish usullarini organadi. Bu jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya sozlarning tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishi kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, ana shu formalarning dinamikasini, ularning funksiyasini malum bir fikrni ifodalashdagi rolini organadi. Morfologiya va sintaksis bir-birini toldiruvchi, ozaro munosabatda bolgan sohalardir. Gap-turlari darak, soroq, buyruq, undov gaplarning bir-biridan farqlanishi, asosan kesimlarning qanday soz turkumi orqali ifodalanishiga bogliq. Masalan: 1. Nosir bu ertakni buvisidan eshitdi.-Darak gap. 2. Ekskursiyaga kim qatnashmadi? Soroq gap. Soz birikmalari ham boshqaruvchi, yani bosh sozning qanday soz turkumi ekanligiga qarab, tasnif qilinadi. Sintaksisda esa, ergash gaplar bosh gap tarkibidagi ayrim belgi xususiyatlariga kora ega, kesim, toldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga ajratiladi. Demak, har bir sintaksisning kategoriyasi morfologiya bilan boglangan holda tahlil qilinadi va belgilanadi. Bazan esa bu ikki sohani, yani morfologiya va sintaksisni bir-biridan ajratish ham qiyin boladi. Masalan: Kelishiklar morfologiyada ham, sintaksisda ham organiladi. Ammo morfologiyada, asosan kelishik yolgiz formal jihatdan, yani kelishikning formasi, qanday soz turkumiga qoshilishi tekshirilsa, sintaksisda esa kelishikning vazifasi, qanday sozlar bilan, bolaklar bilan boglanishi organiladi. Ammo kelishikning vazifasi ham hisobga olinadi. Shuningdek, sintaksis kategoriyalari morfologik kategoriyalarga teng emas. Masalan: Bizning oila - to`q oila. Bu jumladan, morfologik jihatdan tort soz, uch xil soz turkumi bor. (olmosh, ot, va sifat, ot). Sintaktik jihatdan esa faqat bitta bolak ega va kesim mavjud xolos. Demak, sintaksisda sozlar kengroq aspektda, ularning manosi va vazifasi hisobga olingan holda tekshiriladi. 2. Gap va uning asosiy belgilari. Kishilar bir-birlari bilan fikr almashadilar. Bu fikr almashuv gap orqali boladi. Gap uning grammatik xususiyatlari, sozlarning ozaro boglanish yollari sintaksisda organiladi. Sintaksisning asosiy organish obyekti gapdir. Voqelikni va unga bolgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan intonatsion hamda mazmun jihatdan nisbatan mustaqillikka ega bolgan sozlar boglanmasi yoki yakka soz gap deyiladi. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir. Gapning asosiy belgilari quyidagilar: 1. Fikr turli gap tiplari orqali ifodalanadi, fikr sodda yoki qoshma gaplar orqali, darak, soroq, undov gaplar orqali, ikki sostavli yoki bir sostavli gaplar orqali, toliq yoki toliqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol fikrning xarakteriga, malum maqsad yoki niyatga qarab belgilanadi. 2. Gapning asosiy belgilari, uning soz yoki soz birikmalaridan farqi nimada? Gapning asosiy belgilari, unda nisbiy fikr tugalligi predikativlikning mavjud bolishi, grammatik jihatdan malum qonun va qoidalar asosida shakillanishi, tashqi tomondan oziga xos intonatsiyaga ega bolishi shart. Gapning bu xususiyatlari kopchilik tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda nomoyon bolishi va ularning ahamiyati, orni turlichadir har bir gapda malum maqsad yoki xis-hayajon ifodalanadi. Aks holda u soz birikmasi bolib qoladi. Masalan: Nodira oqidi va Nodiraning daftari. Bu misolda birinchisi gap, ikkinchisi esa soz birikmasidir. Avvalgisida malum fikr almashyapti. Keyingisida esa tushuncha aks etgan. Bu maqsad yoki xis-hayajon sodda yoki qoshma gap shaklida ifodalanishi ham mumkin. Qoshma gaplarda komponentlar birikkandagina malum maqsad anglashiladi. Masalan: Koz qorqoq-qol botir gapida qorqoqligi bilan qolning botirligi haqidagi fikrlar ifodalangan. Shuning uchun ham qoshma gapga ikkita sodda gapning mexanik tarzda birikuvi holda emas, balki gap strukturasinig oziga xos alohida bir tipi sifatida qaraladi. Ammo qoshma gaplarda fikr, maqsad bitta bosa ham, hukm birdan ortiq boladi. (yuqoridagi keltirilgan misolda ikkita hukm ifodalangan, kozning qoroqligi, qolning botirligi) ozbek adabiy tilida birdan ortiq hukm bir sodda gap orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan: Kitob olganiga xursand boladi. Har bir brigada ekishga tayyor bolib turishi zarurligini qayta-qayta uqtirdi. Bu sodda gaplarning har birida ikki xul ifodalangan. Gapning asosiy belgilaridan yana biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining borliqqa munosabatini ifodalashdir. Gap orqali sozlovlovchi biror voqea-hodisa yoki xususiyatning mavjudligi yoki biror zamonda roy berishi, realligi yoki norealligi, xohish yoki norozilik kabi munosabatni ham ifodalaydi. Bu munosbatni ham ifodalaydi. Bu munosabat, yani prediktivlik, modallik va zamon, shaxs-son kategoriyalari orqali royobga chiqadi, bu kategoriyalar turli morfologik, sintaktik, intonatsiya va boshqa yollar bilan ifodalanadi. Gapning oziga xos belgilaridan yana biri unda maxsus intonatsiyaning bolishidir. Har bir gap intonatsion jihatdan ham shakillangan boladi gapning boshlanishi va tugallanishi uning intonatsiyasidan sezilib turadi. Gap oxirida intonatsiya ham tugallanadi. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling