Sintaktik aloqa ва муносабатлар


Sodda gapda so‘zlarni biriktiruvchi vositalar


Download 150.5 Kb.
bet4/20
Sana19.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1366211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-25 ona tili

Sodda gapda so‘zlarni biriktiruvchi vositalar
Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarining ma’nosi so'zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo'lishi mumkin. Shunda ularning ma’nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta ’kid ohangiga ega bo'lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e ’tibor bering: 1. Nigora raqsga tushti. 2. Yurtim — Nurota. 3. Unga bir marta ishim tushgandi. 4. Kòcha òrtasida uzoq òylanib turdi. 5. Seni sog'indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma’lum bir so'zlar ma’nolari izohlarsiz noaniq bo'lishi mumkin. Buni e’tiborga olgan holda so'zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so'zlar bilan qo'llaydi: 1.Nigora, raqqosa, raqsga tushti. 2. Yurtim — Nurota, tog'lar orasi. 3. Unga, muttaham Norqulovga bir marta ishim tushgandi. 4. Kòcha òrtasida, serqatnov asfaltda uzoq òylanib turdi. 5. Seni, vafodorimni, sog'indim. Birinchi gapda ega (Nigora)ning m a’nosini raqqosa so'zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota)ning m a’nosini tog'lar orasi, uchinchi gapda to‘ldiruvchi(unga) ning m a’nosini muttaham Norqulovning so‘zshakli, to'rtinchi gapda hol (ko‘chada) ning ma’nosini serqatnov asfaltda so‘zshakli, beshinchi gapda to'ldiruvchi (seni) ning m a’nosini vafodorimni so'zshakli izohlagan, to ‘ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so'zlar o'zi izohlayotgan so'zlar bilan bir hokim so‘zga tobelanadi. Undan faqat nisbatan tor ma’noga egaligi va ta ’kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Gapning so'z kengaytiruvchisi ham , gap kengaytiruvchisi ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so'z kengaytiruvchisi ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:
a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
b) ajratilgan so'z kengaytiruvchilari
ko'rinishida ikkiga bo'lib o'rganish mumkin.
Gap ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo'laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo'laklar deganda, gap konstruktiv bo'laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo'lak mavqeiga ega bo'lmagan atov birliklarini ham o'z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog'inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so'zshakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo'lagi emas.
Uyushgan so'zshakl. Uyushgan so'zshakllar doim sintaktik mavqe va morfologik shakllanisli jihatidan bir xil bo'ladi. Ular boshqa so‘z bilan bog'lanishda tenglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so‘z bilan ifodalanishi — so'z turkumi jihatdan bir xil bo'lishi va, demak, bir xil so‘roqqa javob bo'lishi shart emas: Seni (olmosh) va Salomatning ukasini (ot) taqdirlashadi.
Uyushgan so'zshaklning oxirgisi tegishli grammatik shaklni olib, oldingilari olmagan bo'lishi ham mumkin: Maydonni begona o't, tosh va har xil chiqindilardan tozaladik. Bunda uyushgan so'zshaklning oxirgisi (chiqindilardan) chiqish kelishigi bilan shakllangan. Bu uyushgan so'zshaklning grammatik shakllanishi har xil bo'lishi ham mumkin degani emas. Chunki oxirgi so'zshakldagi chiqish kelishigi uyushgan so'zlarning boshqalariga ham tegishli. Faqat nutqiy tejam grammatik ko'rsatkichning barcha so'zshaklda takrorlanishiga monelik qiladi.
Uyushiq so'zshaklning muhim nutqiy belgisidan biri sanash ohangi bilan aytilishi. Sanash ohangi bo'lmasa, sintaktik mavqe, grammatik shakl va ifodalanish jihatlari bir xilligiga qaramasdan so'zshakllar uyushiq sanalmaydi. Masalan, Mening diqqatimni dumaloq oppoq toshlar tortdi gapidagi dumaloq va oppoq so'zshakli toshlar so'zshakliga tobelanib, ifodalanish va grammatik shakl jihatdan bir xil. Biroq ular uyushtiruvchi (sanash) ohangsiz uyushmagan kengaytiruvchi hisoblanadi. Demak, sintaktik mavqe, grammatik shakl bir xilligi va uyushtiruvchi ohangga egalik uyushgan tenglanish qatorining zaruriy belgisidir.
Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo'lgan so'zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo'lib, u mantiqan so‘z kengaytiruvchisi maqomida bo'ladi. Biroq u kengayayotgan so'z bilan bog'langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog'langan so'zshakl nutq yo'naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba'zan otlashgan so'zshakllar keladi.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling