Sintaksis. Ikkinchi darajali gap bo’laklari hol va uning ifodalanishi
Download 57.43 Kb.
|
Sintaksis. Ikkinchi darajali gap bo’laklari hol va uning ifodala
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozordan oldim. Bog`ga
- Tongda, ayozda, hozirdan
- O`qigani ketdi. O`qish maqsadida
- Qop-qop
- Dangasaning non yeyishini
- Ukamni
ТO‘LDIRUVCHI VA UNING IFODALANISHI Gapning kesimi bilan bog‘lanib predmetlik ma’nosini ifodalovchi va kimni? nimani? kim (bilan, orqali, uchun), nima (bilan, orqali, uchun) so‘roqlariga javob bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi. Men undan (kimdan?) so‘radim: Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul (nimani) terding kimga? Gulidan (nimadan) ko‘zini (nimani) uzmayin singlim. Asta javob berdi: — O‘qituvchimga (kimga). Тo‘ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan bog‘langan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi. Тo‘ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Agar u bog‘langan so‘z kesim bo‘lib shakllana olmagan bo‘lsa, ana shu so‘z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo‘lakning bo‘lagi bo‘ladi. Masalan, Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesimga bir butun holda bog‘lanadi. Bu birikmali to‘ldiruvchi o‘z ichida qismlarga bo‘linadi: onamdan eshitgan (qanday) gap. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi o‘z ichida yana tarkibiy qismlarga bo‘linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan. Shunday qilib, to‘ldiruvchilar kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘-lanish-bog‘lanmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) mustaqil to‘ldiruvchilar; b) nomustaqil to‘ldiruvchilar. Тo‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga tobe bog‘lanib kelgan to‘ldiruvchilar mustaqil to‘ldiruvchilar sanaladi. Masalan, seni sog‘indim gapida kimni? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi seni so‘zi kesim vazifasida keluvchi sog‘indim bo‘lagiga bog‘lanib, mustaqil to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Тo‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga tobe bog‘lanib kelmagan to‘ldiruvchilar nomustaqil to‘ldiruvchi hisoblanadi. Shuning uchun u biron bir ikkinchi darajali bo‘lakning tarkibiy qismi — bo‘lakning bo‘lagi vazifasini bajaradi. Masalan, Dangasaning non yeyishini ko‘r gapida dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so‘rog‘iga javob bo‘lib, birikmali to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Birikmali gap bo‘lagi esa kimning? va nimani? so‘roqlariga javob bo‘luvchi aniqlovchi (dangasaning) va to‘ldiruvchi (non)larni o‘z ichiga oladi. Bu bo‘lak tarkibidagi non bo‘lagi nomustaqil to‘ldiruvchi, bo‘lak-ning bo‘lagidir. Тo‘ldiruvchilar kesim bilan qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) kelishikli to‘ldiruvchilar; Senga (kimga?) aytar gapim bor b) ko‘makchili. Sen bilan (kim bilan?) olam munavvar To‘ldiruvchi ikkiga bo‘linadi: 1) vositasiz to‘ldiruvchi; 2) vositali to‘ldiruvchi. Tushum kelishigi orqali ifodalangan to‘ldiruvchi vositasiz, qolgan shakllardagi to‘ldiruvchilar vositali sanaladi. Ukamni ko`rdim.(vosirasiz). Senga oldim (vositali). To’ldiruvchilar boshqa gap bo’laklari kabi, birikmali holda ham qo’llanadi: Men uning go’zal siymosida qalbim ko’zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko’rardim. O’qituvchining pedagogik mahorati u tarbiyalagan shogirdlarining bilimdonligi bilan o’lchanadi. Bola bir guruh jangchuilarni botqoqlikdan xatarsiz o’tkazib qo’yganligini aytdi. Download 57.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling