Sinxron motorni yuklama bilan ishlaganda har XIL yuklamalardagi ish tavsiflarini taxlili. Reja: Sinxron mashinalarning konstruksiyasiga oid umumiy ma’lumot


Sinxron generatorning ishlash prinsipi va q o‘zg ‘atish sistem asining turlari


Download 17.43 Kb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi17.43 Kb.
#1434580
1   2
Bog'liq
Sinxron motorni yuklama bilan ishlaganda har xil yuklamalardagi ish tavsiflarini taxlili

Sinxron generatorning ishlash prinsipi va q o‘zg ‘atish sistem asining turlari Ishlash prinsipi: Sinxron generator(SG)da asosiy magnit maydon (oqim F0) ni hosil qilish uchun uning qo‘zg‘atish chulg’amiga o‘zgarmas tok beriladi. Bu tok vaqt bo‘yicha o’zgarmas va qutbiyligi (ishorasi) almashlanadigan, rotorga nisbatan qo‘zg‘almas bo’lgan magnit maydonni hosil qiladi. Rotor (induktor) birlamchi mexanizm yordamida aylantirilganda, uning magnit maydoni qo‘zg‘almas stator (yakor) chulg’amiga nisbatan aylanadi va unda elektromagnit induksiya qonuniga asosan , o’zgaruvchan EYK hosil qiladi. Agarda stator pazlarida simmetrik (ya’ni fazalarining magnit o'qlari fazoda 120° el. ga siljigan boiib, fazalarining elektr qarshiliklari va o'ramlar soni bir xil) uch fazali chulg‘am joylashtirilgan bo‘lsa, bu chulg’amda moduli bo‘yicha teng va vaqt bo’yicha 120° el. ga siljigan EYK laming simmetrik sistemasi induksiyalanadi (hosil bo’ladi). Faza chulg‘amlarida induksiyalanadigan EYK laming chastotasi: f=пn/60 p — chulg‘amning juft qutblari soni; n — rotorning aylanish chastotasi, ayl./min.
Qoizgiatish sistemasi va uning turlari. Ko'pchilik elektr mashinalari elektromagnit qo‘zg‘atishli bo‘lib, bunda qo‘zg‘atish magnit oqimi o‘zgarmas tok manbayiga ulangan rotor chulg'ami tomonidan hosil qilinadi. Qo‘zg‘atish chulg‘ami uchun o‘zgarmas tok manbayi sifatida maxsus qo‘zg‘atish sistemasi ishlatilib, unga bir necha muhim talablar qo yiladi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 1) sinxron generatorning har xil ish rejimlarida qo‘zg‘atish tokining ishonchli va turg'un rostlanishi; 2) yetarli darajadagi tezkorlik, buning uchun qo‘zg‘atishni jadallashtirish qo'llaniladi, ya’ni qo‘zg‘atish kuchlanishini Uqo.zN nominal qiymatidan mumkin bo’lgan maksimal l,8-r2,0 U qo.zN qiymatigacha qisqa muddatda (uning o ‘sish jadalligi sekundiga 1,5-2 U zN bo‘lishi) tezlik bilan oshirishni (bu tadbir avariya vaqtida va unga barham berishda sinxron generatorning turg‘un ishini ta’minlash uchun qcfllaniladi) ta’minlashi; 3) magnit maydonining tezda so’nishi, ya’ni mashina chulg‘amlaridagi kuchlanishi keskin oshmagan holda qo‘zg‘atish chulg‘ami tokining nolgacha kamayishi (magnit maydonini so‘ndirish zamrligi generatorni tarmoqdan ajratish va unda boiadigan avariya holatlarda paydo bo’ladi).
SG statorining har bir faza chulg‘amlariga qiymatlari simmetrik yuklama ulansa, chulg‘amlardan bir-biriga nisbatan 120° ga siljigan uch fazali toklar o‘tadi. Bu toklar statorda n,= n aylanish chastota bilan aylanadigan magnit maydonni hosil qiladi. Yuklama toki yakor magnit oqimi Fa ni hosil qiladi. Fa va qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi F0 bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas boiib, bu oqimlar birgalikda mashinaning natijaviy magnit oqimini hosil qiladi. Umuman, yuklama bilan ishlayotgan generatorda natijaviy magnit oqimi O nal qo‘zg‘atish chulg‘amining MYK F0 va yakorning MYK Fa lari ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. MYK F0 yuklamaga bog‘liq bo’lmaydi, O a esa yuklamaning qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Yuklamaning xarakteri deganda yakor MYK ning asosiy magnit oqimga qanday burchak ostida (T =0°; 0°< ^ +90°; 0°> ¥< —90°) ta’sir qilishini tushunish lozim. Shuning uchun ham generatorning natijaviy oqimi 0 not salt ishlash rejimidagi oqim 0 O dan farq qiladi.
Yakor MYK Fa ning asosiy magnit oqimi 0 O= 0 qoV ga ta’siri yakor reaksiyasi deyiladi. Sinxron mashinalarda yakor reaksiyasi yuklama qiymatiga va xarakteriga bog‘liqbo‘ladi. Quyida noayon va ayon qutbli sinxron mashinalar uchun yakor reaksiyasini ko‘rib chiqamiz.
Noayon qutbli sinxron generator magnit sistemasining to'yinishi hisobga olinmagan hoi uchun yakor reaksiyasi. Bunday SM da stator va rotor orasidagi havo oralig'ida stator aylanasi bo‘yicha bir xil bo’ladi. Shunday boMgani uchun mashinaning magnit zanjiri toyinmagan bo‘Isa, natijaviy magnit oqim 0 nal ni aniqlash ancha osonlashadi, ya’ni u 0 O va O magnit oqimlarining geometrik yig’indisiga teng bo’ladi: 0 ,= 0 ,,+ 0 .
Yakor reaksiyasining SM ish xossalariga ta’sirini EYK E0 va yakor toki la orasidagi siljish burchagi v)/ning har xil qiymatlarida ko‘rib chiqamiz. Burchakning qiymati yuklama qarshiliklari xarakteriga (aktiv, induktiv, sig’imiy yoki aralash boiishiga) bog’liq bo’ladi. Agar yuklama faqat aktiv qarshilikdan iborat bo‘lsa (\\i = 0), AX fazadagi tok o’zining maksimum qiymatiga, rotorning N va S 213 qutblarining o‘qi ko‘rilayotgan chulg'amning o‘rta paziga to ‘g‘ri kelganda erishadi. Bunda O a oqim AX fazaning o‘qi bilan mos tushadi yoki 0 oqimga nisbatan 90 el. gradusga orqada bo‘ladi. Elektr gradus ikki qutbli mashinalarda geometrik gradusga teng, p >2 bo‘lganda esa 1 geom. grad = p el. grad. bo‘ladj.
Xulosa
Sinxron generatorlarning tuzulishi uning ishlash pirinsipiga bog’liq ravishda o’zgaradi .Ayon qutbli sinxron generator magnit sistemasining to‘yinishi hisobga olinmagan hoi uchun yakor reaksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Ikki reaksiya usuli. Ayon qutbli mashinada stator va rotor orasidagi havo oralig’i har xil boMadi, bu oraliq qutb uchliklari chetida uning o’rtasiga nisbatan katta boMadi va qo‘shni qutblar oralig‘ida kattalashib ketadi. Shuning uchun yakor magnit oqimi O a faqat yakor MYK Fa ning qiymatiga emas, balki rotor qutblariga nisbatan MYK Fa ning tarqalish egri chizig‘i Fa = f(x) ning holatiga ham bog‘liq boMadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Беспалов В.Я., Котеленец Н.Ф. Электрические машины: учебное
пособие для студ. вузов. — М .: Издательский центр «Академия»,
2006. - 320 с.
2. БутД.А. Основы электромеханики: Учеб, пособие. — М .: И зд-
во М А И , 1996. - 468с.
3. Быстрицкий Г.Ф., Кудрин Б.И. Выбор и эксплуатация силовых
трансформаторов: Учеб, пособие для вузов. — М .: Издательский центр
«Академия», 2003. — 176 с.

Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling