Gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar undalma


Download 21.84 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1276542
1   2   3   4
Bog'liq
55-mavzu

Undalma va undov so‘zlar
Ba’zan undash ma’nosini kuchaytirish uchun ey, hoy, hay kabi undov so‘zlar qo‘llanishi mumkin. Bunday holda:
a) agar undov so‘z undalmadan oldin kelsa, yozuvda ularning orasida hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Hoy o‘rtoqjon, quloq solgin so‘zimga (bunda tinglovchining diqqatini jalb etish, emotsionallikni ta’minlash maqsadi bo‘ladi).
b) agar undov so‘z undalmadan keyin kelsa, undov so‘z chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Karimjon-u (ey, ho, ov), bu yoqqa keling (bunday vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so‘zlovchidan uzoq masofada ekanligi ifodalanadi).
Ba’zan asl undalma tushib qolib, ey, hey, hoy, hay kabi undov so‘zlar undalma vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Hoy, sizni kutib turibmiz. (Bunda tinglovchiga hurmatsizlik mensimaslik ma’nolari ifodalanadi).


Undalmaning ifodalanishi
Undalmalar tarkibiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:
1) yig‘iq undalma – bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Masalan: Behudaga to‘kma yosh, o‘g‘lim!
2) yoyiq undalma – o‘ziga oid so‘zlar, asosan, aniqlovchi va izohlovchilar bilan kengayib keladigan undalamalar. Masalan: Vatanimiz muvaffaqiyatini ko‘rolmaydigan quzg‘unlar, ayting! Uzr, o‘rtoq prokuror, tanimaganni siylamas, degan maqol bor-ku.
Undalma quyidagicha ifodalanadi:
a) bosh kelishikdagi ot bilan: Vatan, sen bunchalar ko‘rkam!
b) otlashgan so‘zlar bilan: Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim! (otlashgan sifat);
O‘n birinchilar, sizlarga muvaffaqiyat! (otlashgan son);
Qayoqqa yana, tinmagur! (otlashgan sifatdosh).
c) ba’zan undalma tushib qolib, undov so‘zlar undalma vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Hoy, bu yoqqa kel.
d) yoyiq undalmalar esa, so‘z birikmalari, ba’zan kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Mustaqil O‘zbekistonim, 27 yillik to‘ying muborak! Kecha razvedkaga borganlar, bir qadam oldinga chiqing.
e) ba’zan undashni kuchaytirish uchun undalmalar takror holda qo‘llanadi: Oyi, oyijon, o‘rtoqlarim kelyapti (bu o‘rinda undalma uyushmagan).
f) ba’zan nutq birdan ortiq shaxsga qaratilishi mumkin. Bunday holda undalma uyushib keladi: Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o`g`illar, oap-singillar, sizga oila tinchligi hamma narsadan muhim.
g) ba’zan bir undalmani boshqa bir undalma izohlab kelishi mumkin: Yashagin, traktorim, quyoshim, jonim.
h) Ba’zan undalma ko‘chma ma’noda kelishi mumkin: Ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz.


Undalma va ega
Undalma, asosan, bosh kelishikdagi ot orqali ifodalanishi bilan egaga o‘xshaydi. Ularni farqlash oson, ya’ni:
a) undalmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga ega emas; ega esa, gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqada bo‘ladi, kesim bilan predikativ (ega va kesimlik) aloqaga kirishadi;
b) undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalaydi; ega esa gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildiradi;
c) undalmalar undash ohangi bilan aytiladi, gapning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi; egada bunday xususiyat yo‘q.
Undalmali gaplarda ko‘pincha ega qo‘llanmaydi va ular egasiz gaplarning shaxsi ma’lum gaplar turiga kiradi. Ba’zan undalmali gaplarda ega qo‘llanishi va ular egali gap turiga masub bo‘lishi mumkin: So‘zla, ko‘zgujon, haqiqatni et bayon. (Egasiz gapning shaxsi ma’lum gap turi) Ey, farzand, fe’l-atvoring kishini ranjitmasin. (Egali gap)



Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling