Sir emaski, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda
Download 16.14 Kb.
|
Kirish
Kirish Sir emaski, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 mayida PQ-2936-son O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasi tubdan o‘zgartirildi va yangi vazifalar qo‘yildi. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari qo‘shimcha shtat birliklari bilan kengaytirildi. Natijada, 11 ta hududda “O‘zshaharsozlik” va Samarqand shahrida “Toshkentboshplan” loyiha instituti filiallari, shuningdek, 13 ta hududda 26 ta yetakchi loyiha tashkiloti ochildi. Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari hamda 14 ta qurilish kasb-hunar kolleji qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi. Yillar davomida yig‘ilib qolgan ushbu muammolar va yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarni bartaraf etish maqsadida davlat rahbari farmoni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5392-son farmoniga muvofiq Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Qurilish vazirligi tashkil etildi. Vazirlikning asosiy vazifalari etib - shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish; shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash (va boshqa qator yo‘nalishlar) belgilandi. Shu o‘rinda bir jihat e’tiborni tortadi. Keyingi yillarda xorijiy kompaniyalarning qurilishning xamirturishi hisoblangan sementga bo‘lgan taklifi ortib boryapti. Ayni kezda yurtimizda ham mazkur mahsulotni ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishga ixtisoslashgan 29 ta korxona bo‘lib, ularning yillik quvvati yil oxiriga borib 20 million tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. Tez orada yana 10 dan ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2020-2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan investitsiya loyihalari ishga tushiriladi. Buning natijasida umumiy quvvati 3 million tonna bo‘lgan Qorao‘zak tumanidagi "Qarataw Cement Plant" va Beruniy tumanida joylashgan "Caris Karakalpak cement" MChJ XKlaridir. E’tiborli jihati shundaki, yangi sement zavodlari energiya tejamkor, muqobil energiya manbaida ham ishlaydigan, ekologiyaga ta’siri kam bo‘lgan texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Korxonalarda “raqamli texnologiyalar”ni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasida oshirildi. Qurilish materiallari sohasida yangi yo‘nalishlar rivojlantirilib, bunga xorijiy investorlar keng jalb qilindi. Yetakchi xorijiy davlatlar qurilish sohasining rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish va innovatsiyani jalb qilish o‘z samarasini bera boshladi. Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, joriy yilda mamlakatimizda shu kungacha ishlab chiqarilmagan: gazobeton bloklari, gulqog‘oz, keramogranit, quyma pol, 600 markali sement, geosetka, penoblok, shisha kristallit, kompozit va DSP ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yurtimizning drayver sohalaridan biri bo‘lgan sanoat qurilish mahsulotlari sohasining bugungi kundagi tendensiyalari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham katta. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar va rivojlanishlar jarayonlarini izchil taraqqiy ettira borish bugungi kun va yaqin kelajakdagi eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Download 16.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling