Sinxron raqamli iyerarxiya (sdh)
Download 199.27 Kb.
|
Sinxron raqamli iyerarxiya (sdh)
1-rasm. ( Sinxron raqamli iyerarxiyaning raqamli uzatish tizimlari ) .
14.Sinxron raqamli iyerarxiya multipleksorlari. Sinxron raqamli multipleksorlar SDH tarmog‘ining yeng asosiy qurilmasi hisoblanadi. Multipleksor past tezlikli raqamli oqimlardan yuqori tezlikli raqamli oqimlarni yig‘ish (multipleksorlash) va yuqori tezlikli raqamli oqimlardan past tezlikli raqamli oqimlarni hosil qilish (demultipleksorlash) uchun mo‘ljallangan. SDH multipleksorlari (SMUX)ning oddiy PDH multipleksorlaridan farqi shuki, u o‘zining multipleksorlash funksiyasidan tashqari, ulanuvchi terminal qurilma funksiyasini ham bajaradi. SDH multipleksorlari universal va ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Birgina SDH multipleksorlari faqatgina multipleksorlashdan tashqari kommutatsiyalash, regeneratsiyalash va konsentratsiyalash imkonini ham beradi. Bu SDH multipleksorlarining turli modul konstruksiyaga yega yekanligi hisobiga amalga oshadi. SDH multipleksorlari ikki asosiy turga bo‘linadi: terminal multipleksorlar (TM) va kirish/chiqishli (ADM)multipleksorlar. Terminal multipleksor (TM)lar, PDH, SDH iyerarxiyasi triblariga mos keluvchi, ulanuvchi kanallarga yega bo‘lgan SDH tarmoqlarining oxirgi qurilmalari hisoblanadi (1.6-rasm). TM lar kanallarni kiritish, ya’ni liniya chiqishini trib interfeyslari kirishi bilan kommutatsiyalash yoki kanallarni chiqarish, ya’ni trib interfeyslari chiqishini liniya kirishi bilan kommutatsiyalashi mumkin, shuningdek birorta trib interfeysi chiqishi bilan lokal kommutatsiyalanishi ham mumkin. SDH multipleksorlarining yeng asosiy xususiyatlaridan biri ikkita optik liniya chiqishlariga 2.2-rasm. ( Sinxron multipleksor (SMUX); terminal multipleksor (ТМ) yoki kirirsh/chiqishli (ADM) multipleksor ). egaligidir (kirish va chiqish kanallari uchun). Bunday chiqishlar, 100% li zahirani ta’minlash uchun qo‘llaniladigan yoki ishonchlilikni oshirish maqsadida 1+1 sxemasi bo‘yicha himoyalanganlikni ta’minlovchi agregat chiqishlar deb ataladi. Shuningdek bunday chiqishlarni asosiy va zahira (liniya topologiyasi uchun) yoki shimol va janub (xalqasimon topologiya) chiqishlari deb atash ham mumkin. Kirish/chiqishli (ADM) multipleksorlari ham kirishda terminal multipleksorlar singari triblar to‘plamiga yega bo‘lishi mumkin. U, kanallarga mos holda kiritish va chiqarishni amalga oshiradi. 15. Sinxron raqamli iyerarxiya tarmoqlarining arxitekturasi. 1.10. SDH tarmoqlarining bazaviy topologiyalari SDH tarmoqlarini qurish bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, loyixalash jarayonida har bir bosqichda texnik talablardan yuzaga kelgan turli funksional masalalar, muammolar yechiladi. Bu masalalarga, tarmoqning tuzilishini tanlash, tanlab olingan tarmoqning tuzilishiga qarab, tarmoq tugunlaridagi qurilmalarini aniqlash, tarmoqni boshqarish va sinxronizatsiya masalalari kiradi. Agar asosiy standart topologiyalar ma’lum bo‘lsa, bu masalalarni juda oson yechish mumkin. Shuning uchun SDH tarmoqlarida qo‘llaniladigan bazaviy topologiyalar va ularning xususiyatlarini qarab chiqamiz. 1.10.1. “Nuqta – nuqta” topologiyasi Ikkita A va V tugunlarni bog‘lovchi tarmoq segmenti yoki “nuqta-nuqta” topologiyasi, SDHning bazaviy topologiyalari ichida yeng soddasidir. Bu topologiya terminal multipleksorlar (TM) yordamida optik agregatlarning chiqish va kirish liniyalari va kanallarini zaxirasiz va zaxira asosida qurish imkonini beradi. Agar yelektrik yoki optik agregatlarning chiqish yoki kirish kanalari ishdan chiqsa, yuz foizli 1+1 turidagi zaxirani qo‘llagan holda bir necha millisekund ichida avtomatik tarzda zaxira kanaliga ulanishi mumkin. 2.3-rasm.( ТМ asosidagi ”nuqta-nuqta” topologiyasi). Bu topologiya sodda bo‘lishidan qat’iy nazar, yuqori tezlikka yega bo‘lgan magistral liniyalarda keng miqyosda qo‘llaniladi (masalan, raqamli telefon trafikalariga xizmat ko‘rsatadigan okeanlararo magistral liniyalarida qo‘llanilishi mumkin). Shuningdek bu topologiya yuqori iyerarxiyadagi yangi SDH tezliklariga o‘tishda, sinov uchun ham qo‘llaniladi, (masalan, 622 Mbit/s (STM-4) dan 2.5 Gbit/s (STM-16) ga o‘tish uchun yoki 2.5 Gbit/s (STM-16) dan 10 Gbit/s (STM-64) ga o‘tishda). Xuddi shu topologiya radial xalqali topologiyaning bir qismi sifatida ham qo‘llaniladi va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasining asosini tashkil yetadi, boshqa tomondan zaxirali “nuqta-nuqta” topologiyasini yoyilgan “xalqa” topologiyasi deb qarash mumkin. 1.10.2. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi Bu topologiya tarmoqdagi trafiklarning faolligi yuqori bo‘lmaganda, tarmoqning bir necha joyida kirish va chiqish kanallarini tashkil qilish zarurati bo‘lganda multipleksorlarni qo‘llagandagi kabi, ajratuvchi/birlashtiruvchi nuqtalarda kirish/chiqishli multipleksorlarni qo‘llaganda ham foydalanish mumkin. Bu topologiyani, zaxiraga yega bo‘lmagan ketma-ket liniya zanjiri yoki 1+1 turidagi zaxiraga yega bo‘lgan murakkab ketma-ket liniya zanjiri ko‘rinishiga keltirish mumkin (1.10.-rasm). 1.10.-rasm. Download 199.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling