Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba


Download 0.67 Mb.
bet1/3
Sana15.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1679072
  1   2   3
Bog'liq
GulDU Konferensiya ma\'lumoti



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVALAT UNIVERSITETI
SIRDARYO VILOYATINI INNOVATSION HUDUDGA AYLANTIRISH: MUAMMO, YECHIM VA XALQARO TAJRIBA” mavzusida xalqaro forsayt usulida anjuman
AXBOROT XATI


2023-yil 26-27-sentabr kunlari
Guliston davlat universiteti tomonidan
“SIRDARYO VILOYATINI INNOVATSION HUDUDGA AYLANTIRISH: MUAMMO, YECHIM VA XALQARO TAJRIBA” mavzusida xalqaro forsayt usulida anjuman oʼtkaziladi

Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʼqituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalari, shuningdek, tadbirkorlar ishtirok etish uchun taklif etiladi


ANJUMAN ILMIY YOʻNALISHLARI:

1. Sirdaryo viloyatini investitsion jozibadorligini oshirishning asosiy yoʼnalishlari va innovatsion vositalar hamda imkoniyatlaridan foydalanish;

2. Sirdaryo viloyatida mehnat resurslari va mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlari;
3. Viloyatda ishlab chiqarish va fan integratsiyasini yanada rivojlantirish;
4. Viloyatda qulay tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash uchun zarur iqtisodiy chora-tadbirlar.

Anjumanga taqdim etiladigan materiallarga talablar:


Taqdim etiladigan materiallar anjuman ilmiy yoʼnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy amaliy tavsiyalarni oʼz ichiga qamrab olgan, imloviy xatolarsiz tahrir qilingan, muallif anketasi toʼldirilgan holda taqdim etilishi lozim.
Materiallar oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Taqdim etilayotgan tezis va maqolalar hajmi 3-6 betgacha boʻlishi mumkin.
Talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Tashkiliy qoʻmita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling