Gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar undalma
Download 21.84 Kb.
|
55-mavzu
GAP BO‘LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN BO‘LAKLAR Undalma So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalab, gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan so‘z yoki so‘zlar birikmasiga undalma deyiladi. Undalmalar ham ajratilgan bo‘laklar singari gapni murakkablashtiruvchi bo‘laklarga kiradi, ammo, ajratilgan bo‘laklardan farqli holda gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. Undalmalar so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirganligi uchun u ko‘pincha shaxsni bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanadi. Badiiy nutqda esa, shaxs bildirmaydigan jonli va hatto jonsiz premetlar ham undalma vazifasida kelishi mumkin. Masalan: – Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan, bag‘rimni, ohang. – Bahor, ketma bizning bog‘lardan. – Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan, Sernavo bulbullar, sayramang biroz. Undalmali gaplarda nutq, asosan, ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Ba’zan bunday gaplarda nutq birinchi shaxsga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngil uyin (bunda shaxs o‘z-o‘ziga murojaat qilgan). Undalmali gaplarning kesimi ko‘pincha 1- va 2-shaxs-son shakllarida bo‘ladi. Undalmalar tarkibida ba’zan egalik qo‘shimchalari ham bo‘ladi. Bunda: – ko‘pincha 1-shaxs egalik qo‘shimchasini olib keladi. Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so‘zlovchiga yaqin ekanligini, erkalash, suyish ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Azizim,dunyoga bevaqt kelibmiz. – ba’zan oilaviy munosabatlarda III shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi bilan kelgan undalamadan foydalaniladi. Masalan: Oyisi, keling. Dadasi, choy iching. Undalmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli uning o‘rni erkin bo‘ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko‘ra, alohida-alohida vazifani bajaradi. – So‘zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap boshida keladi – So‘zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap o‘rtasi va oxirida keladi. Masalan: Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?! Sen beshik emassan, dorsan, tabiat. Diqqat! Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs-predmetlar bo‘lgani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan u egaga o‘xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi. Undalmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa, undalmadan so‘ng undov belgisi ham qo‘yilishi mumkin. Bunda gapning davomi bosh harflar bilan yoziladi. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar. Undalmalar va kiritmalar gap bo‘lagi hisoblanmaydi. Ular gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar sanaladi. 8-sinf ona tili darsligida ko‘rsatilishicha, undalma va kiritmalar uchun shartli belgilar qabul qilinmagan, ular tahlilda so‘z bilan izohlanadi. Ammo 5-sinf «Ona tili» darsligida tahlil jarayonida undalmaning ostiga 2 ta to‘lqinli chiziq chiziladi deb ko‘rsatilgan. Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling