Sintaksis. Ikkinchi darajali gap bo’laklari hol va uning ifodalanishi


Download 57.43 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi57.43 Kb.
#1833201
1   2   3   4
Bog'liq
Sintaksis. Ikkinchi darajali gap bo’laklari hol va uning ifodala

Izohlovchi aniqlovchi
Ayrim otlar, hatto atoqli otlar ham ba’zan bir necha shaxslarni ifodalashi mumkin. Bunday vaqtda ko‘pincha qaysi Ahmad, qaysi Karim singari so‘roqlar yordamida gap kim haqida ketayotganligini aniqlashtirib olamiz. Ana shu vaqtlarda izohlovchilarga ehtiyoj tug‘iladi.
Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo‘lakka izohlovchi aniqlovchi deyiladi. Masalan, akademik Habib Abdullayev, Jo‘ra soatsoz, dutorchi qizlar kabi.
Izohlovchi bog‘langan hokim bo‘lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlovchili birikma sanaladi.
Izohlovchi-izohlanmish munosabati sifatlovchi-sifatlanmish munosabatiga o‘xshaydi, lekin ular qanday so‘zlar bilan ifodalanishi bilan farq qiladi. Sifatlovchi-sifatlanmish munosabatida sifatlovchi, asosan, sifat va sifatlashgan so‘zlardan ifodalanadi. Sifat+ot ko‘rinishida bo‘ladi. Solishtiring: qizil gul (sifatlovchi-sifatlanmish); professor G‘ozi Olim Yunusov (izohlovchi-izohlanmish). Izohlovchi taxallus va o‘xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasiga tire qo‘yiladi. Masalan, Erk kuychisi — Abdulhamid Cho‘lpon she’rlarini sevib o‘qiyman.
Hayotning poyonsiz ummoni ichra. Bor shunday g‘ariblar — temirlar hissiz. (A. Oripov)
Gap bo`lagi tartibi. Gap bo`lagi tartibi ikki xil:
1.Odatdagi tartib. Bunda quyidagi holat kuzatiladi: 1) ega (o`z aniqlovchisi bilan) oldin, kesim gapning oxirida keladi: Yosh havaskorlar to`plandi; 2) payt holi egadan oldin keladi: Bugun yosh havaskorlar to`plandi; 3) to`ldiruvchi o`z aniqlovchisi bilan egadan keyin keladi: Bugun yosh havaskorlar dehqonlarga katta tomosha ko`rsatdi; 4) vaziyat holi kesimdan oldin keladi: Daryo uzoqdan tovlanib ko`rinardi. 2. O`zgargan tartib (bu inversiya ham deyiladi)da quyidagi holat kuzatiladi: 1) ega kesimdan keyin keladi: Yashasin mustaqillik! 2) to`ldiruvchi kesimdan keyin keladi: To`xtat suvni! 3) vaziyat holi fe’l-kesimdan keyin keladi: Shamol esadi g`ir-g`ir.
Gap bo`lagi tartibi o`zgarishi quyidagi hollarda kuzatiladi:
1) badiiy nutqda, ko`pincha, she’riyatda; Senga bo`ldim azaliy oshiq. Bunga berar o`lim xotima; 2) hayajon kuchli bo`lganda: Oling qo`lingizni! 3) shior va chaqiriqda: Yashasin mustaqillik! 4) mantiqiy urg`u talabi bilan: Bordik biz.
Download 57.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling