27.molluskalar tipi nechta kenja tipga bo`linadi (yonbosh nervlilar va chig`anoqlilar)?
Yon nervlilar (Amphineura) - tuban mollyuskalar kenja tipi. Chigʻanogʻi oʻzaro harakatchan birikkan 8 ta plastinkadan iborat yoki boʻlmaydi. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va undan ketadigan ikki juft boʻylama nerv poyalari, jumladan ikkitasi plevrovitseral nervlar tana boʻylab jabra (galsama) egatchalari ustida, ikkitasi (pedal) nervlar oyogʻi ustida joylashgan. Yo. n. sovutlilar va egat qorinlilar sinflariga boʻlinadi. Yo. n. orasida xitonlar dengizlarning sohilga yaqin joylarida keng tarqalgan. Xitonlar yassi oyoklari yordamida toshlarga yopishib hayot kechiradi. Egat qorinlilar sinfiga dengiz tubida yashovchi chuvalchangsimon, sodda tuzilgan yirtqich mollyuskalar kiradi. Tanasining uz. 30 sm ga yetadi. Yon nervli mollyuskalardan Neomenia va Chaetoderma urugʻlari keng tarqalgan
CHIG’ANOQLILAR, ostrakodalar (Ostracoda) — qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub umurtqasiz hayvonlarning kenja sinfi. 2000 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi (0,2—23 millimetr) ohak bilan to’yingan ikki tavaqali chig’anoq ichiga joylashgan. 3 juft oyog’i bor. Ko’pchilik Chig’anoqlilarda bitta oddiy, ba’zilarida bir juft murakkab (fasetkali) ko’zlari bo’ladi. Dengiz va chuchuk suvlar tubida yashaydi. Ovlanadigan baliklar uchun oziq. Qazilma Chig’anoqlilar Kembriy davri yotqiziqlaridan topilgan bo’lib, neft va gaz konlarini izlab topishda muhim omil hisoblanadi, stratigrafiyada ham katta ahamiyatga ega.
28.Annelidalar tipi belbog`lilar kenja tipiga qaysi chuvalchanglar kiradi (kam tuklilar va zuluklar)
Halqali chuvalchanglar (AppePya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi maʼlum. Gavdasi bir necha mm dan 3 m gacha (tro-pik yomgʻir chuvalchangi). Segment (hal-qa)larga boʻlingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli oʻsimta — parapodiyalar bor.Qon aylanish sistemasi birinchi boʻlib halqali chuvalchanlarda rivojlangan hisoblanadi. Qon oʻtkazish sistemasi yopiq. Teri, baʼzilari jabra orqali nafas oladi.Terisi shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlardan iborat. Chiqarish organi nefridiyalardan iborat. Bosh miya, halqum osti gangliyasi va qorin nerv zanjirlari nerv sistemasini tashkil etadi. Ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Ger-mafroditizm). 4 sinfi: koʻp tukli chuvalchanglar, kamtukli halqalilar, zuluklar va exiuridlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |