Gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar undalma


Download 21.84 Kb.
bet4/4
Sana05.04.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1276542
1   2   3   4
Bog'liq
55-mavzu

III.MAVZUGA OID TESTLAR:
1. Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) Shamol, qor, yomg‘ir, do‘l, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
B) Vatanim bor, ko‘rkam.
C) Do‘stlar, navqiron yoshlikni qadrlang.
D) U yerda, taxtako‘prikning ostida bir buloq bor.
2. Xanda ur, jo‘sh ur, yurak, ozod zamindir bu zamin,
Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. Mazkur gapda undalma kimga qaratilgan?
A) tinglovchiga
B) so‘zlovchiga
C) 3-shaxsga
D) jonsiz narsalarga
3. Yoyiq undalmali gap qaysi qatorda keltirilgan?
A) Mana, taqsir, olib keldim, tekshirib ko‘ring.
B) Biz-chi, eh…ba’zi bir ko‘zi ochiqlar,
Eplab yurolmaymiz katta yo‘lda ham.
C) Bahor keldi, gul ochildi, nur sochildi boriqda.
D) Qo‘y, yaxshi chol! Ko‘nglim to‘ldi, gaplashamiz so‘ng.
4. Tarkibida ega ham qatnashgan undalamali gapni toping.
A) Asabga zo‘r bermang, odamlar.
B) Salom senga, bahor ko‘rki majnuntol.
C) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating.
D) Vatan, sen munchalar ko‘rkam.
5. Uyushiq undalmali gapni toping.
A) Baxtiyor yoshlar, to‘g‘ri yo‘ldan adashmang, yoshlikni behuda o‘tkazmang.
B) Menda ixtiyor yo‘q, oyijon! – dedi Kumush.
C) Kuyla, kuyla, respublikam, baralla!
D) Xayr, yashil o‘rmonlar, moviy dengizlar!
6. Undalamalar, odatda, qaysi shaxsga qaratilgan bo‘ladi?
A) 1-shaxsga
B) 2-shaxsga
C) 3-shaxsga
D) 2 va 3-shaxsga
7. Ko‘chma ma’nodagi undalma berilgan qatorni aniqlang.
A) Ey, Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngil uyin.
B) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim.
C) Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz.
D) Salom senga, polosonlik Haydar kapitan.
8. Undalmaning uyushiq holda kelishi qaysi gapda berilgan?
A) Yangi yilni qarshilaymiz, yor-jo‘ralar, bu kecha.
B) Tiniq suvlar, ko‘m-ko‘k daraxtlar shoirning ko‘nglini to‘lqinlantirar edi.
C) Dada, oyi, sog‘-salomat yuribsizlarmi?
D) Ehtimolki, bu qiz savdogarning qizidir.
9. So‘zlovchining undalma orqali o‘z-o‘ziga undashi qaysi qatorda berilgan?
A) Shovqin solmang, Arslonbek aka, atrofda odam bor.
B) Yashna, ozod diyorim, o‘zingsan mehribonim.
C) Xayr senga, qadrdonim majnuntol, O‘ylar surib o‘tirganman soyangda.
D) So‘zda, Navoiy, ne desang, chin degil, Rost navo nag‘maga tahsin degil.
10. Undalma haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) Undalma gap bo‘lagi vazifasida keladi.
B) Undalma, asosan, bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanadi.
C) Undash ohangi bilan aytiladi.
D) Undalma, asosan, 2-shaxsga qaratilgan bo‘ladi.
11. Undalmalar gap boshida kelsa, ko‘pincha qanday ma’noni anglatadi?
A) muhabbat, hurmat
B) chaqiriq, murojaat
C) ko‘tarinkilik, kuchli ehtiros
D) piching, kesatish
12. Qanday undalmalar yoyiq undalmalar deyiladi?
A) O‘ziga qarashli aniqlovchisi, yoki izohlovchisi bor undalmalar.
B) undalamalar yoyiq holatda qo‘llanmaydi.
C) birdan ortiq uyushib kelgan undalmalar.
D) undalma qo‘llangan gapda ega ham mavjud bo‘lsa.
13. Undalma qatnashgan gapning kesimi, ko‘pincha qanday shaklda bo‘ladi?
A) 1-va 2-shaxs-son shaklida
B) 2-shaxs-son shaklida
C) 1-shaxs-son shaklida
D) 2-va 3-shaxs-son shaklida
14. Undalma uyushiq holda qo‘llangan gapni toping.
A) Oyi, oyi, menga-chi, tutib bersin ninachi.
B) So‘yla, so‘yla, ko‘zgujon, Haqiqatni et bayon.
C) Gunafshaxon, gunafsha, Kulishlaring chiroyli
D) Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar.
15. Qaysi javobda ega qatnashgan undalmali gap berilgan?
A)Nega tilkalaysan, bag`rimni, ohang.
B) Yetar, ey cholg`uvchi, bas qil sozingni
C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening
D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g`am
16. Qaysi javobda ega qatnashmagan undalmali gap berilgan?
A) O, Qashqar tuprog`i, qashshoqmiding sen
B) Yetar, ey cholg`uvchi, bas qil sozingni
C) O`sha damgi iqbolim ham, onajonim, sengadir
D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g`am
17.Ey farzand, bilki, ota-ona mo`tabardir. Ushbu gapdagi undalmani aniqlang.
A) farzand
B) ey
C) Ey, farzand
D) bilki
18. Sifat bilan ifodalangan undalma qaysi gapda berilgan?
A) Ertakjon, siz emassiz ermakjon
B) Sen ham shundaymiding, aytchi, azizim
C) Qo`ying, begim, o`zingizni urintirmang
D) Safga kechikkanlar, ikki qadam oldinga chiqing
19. Undalmaning uyushiq holda kelishi qaysi qatorda berilgan?
A) Yangi yilni qarshilaymiz, yor-jo`ralar, bu kecha
B) Dada, oyi, sog`-salomat yuribsizlarmi?
C) Ehtimolki, bu qiz savdogarning qizidir.
D) Navoiyning qo`lida qilich emas, qalam bor, xolos
20. Yig`iq undalmali gap berilgan qatorni toping.
A) Aziz birodarlar, mehnatkash do`stlar, hammamiz ham haqimiz bo`lgan paxtadan manfaatdormiz.
B) Duradgor amakim kecha mukofot oldi
C) Oh, mayin allalarga joy ekansan, Farg`ona
D) Cho`lni obod qilish savob ish, albatta
IV.YODLASH UCHUN:
-ham: 1) ot yasovchi: ham/qishloq, ham/suhbat
2) sifat yasovchi: ham/ohang
-in: 1) ot yasovchi: yig‘/in
2) o‘zlik nisbat shakli: kiy/in/di
3) majhul nisbat shakli: qil/in/di

Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling