Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Download 97.74 Kb.
bet18/26
Sana19.06.2023
Hajmi97.74 Kb.
#1625354
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
feruzbek

Kamtukli halqalilar (Oligo chaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. Uz. bir mm ning bir necha ulushidan 2,5 m gacha. Halqalari soni 5—7 dan 600 gacha. Parapodiy va paypaslagichlari yoʻq. Tuklari koʻp tuklilarga nisbatan kam sonli (nomi shundan olingan), 2 toʻpdan tanasining ikki yonida joylashgan. Sezgi organlari odatda boʻlmaydi, faqat suvda yashovchi ayrim turlarida yorugʻlik sezuvchi koʻzchalar bor. 25—27 oilasi (yomgʻir chuvalchanglar, namdidalar, nayyasarlar, qisqichbaqa zuluklar va b.), 5 mingga yaqin turi bor.
Koʻpchiligi tuproq va chuchuk suvda, 200 ga yaqin turi dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, detrifaglar, bir necha turlari yirtqich, parazit (qisqichbaqa zuluklar) yoki kommensal. Germafrodit, jinsiy bezlari tanasi oldingi qismidagi bir necha boʻgʻimlarida joylashgan. Tuxumlari pilla ichida urugʻlanadi. Pilla belbogʻi ishlab chiqaradigan suyuqligidan hosil boʻladi. Baʼzan tuxumlari urugʻlanmasdan partenogenez usulda koʻpayadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Ayrim turlari koʻndalangiga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Tuproqda yashovchi K.h. gumus hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi; tuproq strukturasini yaxshilab, uningunumorligini oshiradi. Suv K. h. baʼzan bentosning asosiy qismini tashkil etadi; ifloslangan suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi; baliqlar uchun oziq boʻladi
29.Onixoforalarqanday ko`payadi(tirik to`g`ib yoki, tuxum qo`yib ko`payadi)?


Onixoforalar (Onychophora), birlamchi traxeyalar (Protracheata) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan (13 tadan 43 tagacha), qurtga oʻxshash, uz. 15 sm gacha, yupqa kutikula bilan qoplangan. Boʻgʻimlarida 1 juftdan kalta, xitin tirnoqli sodda tuzilgan oyoqlari bor. Boshi gavdasidan aniq ajralmagan, unda ogʻzi, 1 juft uzun moʻylovlari, ular orasida 1 juft koʻzlari joylashgan. Gavda boʻshligʻi aralash, bosh miyasi 3 boʻlimdan iborat, qorin nerv stvoli 2 ta. Nafas olish organlari — kuchsiz rivojlangan traxeya naychalari. Qon aylanish sistemasi tutash emas, hazm qilish sistemasi nayga oʻxshash. Ayirish organlari oyoklari asosiga ochiladigan naychalardan iborat. Ayrim jinsli, koʻpchiligi tirik tugʻadi. 1 ta sinfi — onixoforalar, 70 ta turi bor. Janubiy yarim sharning tropik va moʻʼtadil iqlimli oʻrmonlar toʻshalmasida yashaydi. Yirtqich, ogʻiz soʻrgʻichlari aj-ratib chiqaradigan yopishqoq shilimshiq modda yordamida oʻlja tutadi. Ilgari O.ga halqali chuvalchanglar bilan boʻgʻimoyoklilarni bogʻlab turadigan oraliq formalar sifatida qaralgan. Hozir ular halqali chuvalchanglardan ajralib chiqqan hayvonlarning mustaqil tipi hisoblanadi. 

Download 97.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling