Сирдарё вилояти Мирзаобод тумани


Download 78.93 Kb.
bet8/24
Sana30.04.2023
Hajmi78.93 Kb.
#1404690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
18-мактаб ЖШ китоби 2023-2025 (2)

V. MEHNATGA HAQ TO’LASH.
KAFOLATLI TO’LOVLAR VA KOMPENSATSIYa TO’LOVLARI

  1. Pedagoglar va xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli hamda 2019 yil  30 sentyabrdagi 823-sonli qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

  2. Ish haqini to’lash muddatlari (MK. 253-modda):

birinchi yarim oy uchun - joriy oyning o’n beshinchi sanasigacha;
ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning o’ninchi sanasigacha;
Haq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to’g’ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to’lanadi

  1. Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o’tkazib beriladi, bunday o’tkazma miqdori ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.

  2. Xodimga haq to’lash mazkur Shartnomada belgilangan muddatlarga nisbatan xizmat ko’rsatuvchi bankning aybi bilan kechiktirilganda - Ish beruvchi bank rahbariyatiga jarima undirish to’g’risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to’lashni tartibga solishga yo’naltirishni o’z zimmasiga oladi.

  3. Maktabda eng past lavozimdagi xodimlarning Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasining 1-razryadi (tarif koeffitsienti - kamida 1,000) bo’yicha tarifikatsiya qilinishi ta’minlanadi.

  4. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-sonli qaroriga 2-ilovasiga asosan Pedagoglarga olis hududlarga borib ishlagani uchun 50 foizgacha ustama beriladi. Olis hududlarda joylashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib quyidagi maxsus ustamalar miqdorlari belgilanadi:

6 oydan — 3 yilgacha 10 foiz;
3 yildan — 5 yilgacha 20 foiz
5 yildan — 10 yilgacha 30 foiz
10 yildan — 15 yilgacha 40 foiz
15 yildan ortiq 50 foiz.


  1. Download 78.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling