27
5-“A va 5-“B” sinflar o`rtasida “Qalban shoir bo`lmagan odam haqiqiy
matematik bo`la olmaydi” deb nomlangan “O`yla, izla, top!” yoki ”7X7”
musobaqasi
Ssenariysi
Boshlovchi:
Matematika
fani yuksalmoqda kun sayin
Bo’limlari xilma-xil, qaysi birin aytayin.
Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on,
Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.
Assalomu-alaykum aziz ustozlar, hurmatli o`quvchilar va
musobaqa
qatnashchilari matematika va informatika fan oyligi doirasida 5-“A va 5-“B”
sinflar o`rtasida “Qalban shoir bo`lmagan odam haqiqiy matematik bo`la olmaydi”
deb nomlangan “O`yla, izla, top!” yoki ”7X7” musobaqasiga xush kelibsiz.
Matematika bu fanlar otasi,
Fizika , kimyo unga egizak.
Al Xorazmiy, Koshiylar xissasi,
Fanlarning ko`ksida zarrin bir bezak.
Qunt bilan o`rganib bu buyuk fanni,
Shon-shuhratga o`rang ona Vatanni.
Donolar donosi bo`lgay agar kim,
Fanga bag`ishlasa jon birla tanni.
Bugungi bellashuvimizda 5-“A sinfning Al Koshiy va 5-“B”
sinfning Al
Xorazmiy guruhlari quyidagi shartlar bo`yicha bellashadilar.
MUSOBAQA SHARTLARI
Asosiy shartlar
1. Allomalar saltanati
2.
Xotira mashqi
3. Aql charxi
4.
Zukkolar boshqotirmasi
5. Bilimdonlik sinovi
6.
Har sohadan bir shingil
7. Tafakkur dirdonasi
Qo`shimcha shartlar
1.
Rasmni izohla
2. Matematik topishmoq
3. She’r muallifini top
4.
Atamalar aytishuvi
5. She’rxonlik
6. O`rniga qo`y
7. Kub terish
28
Matematikada
yangilik ochgan,
Ilmini va bilmini nur qilib sochgan.
Al Koshiyning nomin olamiz tilga ,
Axir g`oyat buyuk xizmati elga.
Bugun yig`ilishib bunda biz yana,
Uni esga oldik qildik tantana.
Hatto nomingiz suyib e’zoz qilamiz,
Tabarrukligingiz doim bilamiz.
Davraga 5-“A sinfning Al Koshiy guruhini taklif qilamiz ( Guruh sardori guruh
a’zolari bilan tanishtiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: