Sirdaryo viloyati tarixi
yilning birinchi yarmida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari
Download 98.73 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2015 yil yanvar-iyun 2014 yil yanvar-iyuniga nisbatan o‘sish sur’ati
- Sirdaryo viloyati tabiati
2013 yilning birinchi yarmida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari
(2012 yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida) Ko'rsatkichlar O'sish sur'atlari Yalpi ichki mahsulot 108,1 Sanoat mahsulotlari hajmi 105,7 Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish 110,0 Qishloq xo'jaligi mahsulotlari 106,8 Qurilish ishlari 112,3 Chakana savdo aylanmasi 116,2 Pullik xizmatlar 115,4 Jami xizmatlar 115,1 Sanoat 2015 yilning yanvar-iyun oylarida sanoat mahsuloti hajmi 1135968,2 mln. so'm yoki 2014 yilning yanvar-iyuniga nisbatan o'sish sur'ati 100,9 foizni tashkil etdi. 2015 yilning yanvar-iyun oylari davomida 327099,2 mln.so'mlik iste'mol to-varlari ishlab chiqarilib, 2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o'sish sur'ati 108,2 foizni tashkil etdi. Jumladan, 175421,4 mln.so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 151677,8 mln.so'mlik nooziq-ovqat mollari (o'tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 110,4 foiz va 105,8 foiz) ishlab chiqarildi. 2015 yil yanvar-iyunida sanoat tarmoqlari bo'yicha mahsulot hamda iste'mol tovarlari ishlab chiqarilishi quyidagicha ifodalanadi:
Tarmoqlar bo‘yicha sanoat mahsulotini ishlab chiqarish tarkibi quyida keltirilgan: (yirik korxonalar bo‘yicha)
Sirdaryo viloyati tabiati Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, janubidan shim.gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shimubida 230 m, markaziy qismida 400–450 m, jan. va jan.gʻarbda 600–650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Shoʻroʻzak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil boʻlgan, baʼzi joylarini koʻl, botqoq va shoʻrxok yerlar egallagan. Sirdaryo viloyatida yangi kanallar, zovurlar qazilib, choʻl oʻzlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bogʻ va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat. Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha temperaturasi 14°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —6°, janubida —2°. Qishda havo tez soviydi va tra —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27—29°. Yozda tra 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180–220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyabrdan martgacha teztez esib turadigan "Bekobod shamoli" tezligi 20–25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproqlari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5–6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va boshqa bor. Ma'lumki, yurtimizda 2018-yilda tashqi siyosat va iqtisodiyot sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi va bir qator xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, xorijiy davlatlarning hukumat va tashkilot rahbarlari hamda investorlari bilan bir qator uchrashuvlar va biznes forumlar o‘tkazildi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo hamkorlik birinchi Forumi, Chimkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari hududlararo hamkorlik birinchi Forumi shular jumlasidandir. Bugungi forumda Sirdaryo viloyatining investitsion salohiyati va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Jahon banki mutaxassislari o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqib, viloyatni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar yuzasidan tahlil va takliflarini bildirdilar. Shuni ta'kidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda Sirdaryo viloyati bilan xorijiy kompaniyalar hamda xorijiy moliya institutlari o‘rtasida hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Shu jumladan, Jahon banki bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari viloyatning strategik qatlamlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda Sirdaryo viloyati aholisining ijtimoiy holatini yaxshilash, ayniqsa ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari ancha salmoqlidir. Bugungi kunda, Jahon bankining 2011-2019-yillarga mo‘ljallangan 88 mln. AQSH dollari miqdoridagi Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlarining markazlari va qishloq fuqarolar yig‘inlarini ichimlik suvini yaxshilash loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha asosida 2019-yilda 12,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2017-2021-yillarda Islom Taraqqiyot bankining 57,5 mln. AQSH dollarlik mablag‘lari hisobiga Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimini ta'mirlash va kengaytirish loyihasi amalga oshirilib, 2019-yilda 6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, viloyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ham hajmi ko‘payib, xorijiy investorlarning hududga bo‘lgan qiziqishlari oshib bormoqda. Download 98.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling