Sintaktik xususiyatlar
Download 55.43 Kb.
|
lotin alifbosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo Alloh
- Ey nur
- Bilinglarki
- Robbingizning nomini
3.2. Diniy matnlarning sintaktik xususiyatlariHozirgi o‘zbek adabiy tili grammatik-stilistik jihatdan ma’lum darajada o‘rganilgan, og‘zaki va yozma nutqning, alohida olingan asarlarning morfologik va sintaktik xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlar yaratilgan1. Bu ishlarda morfologik va sintaktik vositalarning uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. DMlar sintaktik xususiyatlariga ko‘ra o‘zbek tilining boshqa FUlari doirasida qaraladigan matnlardan muayyan farqlarga ega. Biz bu haqda DMlar boshqa uslublarga oid matnlar bilan qiyoslanganda gapirib o‘tdik. Masalan, IM alohida lingvistik xususiyatlari bilan DMdan jiddiy farq qiladi. His-hayajonni ifodalovchi so‘zlar, gaplar, shuningdek, atov gaplarning qo‘llanilmasligi, gap bo‘laklari tartibining adabiy til me’yoriga mos bo‘lishi, fikrlar bayonida mantiqiy izchillik kuchli bo‘lishi shular jumlasidandir. O‘zbek tili IUini monografik yo‘nalishda tadqiq etgan va doktorlik dissertatsiyasi yozgan M.Mukarramov quyidagilarni aytgan edi: «Ilmiy nutqning monologik xarakterda tuzilishi to‘liqsiz gaplarning qisman chegaralangan holda qo‘llanilishini ko‘rsatadi… Ilmiy fikrning mantiqiy tugal bo‘lishi sodda gaplarga qaraganda qo‘shma gaplarning ko‘p qo‘llanishiga, murakkab sintaktik konstruksiya va oborotlarning keng ishlatilishiga, sodda gaplar asosan yoyiq konstruksiyalardan tuzilishiga, qo‘shma gaplar bog‘lovchilar va intonatsiya bilan bog‘lanishiga olib keladi»159. DMlarda fikrlarning o‘ziga xos tarzda mantiqiy shakllanishi, Qur’on va hadislardagi fikrlarning aynan, buzmay keltirilishi, qo‘shma gaplarning ko‘p qo‘llanilishi ularni IMlarga yaqinlashtiradi. Lekin ifoda usulining o‘ziga xosligi, so‘roq va buyruq gaplarning ko‘pligi, faqat ayrim o‘rinlardagina fikrlarning dialogik shaklda berilishi ularni farqlab turadi. Xuddi shuningdek, u uyushiq bo‘lakli, kirish qurilmali, kirish bo‘lakli, shaxsi umumlashgan gaplarning qo‘llanishi bilan PMga ham yaqinlashadi. Badiiy-estetik ta’sirchanlikni ta’minlovchi birliklar, ifoda Fan», 1984. – B.159; Sodiqova M. Fe’l stilistikasi. – Toshkent: «Fan», 1975. – B.108; O‘rinboev B. O‘zbek so‘zlashuv nutqi stilistikasi masalalari. – Toshkent: Fan, 1974. – B.148; O‘rinboev B. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi. – Toshkent: Fan, 1991. – B.160; Qilichev E. O‘zbek tilining amaliy stilistikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – B.159; Qo‘ng‘urov R. O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar. – Samarqand, 1975. – B.237; Qo‘ng‘urov R. Sub’ektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 1980. – B.165; Kungurov R. Semantiko-stilisticheskie osobennosti formoobrozuyuщix morfem imeni suщestvitelnogo v uzbekskom yazыke: Avtoref dis… d-ra filol. nauk. – Baku, 1982; Kungurov R. Stilistika imeni suщestvitelnogo v uzbekskom yazыke. – Tashkent, 1983 va boshqalar. 159 Mukarramov M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili. – Toshkent: Fan, 1984. – B.111. tasvir vositalarining qo‘llanish imkoniyatlarining mavjudligi DM va BMlar orasida chambarchas bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, DMlarning o‘ziga xos sintaktikuslubiy xususiyatlari mavjud. Ularning ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz. DMlar sintaksisidagi uslubiy farqlanishlar asosan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarida yaqqol seziladi. Masalan, darak gaplarda. Barcha matnlarda bo‘lgani kabi DMlarda darak gaplar ko‘p ishlatiladi: Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida Abu Jahlning bir o‘g‘li bor erdi… («Javohir ul-hikoyot»). Bir kuni hazrati shayx Said Abul Hayr rahmatullohi alayhi nihoyat darajada qari va zaif bo‘ldilar… («Javohir ul-hikoyot») kabi. Bu kabi faol qo‘llanilishlar mavzu talabiga bog‘liq bo‘ladi va ularda, asosan, nutq so‘zlanib turgan vaqtdan ilgari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuning uchun ham payg‘ambarlar hayoti, ularning faoliyati, aytgan so‘zlari, shariat bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida ma’lumot berilayotganda darak gaplar faolligi ko‘zga tashlanib turadi. DMlarda so‘roq gaplar ham qo‘llaniladi: Qiyomat kuni bo‘lsa bir farishta o‘lumni qo‘chqor suratida qilib olib kelib, jannat birla do‘zaxni miyonasida turib: «Ey ahli jannatlar, bul o‘lumni bilursizlarmu?» - deb savol qilur («Manba’ ul-maorif»). So‘roq gaplar, asosan, Muhammad payg‘ambarimiz (sallollohu alayhi va sallam) ga qaratilgan bo‘ladi: Va sahobalar so‘rdilarki: «Yo Rasululloh, oxirat safarini sababi nadur?», Va sahobalardin birlari so‘rdilarki: «Yo Rasululloh, sur nimadur?», Bas, ul majlisda bir bequvvat mo‘ysafid sahoba bor erdilar, yig‘lab aydilarki: «Yo Rasululloh, rajab oyining hammasida ro‘za tutmoqqa man ojizdurman. Emdi nechuk qilayin?» («Manba’ ulmaorif»). Har bir so‘roq gapning Yo Rasululloh deb boshlanishi DMlar sintaksisining o‘ziga xos jihatidir. DMlarda buyruq gaplar ham qo‘llaniladi. Bunday gaplar biror diniy mavqe, mansab yoki unvonga ega bo‘lgan kishilar tomonidan boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi: Payg‘ambar alayhissalom aydilarki: «Qorong‘u kechada turub go‘rni vahmi uchun ikki rak’at nafl namoz o‘qunglar va saraton vaqtida Mashhargohni issig‘i uchun nafl ro‘za tutinglarki, o‘qug‘on namozlaringiz Azroil alayhissalomg‘a shafe’ bo‘lur» («Manba’ ul-maorif»). Yahudiylar aydilar: «Barakalloh, rost aytursiz. Emdi ani savobini bayon qiling» («Manba’ ul-maorif»). Payg‘ambar alayhissalom aytibdurlarki: «Ey as’hoblar, besh vaqt namozni hamisha jamoat birla o‘qunglar» («Manba’ ul-maorif»). DMlarda dialogik xarakterdagi so‘roq va darak gaplar ham uchraydi. Mavzuning mohiyatini ochib berishda, tasvirlangan voqea-hodisaning adresat ko‘z o‘ngida gavdalanishida bu gaplar muhim vosita hisoblanadi: Andin so‘ngra payg‘ambar alayhissalom mani oldimg‘a aydilarki: «Ey Oysha, siz bul vaqtda uxlog‘on edingizmu yo bedor edingizmu?» Man aytdim: «Yo Rasululloh, bedor edim». Bas, aydilarki: «Ey Oysha, farishtalarni qanotlarini ovozini eshitdingizmi?». Man aydim: «Yo Rasululloh, eshitmadim» («Manba’ ul-maorif»). Ammo bu kabi dialoglarni DMlar uchun xos xususiyat sifatida qarash kerak emas. Garchi DMlarda so‘roq va buyruq gaplar qo‘llanilsa ham, ularning chastotasi yuqori deb bo‘lmaydi. Ularning qo‘llanishi aksariyat tasviriylik bilan bog‘liqdir. «Savolni qo‘ymasdan ham fikrini bayon etish mumkinmidi? – deb yozadi S.Karimov. – Albatta, mumkin edi. Ammo so‘roqning o‘rtaga qo‘yilishi bilan birvarakayiga bir necha masala hal etildi: birinchidan, masalaning bayon etilishi lozim bo‘lgan jihati aniq bo‘ldi; ikkinchidan, aynan shu jihatga tinglovchi yoki o‘quvchining diqqati qaratildi. Xuddi mana shu holat so‘roq gapdagi stilistik ottenkaning namoyon bo‘lishidir, uning tasviriylik imkoniyatidir»2. Darhaqiqat, DMlarda ham so‘roq gaplarning qo‘llanishi tinglovchining diqqatini tortish kabi zaruriyat bilan bog‘liq. DMlar tilida muhim o‘rin tutuvchi sintaktik vositalardan biri undalma – ritorik murojaatlardir. Bu murojaatlar Allohga, uning payg‘ambarlariga, yoki bo‘lmasin, bandalariga qaratilgan bo‘ladi va yaxlit gapning undalma qismini tashkil etadi. DMlarda asosan kishilarning nomlari undalma bo‘lib keladi. Bunda yana bir e’tiborli holat kuzatiladi. Payg‘ambarlar, farishtalar, payg‘ambarlarning oila a’zolari nomlari undalma sifatida qo‘llanilganda ismlardan oldin «Yo …» deb murojaat qilinadi: Yo Muso(يا موسی), Yo Rasululloh(يا رسول الله), Yo Jabroil(يا جبرائيل), Yo Molik(يا مالک), Yo Azroil(يا عزرائيل), Yo Muhammad(يا محمد), Yo Nuh(يا نوح), Yo Salmon (يا سلمان)kabi. Bu tarzda murojaaat qilish hurmat ifodasining o‘ziga xos ko‘rinishi hisoblanadi. Ularning mohiyati bir xil bo‘lsa-da, shaklan turlicha bo‘lishi mumkin: yo Alloh, yo Rabbim, Parvardigorim, Yaratgan egam kabi. Masalan: Yo, Alloh! O‘zing bizni dunyo va oxiratda pastu zalil, xoru tuban bo‘lib qolishdan asra! O‘zingning Zul jaloli val ikrom sifating bilan bizlarga karomat ber, dunyo va oxirat saodatini nasib ayla! («Hidoyat», 2019,8,-B.27). Ey Robbimiz, bizni hidoyat yo‘liga solganingdan keyin dillarimizni (to‘g‘ri yo‘ldan) og‘dirma va bizga huzuringdan rahmt ato et. Albatta, Sen Vahhob (barcha ne’matlarni tekin ato etuvchi) dirsan (Oli Imron 8-oyat). Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsalarga buyurma! Bizlarni afv et, bizlarni mag‘firat qil, bizga rahm ayla! O‘zing Xojamizsan! Bas, O‘zing bizni kofir qavm ustidan g‘olib qil! (Baqara surasi, 285-286 oyatlar) singari. Allohga mana shu tartibda murojaat qilinadi. Aslida buyruq gaplarning faolligi islom aqidalariga qat’iy rioya qilishga da’vat etish bilan bog‘liq: Osonlashtiring, aslo qiyinlashtirmang! Bashorat bering, hech ham nafratlantirmang! (Hadisi sharif. Imom Buxoriy). Ammo Allohga murojaat qilinganda fe’lning buyruq shaklining semantik-grammatik mohiyati o‘zgaradi va stilistik mazmun kasb etadi. Buyruq shaklida ifodalangan kesimda yalinish, yolvorish, iltijo ottenkalari mujassam bo‘ladi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) javob berdilar: «Yo Alloh. Sen gunohlarni kechiruvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan, mening gunohlarimni kechir», deb duo qiling» (Imom Termiziy rivoyati). -Yo Alloh, albatta, Sen gunohlarni afv etuvchi Zotsan! Afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et! (duo). Misoldagi afv et shakl jihatdan buyruq bo‘lsa-da, mazmunan unda yalinib so‘rash ottenkasi bordir: afv et – afv etgin kabi. Bu – ibodat uslubidir. Og‘zaki va yozma nutqda nutq qaratilgan shaxsning diqqatini jalb etish, so‘zlovchining o‘zi so‘zlayotgan odamga munosabatini ifodalash vositasi hisoblanadigan undalmalarda so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan mamnunlik, erkalash, ta’kidlash, norozilik, g‘azabi ham ifodalanadi. Ibodat jarayonida Allohga murojaat qilinar ekan nutq matniga uni kuchaytiruvchi yana qo‘shimcha vositalar kiritiladi. Ular so‘z yoki qo‘shimchalar tarzida bo‘lishi mumkin. Banda, ojizona, so‘ramoq, umidvor bo‘lmoq, yalinmoq, ey, yo kabi so‘zlar, -gina, -(i)m, -miz, -man singari qo‘shimcha va sub’ektiv baho shakllari shular jumlasidandir. Bu ham ibodat uslubi sanaladi va Allohdan so‘rash tamoyillariga to‘la mos keladi. Payg‘ambarga murojaat: ey Muso, ey Muhammad kabi: (Ey Muhammad!) Robbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat eting! (Nahl surasi,125). Oddiy odamlarga nisbatan murojaat qilinganda ham ismdan oldin ey undalmasi qo‘llaniladi: ey xaloyiqlar, ey Hoji, ey odamlar, ey ahli jannatlar, ey ahli do‘zaxlar singari. DMlarda laqabni, turli munosabatni bildiruvchi so‘zlar hisobiga undalmalar ko‘lami kengayib boradi: Yo sheri xudo! Sheri xudo – Hazrat Alining laqabi. Yoki yo imomul-muslimin, ey obid, ey as’hoblar, ey uxlagan g‘ofillar kabi. Bu murojaatlar musulmonlar yoki g‘ayri dinlarga ham qilinishi mumkinligini nazarda tutsak, DMlarda bu ifoda usuli ko‘lamining anchagina kengligi ma’lum bo‘ladi: ey odam farzandi, ey imon keltirganlar, ey mo‘minlar, ey insonlar, ey mushriklar, ey odamlar, ey ahli kitoblar kabi. Misollar: Ey odam farzandi! Kelib turgan rizqingga qanoat qilmasang, dilingga orzu-havaslarni solib qo‘yaman. Ular hech tugamaydi va sen ulardan abadiy qutula olmay qolasan (Qudsiy hadis); Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo‘rqingiz va (har bir) jon (egasi) ertangi kun (qiyomat) uchun nimani (qanday amalni) taqdim etganiga qarasin! (Hashr surasi,18); Barchangiz Allohga tavba qilingiz, ey mo‘minlar! Shoyad, (shunda) najot topsangiz (Nur surasi, 31); Ey insonlar! Albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘masin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin! (Fotir surasi,5); (Ey mushriklar!) Sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar (Anbiyo surasi,98); Ey odamlar! Men sizlar uchun o‘zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman (Qasas surasi, 38); Ey ahli kitoblar! (Isoni ilohiylashtirib) diningizda haddan oshib ketmangiz! Alloh (sha’ni)ga esa faqat haq (gap)ni aytingiz (Niso surasi, 171-oyat) singari. Undalmalar faqat insonlarga emas, balki boshqa jonli-jonsiz predmetlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin: Ey Ka’ba! Allohning nazdida hurmating baland. Leki nagar seni yetta marta buzib vayron qilganimda ham bir musulmonga ozor berganimchalik yomon ish qilmagan bo‘lar edim (Ibn Abbos roziyallohu anhu) («Hidoyat», 2019, 11, -B.13) Xudoyi taolo Muhammad alayhissalomni nurlarini yaratib, ul nurg‘a amr qildiki: «Ey nur, sajda qil», deb… («Manba’ ul-maorif»). Andin so‘ngra Malik ayturki: «Ey o‘tlar, bularni dillarini kuydirmanglar…» («Manba’ ul-maorif»). Bas, ul vaqtda hazrat Jabrail alayhissalom hozir bo‘lub ayturlarki: «Ey chayon, qaydin kelursan va qayong‘a borursan?» («Manba’ ul-maorif») kabilar. DMlar uslubiga xos ko‘zga tashlanadigan yana bir holat kalit so‘zlarning birlamchi ahamiyat kasb etishi va gap boshiga olib chiqilishidir: bilinglarki, bas, ogoh bo‘lingizkim: Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgu, zeb-ziynat, o‘rtalaringizdagi o‘zaro maqtanish va moldunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdir, xolos (Xadid surasi, 20); Bas, sen nafs havoga ergashib ketmagin! (Sod surasi, 26); Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur (Ra’d surasi, 28) tarzida. Gapdagi buyruq yoki xitob ottenkasining kuchli tarzda ifodalanishi ham shu usulga bo‘ysundiriladi: Robbingizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay berilib (chin ixlos bilan bandalik qiling) (Muzammil surasi, 8); Nomai a’molingni o‘qi! Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi yetarli hisobchidir (Al-Isro surasi,14); Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir (Hashr surasi,18) singari. Ritorik murojaatlar bilan bir qatorda, juda faol bo‘lmasa-da, DMlarda Xabar beringchi, kim havoyi-nafslarini iloh qilib olgan bo‘lsa, siz uning ustidan vakil-qo‘riqchi bo‘lurmisiz? (Furqon surasi, 43); (Ey Muhammad), havoyi-nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni (azaldan gumroh bo‘lishini) bilgan holda yo‘lidan ozdirib, quloq va qalbini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rdingizmi? Bas, uni Alloh adashtirganidan so‘ng kim hidoyat qila olur?! Axir, bundan eslatma olmaysizlarmi?! (Josiya surasi, 23) tarzida ritorik so‘roq gaplarning qo‘llanilishi ham stilistikaning ekspressivlik va ta’sirchanlik omillari bilan bog‘liqdir. Diniy matnlarda eng ko‘p qo‘llaniluvchi gaplar qo‘shma gaplar hisoblanadi va ular keng qamrovli fikrlar majmui ekanligi bilan ajralib turadi: Bas, ul kishi bir martaba dam urganlarida ani ovozidin jam’i dunyodagi jonuvorlar behush bo‘lurlar va halila xotunlar homilalarini tashlarlar va yerg‘a zil-zila paydo bo‘lur va hamma mardumlar mast kishidan sarosima bo‘lurlar. Vaholanki, alar mast emaslar, balki surni ovozini haybatidin qo‘rqg‘andurlar («Manba’ ul-maorif»). Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar soni ba’zan bir nechtagacha yetishi mumkin. Bunday murakkablashgan tipdagi gaplarda ergash gap ham, bog‘langan qo‘shma gap ham ishtirok etadi: Payg‘ambar alayhissalom aydilarki: -Har kimiki kechasi tahorat birla yotsa, go‘yoki ani yotqon o‘rni masjid bo‘lur va uyqusi namoz bo‘lur va olg‘on nafasi tasbih bo‘lur va har kishiki betahorat yotsa, go‘yoki yotgan o‘rni go‘r bo‘lur va uyqusi o‘lim bo‘lur va olg‘an nafasi g‘iybat va shikoyat bo‘lur («Manba’ ul-maorif»). Bu tipdagi gaplarning o‘zaro birikishida -sa shart mayli qo‘shimchasi, ki, va bog‘lovchilari, bog‘lovchi vazifasida kelgan go‘yoki so‘zi faol ishtirok etadi. Umuman murakkablashgan bunday gaplarning ko‘pchiligida shart ergashgan gap ishtirok etadi: Nabiy (alayhisalom): «Kim Baqara surasidan o‘n oyatni – avvaldan to‘rt oyat, «Oyatul Kursiy» va undan keyingi ikki oyat va oxiridan uch oyatni kechasi o‘qisa, o‘sha uyga shu kechasi shayton kirmaydi», deganlar (Imom Doromiy rivoyati). («Islom nuri», 2018.10.15). Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): «Kimki qaerdan mol topayotganiga e’tibor qilmasa, Alloh ham uni do‘zaxning qaysi eshigidan kirishiga parvo qilmaydi». («Islom nuri», 2018.10.15) kabi. Yana bir misol keltiramiz: Payg‘ambar alayhissalom aytibdurlarki: Agar har kim ilm o‘rganmoq uchun bir ustozni oldig‘a borib o‘ltursa, Xudoyi taolo ani uchun rahmat xazinasidan yetmish eshik ochur va ustozdin ta’lim olib, ul yerdin turg‘on vaqtida go‘yoki onadin yangi tug‘ilg‘andek gunohdin pok bo‘lub turar va ani o‘qig‘on ilmini har bir harfini barobarig‘a Xudoyi taolo yetmish shahidni savobini ato qilur va har bir kalimasig‘a bir yillig‘ iboratni savobini ato qilur va har bir varag‘i uchun anga jannatdin bir ko‘shk bino qilur («Manba’ ul-maorif»). Keltirgan misolda ham sodda gaplarning o‘zaro munosabatga kirishida -sa shart mayli shakli, ravishdosh qo‘shimchasi -ib, go‘yoki so‘zi qo‘llanilgan. Bu vositalar DMlar tilida eng ko‘p qo‘llaniluvchi muhim grammatik va uslubiy vositalar hisoblanib, ularning yordami bilan sodda gaplar mazmun va grammatik jihatdan birikib, bir butun shaklga kiradi va yaxlit mazmun ifodalaydi: Kim bir yomonlik qilsa, jazosini tortadi (Niso surasi). Xuddi shuningdek, ayiruv bog‘lovchilari ishtirok etgan qo‘shma gaplarda birdan ortiq hodisa navbatma-navbat bo‘layotganligi anglashilib turadi. DMlar tilida ergash gaplar ham ko‘p qo‘llaniladi. «Ergash gap ham grammatik tomondan, xuddi sodda gap tiplari kabi, nisbiy tugal fikr bildiradi, o‘ziga xos ohang bilan aytiladi, o‘zida predikativlik belgilarini saqlaydi. Lekin semantik va stilistik tomondan, xuddi ikkinchi darajali bo‘laklar kabi, juda muhim uslubiy vazifa bajaradi: berilgan gap mazmuniga biror aniqlik kiritadi, biror muhim o‘rinni izohlaydi, umumiy tushunchani konkretlashtiradi, mazmunni to‘ldiradi; o‘rni bilan hatto zarur badiiy vosita (o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a kabi) sifatida qo‘llanadi. Demak, ergash gapdan, avvalo, gap oldiga qo‘yilgan fikriy talab, «aloqa ehtiyoji» tufayli foydalaniladi»3. Masalan: Va har kim namozi Peshinni o‘qusa, qiyomatda Alloh taolo ul bandani jasadig‘a do‘zax o‘tini harom qilur. Emdi sizdin so‘ngra ummatlaringiz shul kechada ikki rak’at nafl namoz o‘qusa, alarg‘a Alloh taolo nima berur? («Manba’ ul-maorif») kabi. Anglashiladiki, fikrlar tizimida yaxlit bir mazmun ifodalanishida qo‘shma gaplar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-birini to‘ldiradi, izohlaydi, ta’kidlaydi, turli xil ma’no nozikliklarini ifodalaydi. Bunday hollarda, ayniqsa, bog‘lovchilar va bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar uslubiy vosita sifatida ishtirok etadi. DMlarda kirish so‘z va kirish birikmalarning qo‘llanilishida o‘ziga xosliklar seziladi. Gapda bunday vazifani ado etishi mumkin bo‘lgan 31 ta modal so‘zning tanlab olingan va jadvalda keltirilgan diniy mavzudagi 4 ta adabiyotda qo‘llanish chastotasi quyidagicha ekanligi ma’lum bo‘ldi:
Download 55.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling