Sintaktik aloqa ва муносабатлар
Download 150.5 Kb.
|
1-25 ona tili
Punktuatsiya tamoyillari.
Punktuatsiya yozuv tizimining grafika va orfografiya bilan bir qatorda turadigan uchinchi komponentidir. Tilshunoslikda punktuatsiya termini quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) tilshunoslikning bir bo‘limi, u tinish belgilari tizimini, ularning ishlatilish qonun- qoidalarini o‘rganadi; 2) punktuatsiya qoidalari yig‘indisi; 3) tinish belgilari. Tinish belgilari punktogramma deb ham yuritiladi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika)ning uzviy qismi bo‘lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o‘zaro logik-grammatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi. Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo‘llaniladi” (Boduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o‘rinli qo‘llanmasligi ma’lum bir sintaktik qurilmaning ham mazmun, ham tuzilish jihatidan o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan, ushbu gapda tinish belgisini o‘zgartirirish orqali ikki xil mazmunni farqlash mumkin: Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq, odam emassiz, - dedi. Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq odam emassiz, - dedi Birinchi holatda ahmoq so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, gap podshoning aqlliligi haqida emas, balki uning ham ahmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Ikkinchi holatda esa podshoning ahmoq odam emasligi, aqlliligi haqida gap boradi. Demak, ushbu gapda talaffuzda ohang, yozuvda tinish belgisi orqali ikki xil ma’no anglashilmoqda. Yoki quyidagi gapda ham tinish belgilari bilan bog‘liq turli holatlarni aniqlash mumkin: Ey tabib, qo‘y, boqma dardim bedavolardan biri (Muqimiy) gapida uch holat bor: qo‘y so‘zidan keyin vergul o‘qilmasa, “tabib” “qo‘yboqar”ga aylanadi; “dardim”dan keyin vergul qo‘yilsa, “dardim” “boqma”ga bog‘lanadi - kesim+to‘ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug‘iladi; d) “boqma”dan keyin vergul qo‘yilsa, “ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) munosabati ifodalanadi. Tinish belgilari yozuvning keyingi bosqichlarida shakllana boshlagan. Qadimgi yozuvlar piktografik (rasm yozuv), logografik (so‘z yozuv) shakllarida bo‘lganligi sababli tinish belgilariga ehtiyoj sezilmagan. O‘rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi) ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qo‘llanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi yozuvlarga xos “punktuatsion” belgilar deyish mumkin. O‘rta Osiyoda arab yozuvi qo‘llanila boshlangandan keyin bunday maxsus belgilar ishlatilmagan. Demak, XIX asrning 2-yarmigacha arab grafikasidagi o‘zbek yozuvida tinish belgilari bo‘lmagan. O‘zbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning 2-yarmidan keyin boshlanganki, buning obyektiv va subyektiv tarixiy sabablari bor: Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling