Сирдарё вилояти Мирзаобод тумани
Download 78.93 Kb.
|
18-мактаб ЖШ китоби 2023-2025 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XOVOS TUMAN 18-UMUMIY ORTA TALIM MAKTABI JAMOASI UMUMIY YIGILISHI QARORI
XOVOS TUMAN 18-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI JAMOASI UMUMIY YIG'ILISHI QARORI 2023 yil 10-aprel 2-sonli Binokor MFY O'zbekiston Respublika Mehnat kodeksining 38-40 moddalariga muvofiq, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash va mehnat jamoasining umumiy yig'ilishida muhokama qilish belgilangan. 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi kasaba uyushmasi qo'mitasining tashabbusiga binoan 2022 yil dekabr oyidan 2023 yil mart oyigacha maktab ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo'mitasi o'rtasida xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyasiga qaratilgan jamoa shartnomasi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlash jarayoni komissiya tomonidan Qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlar, Xalqaro mehnat tashkiloti Konventsiyalari, tarmoq kelishuvlari me'yorlari hamda xodimlarning taklif va mulohazalari inobatga olindi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mehnat jamoasining umumiy yig'ilishi qaror qiladi: 1. 2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori N.Ergashyeva va kasaba uyushma qo'mitasi raisi N.Musayevalarning hisoboti ma'lumot uchun qabul qilinsin.(ilova qilinadi). 2. 2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo'yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin.(dalolatnoma ilova qilinadi). 3. 2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin. 4. 2023-2025 yillarga mo'ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xovos tuman bo’linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin. 5. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo'yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2023-2025 yillarga mo'ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi maqullansin. 6. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga: - 2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish; - jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish; - jamoa shartnomasini barcha bandlarini o'z vaqtida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish; - jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko'rib chiqish; - XMT O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konventsiyalari, Mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo'nimliligini ta'minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o'rnatish; - Jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig'ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin. 7. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maktab direktori N.Ergashyeva hamda kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi N.Musayevalar zimmalariga yuklatilsin. Maktab direktori Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi __________N.Ergashyeva __________N.Musayeva Download 78.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling