Sinxron raqamli iyerarxiyali (sdh) tolali optik aloqa tizimlari
SDH ni hosil qilishdan maqsad
Download 116.34 Kb.
|
Sinxron raqamli iyerarxiyali (sdh) tolali optik aloqa tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinxron raqamli iyerarxiya tizimlari tuzilish strukturasi Sinxron raqamli iyerarxiya (SRI) (SDH)da
SDH ni hosil qilishdan maqsad
SDH tizimlarini hosil qilishdan maqsad: Kirish oqimlarini yig‘masdan va ajratmasdan kiritish va chiqarish (masalan, E1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari oqimlar turli sinxronizatsiyalash chastotasiga ega); Har qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini marshrutlarini amalga oshirish uchun freymlarning yangi tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq manzili va marshruti aniqlangan bo‘lishi lozim); Bir qator uzatish tezliklarini tizimlashtirish va PDH chegarasida davom ettirish (PDHda har birining standart tezligi 64 kbit/s ga teng bo‘lgan, 3 ta: Amerika, Yaponiya, Yevropa iyerarxiyasi mavjud edi. Optik tolaga o‘tgandan keyin barcha tizimlar birlashtirildi va barcha triblar STM-1 deb ataldi). SDH tizimining 1- sathida : STM-1, 2- sathida: STM-4 = STM-1 * 4 3- sathida: STM-16 = STM-4 * 4 4- sathida: STM-64 = STM-16 * 4 SDH tizimlarini vujudga keltirish orqali barcha berilgan triblarni (komponent signallarni), har qanday SDH tizimlariga o‘tishda Amerika, Yaponiya, Yevropa standartlariga birlashtirishni (E1 ….. EN) qarab chiqadi. Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” texnologiyasini qo‘llash. SDH tizimlarini qayta ishlashdan oldin optik muhitda uzatishniqo‘llash belgilangan va SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng (barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi). Sinxron raqamli iyerarxiya tizimlari tuzilish strukturasi Sinxron raqamli iyerarxiya (SRI) (SDH)da liniyali signallari besh bosqichga ega sinxron raqamli multipleksorlarda (STM) – (Synchronous Digital Multiplexer) shakllanadi. Ma’lumotni raqamli trakt orqali yuboruvchi bunday bloklar sinxron transport modullari – STM (Synchronous Transport Module) deyiladi. Multipleksorlar yordamida shakllanadigan transport modullari besh bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich – STM-1 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 155 Mbit/s). bunday tezlik 2 Mbit/s tezlikdagi 63 ta raqamli signallar oqimini uzatishni ta’minlaydi. Tovush chastotali kanallarning soni esa 63x30=1890 ta tovush chastotali kanallarga teng bo‘ladi. (Ikki megabitli oqimni ikkita xizmat kanallari, asosan, hisobga olinmaydi); Ikkinchi bosqich – STM-4 (sinxron raqamli opik liniya traktida uzatish tezligi 622 Mbit/s). Bunday tezlik 4 ta STM-1 transport modullarini 155 Mbit/s tezlikda uzatishni ta’minlaydi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x4=7560 tovush chastotali kanal. Uchinchi bosqich – STM-16 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 2488 Mbit/s). Bu 4 ta 622 Mbit/s tezlikdagi STM-4 transport modullarini birlashmasidir. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x16=30240 tovush chastotali kanal. To‘rtinchi bosqich – STM-64 (sinxron raqamli optik liniya traktidagi uzatish tezligi 9952 Mbit/s). 4 ta STM-16 transport modullarining birlashmasi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x64=120960 tovush chastotali kanal. Beshinchi bosqich – STM-256 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 39808 Mbit/s). 4 ta STM-64 transport modullarining birlashmasi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890x256=483840 tovush chastotali kanal. 5.1- rasmda sinxron raqamli signallar oqimining tarkibiy tuzilishi ko‘rsatilgan. Raqamli oqimlarning tarkibiy tuzilishi Download 116.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling