Sirk tomoshalari


Download 32.11 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi32.11 Kb.
#1081358
Bog'liq
Sirk tomoshalari-fayllar.org


Sirk tomoshalari

SIRK TOMOSHALARI


Mavzu rejasi:
1.Sirk haqida umumiy tushuncha.
2.Sirk -ko'ngilochar tomoshalar tashkil etiladigan ajoyib san'at turidir.
3.O'zbekiston sirki tarixi.
Sirk (lot. circus - "aylana", "xalqa") tomosha sanʼatining bir turidir. Sirk koʻp hollarda yumaloq arena va baland gumbazli binoda joylashadi (koʻchib yuruvchi sirklar shunday chodirlar tiklashadi). Sirkda koʻzboylogʻichlik, akrobatika, masxarabozlik, qoʻlga oʻrgatilgan hayvonlar bilan tomoshalar va hk koʻrsatiladi. Sirk (lot. circus — doira, aylana) — sanʼat turi. Akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm, ot oʻyinlari, dorbozlik, hayvon oʻrgatish kabi janrlarni oʻz ichiga oladi. Sirk artisti aql bovar qilmaydigan oʻyinlar koʻrsatib, insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning akli, epchilligi, jasurligi, kuch-qudratini uluglaydi va S.ning oʻziga xos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obrazini yaratadi. Bu obraz — tryuklar, yaʼni mohirlik va epchillik bilan bajariladigan harakatlar yordamida ochiladi, artistning boshqa ifoda vositalari — aktyorlik mahorati, plastikasi, imo-ishorasidir. Har bir sirk tomoshasi — sirk sanʼatining mukammal badiiy asari. Turli janrdagi bir necha tomoshalardan sirk dasturlari tuziladi.
Sirk sintetik sanʼat boʻlib, teatr, xoreografiya, vokal, rassomlik, kino elementlaridan foydalanadi. Insonparvarlik, baynalmilallik gʻoyalarini targʻib etib, xalqchilligi, ommaviyligi, demokratik yoʻnalishi bilan ajralib turadi. Sirk qadimdan maʼlum boʻlib, odamlarning mexnat jarayoni, urf-odatlari, tomoshalari, harbiy va sport mashklaridan yuzaga kelgan. Xalq sayillarida namoyish etiladigan may-don tomoshalari va teatrlashtirilgan sport musobaqalari takomillasha bo-rib, sanʼat turiga aylangan. S.ning alohida janrlari Qad. Misr, Rim, Yunoniston, Xitoy va boshqa
mamlakatlarda mil. av. 1-ming yillikdan boshlab rivojlangan. Kds. Rimda mil. av. 6-asrdan boshlab, ellips shaklidagi otchoparlarda oʻtkaziladigan chavandozlik musobaqalarida akrobatlar, dorbozlar, jonglyorlar, gladiatorlar, hayvon oʻrgatuv-chilar va boshqa oʻz tomoshalarini namoyish etishgan. Kds. Xitoyda (mil. av. 3—2-asrlar) akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, illyuzionizmning oʻziga xos oʻyinlari keng tarqalib, ular anʼanaviy teatr tomoshalari bilan uygʻunlashib ketgan. Qad. Armaniston va Gruziya amfiteatrlarida goh teatr, goh sirk tomoshalari koʻrsatilgan. Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi (1037) devorlarida sozanda, polvon, muallaqchi, ot ustida mashq kilayotgan chavandozlar aks ettirilgani bu yerlarda sirk tomoshalari koʻrsatilganidan dalolat beradi. Urta ayerlarda S. ning rivojlanishida xalq sayyor artistlari alohida rol oʻynagan. 12-asrdan boshlab, avval Italiyada, soʻng Yevropaning boshqa mamlakatlarida maxsus ot minish maktablari ochildi va bu yerda dastlabki sirk chavandozlari taʼlim oldi. 1770 y. F. Astley Londonda chavandozlik maktabini ochadi, 1780 y. esa alohida amfiteatr qurib, oʻrgatilgan otlar ish-tirokida tomoshalar koʻrsata boshladi. Bu tomoshalarda hayvon oʻrgatuvchilar, klounlar, dorbozlar katnashadilar hamda tarixiy mavzudagi teatrlashtirilgan sahnalarda rollar ijro etishgan. F. Astley amfiteatri jahonda birinchi statsionar sirk hisoblanadi. 1807 y. A. Franko Parijda "Olimpiya sirki"ni ochdi va shu yildan boshlab "sirk" atamasi keng ishlatila bosh-landi. 19-asrning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida hamda Shim. Amerikada S. keng rivojlandi. Yirik shaharlarda yirik sirk binolari qad koʻtardi: Moskvada K.Ginne (1866) va A.Salamonskiy (1880), Berlinda G.Shuman (1868), Peterburgda G. Chinizelli (1877), Bryusselda E.Vulf (1892) sirklari va boshqa 1873 y. tadbirkor T. Barnum AQShda mahobatli koʻchma sirk qurib, tomoshalar bir vaqtning oʻzida 3 ta manejda namoyish qilingan. 19-asrning oxiriga borib,hozirgi tushunchamizdagi koʻp janrli sirk dasturlari shakllandi.Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻzbekistan hududida qadimdan maʼ-lum boʻlgan. Afrosiyob, Parfiya, Xolchayon, Panjikent, Xorazmda mil. av. 3-asr — mil. 2-asrga oid qazish ishlari jarayonida topilgan bir qator tasviriy sanʼat asarlari va polvon, muallaqchi, masxarabozlarning
haykalchalari, oʻrta asrlarga oid adabiy manbalar bu yerda sirk tomoshalarining keng tarqalganligini koʻrsatadi. Baʼzi man-balar Amir Temur saroyida dorbozlar, polvonlar, muallaqchilar hamda oʻrgatilgan fillar va otlar tomoshasi koʻrsatilganini tasdiqdaydi.Asrlar mobaynida oʻzbek sirki maydon tomosha sanʼati sifatida rivojlanib kelgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida dorbozlar, simbozlar, chigʻirikchilar, "besuyak" muallaqchilar, hayvon oʻrgatuvchilar, nayrangbozlar, yogʻochoyoq va boshqa anʼanaviy sirk janrlari oʻyinchilari tomosha koʻrsatganlar. 18—19-asrlar oʻzbek sirki artistlari qoʻshni mamlakatlar — Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Rossiya shaharlarida oʻz sanʼatini namoyish etganlar. 19-asrning oxirlarida Turkiston oʻlkasiga Yevropa uslubidagi bir kagor sirk guruhlari gastrolga kelishgan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Angliya, Rossiya, Polsha artistlari mahalliy aholini jahon S. bilan tanishtirdi. Koʻp yillar mobaynida F. Yupatov, V.Jigalov, M. va S.Baranskiylar, A.Kozirkov, A.Borgi, R.Kapito, V.Sur, A.Makarov, M.Visokinskiy, Ye.Gamkrelidze va boshqa sirk tadbirkorlari Toshkent, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Urganch kabi shaharlarda sirk tomoshalarini uyushtirishgan. Yevropa sirki taʼsirida tarqoq holda faoliyat yuritayotgan oʻzbek sirki artistlari orasida guruhlarga uyushish kuchaydi. Natijada 20-asr boshida Baratboy, Mullaboy Mansurov (Mullaboy Mansurov sirki), Latofat Sarimsoqova, Rahmon Abduxalilovlar rahbarligidagi dastlabki milliy professional sirk jamoalari tashkil boʻldi. Ularning repertuari, asosan, anʼnaviy uyinlardan iborat boʻlib, ayrim hollarda Yevropa tomoshalarini ham oʻz ichiga olgan. 1920— 30- yillarda Oʻzbekistonda davlat sirklari bilan bir qatorda xususiy sirklar ham faoliyat koʻrsatgan. 1942 yilda Toshkentda birinchi milliy jamoa tashkil etildi. Badiiy rahbari Toshkanboy Egamberdiyev, sahnalashtiruvchi rejisyorlar Xoʻjayev va N.Baykalov, baletmeyster Ali Ardobus, rassom Sh. Shorahmedov, kompozitor M.Niyozov boʻlgan. Uch qismdan iborat teatrlashti-rilgan sirk tomoshasida yetakchi artistlar bilan bir qatorda, anʼanaviy sirk oʻyinchilari xam qatnashgan. 1950—80 yillar oʻzbek sirki jamoasi milliy ruhda ishlangan dasturi bilan koʻpgina mamlakatlarda gastrolda boʻldi. 1950 yildan Toshkentda "Sahnadagi sirk" koʻchma
korxonalar Direksiyasi ish boshladi. 20-asrda oʻzbek sirkining rivojlanishiga Toshkanboyevlar, Zarifovlar sulolasi, Xoʻjayevlar, Madaliyevlar sulolasi, Akrom Yusupov, T.I.Zastavnikov, P.A.Borovikov, X.Musin, Qodir-Gʻulom (V.K. Yanushevskiy), Rahmonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.Mustaqillik davrida oʻzbek sirki xalqaro sirk maydoniga chiqib, munosib urin egalladi. Uning repertuari birmuncha kengayib, zamonaviy tomoshabinlar talabiga mos yangi sirk tomoshalari bilan boyidi. Milliy ruhda sahnalashtirilgan, anʼanaviy va zamonaviy tomoshalar 20 ga yaqin mamlakatlarda namoyish etildi. Nufuzli xalqaro festival va kurik-tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashdi.
1991 yildan "Oʻzbekdavlatsirk" Respublika birlashmasi faoliyat kursaOʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini investorlarga berish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida 500-700 oʻringa moʻljallangan sirklar tashkil etiladi.Qaror bilan, 2019-2020 yillarda oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat sirki” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.Mazkur reja quyidagilarni nazarda tutadi:
2020 yilgacha sirk tomoshalari sonini kamida 500 tagacha, 2022 yilgacha esa 1000 tagacha yetkazish;2019 yil oxirigacha sirk zalining tomoshabinlar bilan toʻlish darajasini kamida 60 foizga va 2022 yilga borib 75 foizga yetkazish;
Fransiyaning “Cirque du Soliel”,
Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki,
Rossiyaning “Moskva sirki”, “Moskva katta sirki”larining gastrollarini respublikamizda tashkil etish.Endilikda Monte-Karlo va Budapesht xalqaro sirk festivallarida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan “Oʻzbek davlat sirki” ijodiy jamoasining har bir aʼzosi eng kam oylik ish haqining tegishlicha 100, 80 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.“Oʻzbek davlat sirki”ga investorlarni jalb etish maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi” tashkil etiladi.2021 yildan Toshkent shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro sirk sanʼati festivali oʻtkaziladi.2019 yil 1 iyungacha Mehnat kodeksiga 14 yoshga toʻlmagan shaxslarning sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlashi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.2019 yilda oʻzbek sirkiga 105 yil toʻlishi munosabati bilan “Oʻzbek davlat sirki” nomli kitob-albom nashr etiladi.
Sirk so’zi "Circus" ("dumaloq") so’zidan kelib chiqib, qadimgi Rim Kolizeyi davridan tortib to hozirgi davrgacha bo'lgan an'anaviy shakldagi sirk arenasini belgilab beradi:
1. "Circus" so'zini ba'zan Odisseyning sheriklarini cho'chqalarga aylantirgan Gomer asarlaridagi Sirsea nomi bilan mashhur sehrgar bilan bog'liq. Bu faraz shunchalik jozibadorki, lotin tilidagi "circenses" so'zi qadimgi Rim sirkidagi o'yinlarni anglatgan va Sirseya mo'jizalari ham o’ziga xos sirk tomoshalarining bir turi bo'lgan.
2. Sirk faqat Yevropaga tegishli tushuncha emas. Uni butun dunyo xalqlari orasida uchratish mumkin. Tenochtitlanda ispaniyalik konkistador Hernan Kortes Montezumadagi Aztek hukmdori shaxsiy sirki - yirtqich hayvonlarning muzeyini topdi. Dunyoning boshqa tomonida Marko Polo esa buyuk xon taxtining etagida saroydagi bayramlar paytida ulkan qo’lga o’rgatilgan sherning hammaga ta’zim qilishi bilan zavqlanardi.
3. Dunyo hukmdorlari saroylarida Mo'g'ul Xoni Xubilaydan Ispaniyalik Podshoh Alfons X ga qadar, muntazam
ravishda munajjimlar va jodugarlarni, hazilkash va akrobatlarni tutishgan, qo’lga o’rgatilgan hayvonlar, jodugarlar va menestrellar haqida gapirmasak ham bo’ladi. Aslida, har bir hovli qanaqadir o’ziga xos sirkka o’xshardi.
4. Avgustning hukmronligi davrida pastki qavatlarda tosh joylar qurilib, u joylar faqat bronzadan qilingan sirk uchun maxsus chiptalarni xarid qilish imkoniga ega bo'lgan Rimliklar o’tirishi mumkin edi. Bugungi kunda sirkga chiptalarni onlayn tarzida, maxsus xizmatlar orqali xarid qilish mumkin. Onlayn xizmati orqali chiptalarni sotib olish oson, tezkor va qulay.
5. Qadimgi Rim sirkidan bizga meros qoldirilgan yagona narsa - bu qonga belangan korrida arenasidir, axir aslida buqalar jangi Minotavr haqidagi Krit afsonasiga borib taqaladi, faqat torrero gladiatorni va buqa esa sher o’rnini egalladi.
6. Klounning bosh kiyimi unga bid'atchilardan meros bo'lib o'tgan. Muqaddas Inkvizitsiya davrida, bu bosh kiyimi mahbuslar uchun shapka sifatida xizmat qilgan va sharmandalikning ramzi hisoblangan. Shu bosh kiyimini yana dangasa va itoatsiz bolalarga taqishgan.
7. Sirk mavzusi nemis adabiyoti uchun an'anaviy bo'lgan. Uni Tomas Mannning "Mario va sehrgar" dan Gunther Grassning "Tin Drum" va Henri Bellning "Kloun ko'zlari bilan" gacha kuzatish mumkin. Nitssheda ("Zardusht shunday aytgan") sim ustidagi akrobat ustunlik ramzi hisoblangan.
8. Arxeologlarning topilmalariga ko'ra, qadim zamonlarda suv bilan to'ldirilgan amfiteatrlarda butun bir dengiz urushlari (naumachies) tashkil qilingan. Ehtimol, bu karnavalning prototipiga aylangan, va "karnaval" so'zining lotincha ma’nosi "karus naryadlari" dan chiqqanligi sababli edi.
9. Turnirlar va sirklar orasida umumiy xususiyatlarni topish mumkin: qiziqarli fakt, shunday emasmi? Ot poygalari o’z sport ishtiyoqi va qiziqarliligi bilan qadimgi dunyo gladiatorlik o'yinlari va ot sporti musobaqalarining aks-sadolari bo’lgan.
10. Bugungi kunda taraqqiy etgan jamiyatlar o’zlarini "non va kino" yoki undan ham yomoni "non va televizor" bilan qondirishadi. Biroq, sirkning illuzionliklari rang-barang musiqa, tutun va qichqiriqlar bilan bir qatorda Kolizeydan bir necha marta kattaroq binolarni to'ldiradigan videokliplar va reklama ko'rsatishlari, soch turmaklari va panklarning kiyimlari va rok kontsertlari shovqini yashashda davom etmoqda.
11. Sirk san'atining rivojlanishida lo’lilar ham katta rolni egallashgan. Ularning qonlarida sirk bor, chunki ular jamiyatdan tashqarida turishadi, va ularda kiyim-kechakdan hayot tarzlariga qadar hamma narsa odatdagidan boshqacharoqdir.
12. Uzoqdan oy kraterlari sirk arenasiga o'xshaydi. Ehtimol, bu uzoq kelajakda sayyoralararo truppalar o'zlarida hayratomuz mo’jizalar namoyish etishadi, Spilbergning filmlaridagiga o’xshab,uning san’atining ko'p jihatlari sirkga o'xshaydi.
13. Oh, bu ko'p qirrali sirk: u haqida qiziqarli faktlarni kinoda, musiqa va san'at asarlarida uchratish mumkin. Shunday qilib, XV - XVI asrning evropalik rassomlari ko'pincha rasmlarida hazilkashlarni tasvirlashgan. Pikassoning asarlarida buqalar, akrobatlar va arlekinlar juda ko'p. O’z safarining boshida kinematograf ham sirk, kabare va musiqiy zalning sahna uslublari va mavzulariga murojaat qilgan.
Toshkent sirki - oʻzbek va boshqa davlatlar sirk artistlarining chiqishlarini namoyish etuvchi yirik statsionar sirklardan biri. Olim va sayyohlarning esdaliklarida Toshkentda sirk tomoshalari muallaqchi, nayrangboz, yovvoyi va
uy hayvonlarini oʻrgatuvchi kishilar mahorati bilan boshlangani haqidagi tafsilotlar, rivoyatlar saqlangan. Xalq sayillarida, bozor va guzarlarda dorboz va simbozlar, jonglyorlar, polvon va besuyaklar oʻz sanʼatlarini namoyish etganlar. Ayniqsa, dorbozlik keng rivoj topgan. 19-asr oxirida Toshkentda gastrolda boʻlgan F. Yupatov, V. Sobolevskiy, A. Farrux, R. Kapito, Ye. Gamkrelidze va boshqalarning antreprenyor truppalari muvaqqat binolarda tomosha koʻrsatgan. Toshkent yarmarkalarida bir vaqtda 3—4 ta sirk tomoshasi, jumladan, oʻrgatilgan hayvonlar bilan ham tomosha koʻrsatilgan. Eski shaharda 10 ming tomoshabinga moʻljallangan ochiq sirk ishlab turgan. 1913 yildan sirk truppalarining tomoshalari "Kolizey" binosida koʻrsatila boshladi. 1914 y. oxirida Voskresenye bozori hududi (hozirgi Navoiy maydoni) yaqinida F. Yupatovning yog'ochdan ishlangan statsionar sirk binosi qurildi. Bu yerda yevropalik va rus artistlari bilan birga oʻzbek artistlari, jumladan, Yusufjon qiziq Shakarjonov, akrobatchi, raqqosa, chavandoz Ye. Yupatova (Goʻzal Yelena) va boshqa xam tomosha koʻrsatganlar. Toshkent sirkining birinchi badiiy rahbari va direktori — A.V. Lapiado (asl familiyasi Korolyov). 1928 y. Karim Zarifov "Kizil Sharq" (keyinroq "Kooperativ") sirk truppasini tashkil etdi. 1930 y. Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻiston sirklari birlashtirilgan davlat sirklari markaziy boshqarmasi tuzildi. 1941—44 yillar Toshkent sirki qoshida Abdulla Gismatulin rahbarligidagi akrobatika studiyasi ishladi. 1942 y. oktyabrda oʻzbek sirki jamoasi tuzildi. Bu yerda Yusufjon qi^iq, dorbozlar — Toshkanboyevlar, chavandozlar — Zarifovlar, Rahmonovlar, Xoʻjayevlar, gimnastlar — Madaliyevlar, keyinroq qiziqchi va akrobat Yusupovlar, rus masxarabozlaridan G. Zastavnikov, P. Borovikov va boshqa ishladilar. 1950—56 yillarda Toshkent sirki badiiy rahbari — Erkin Toshkanboyev, 1976—90 yillar Obidjon Toshkanboyev. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin vaqtinchalik shapito sirki ishlab turdi.
1975 y. Xadra maydonida 2597 oʻrinli yangi Toshkent sirki binosi qurib bitkazildi (arx. G. Aleksandrovich, G. Masyagin; muhandislar S. Berkovich, R. Muftaxov). Sirk binosi ikki qismdan iborat: tomosha zali hamda uning atrofida joylashgan vestibyul, foye, garderob, bufetlar va xizmat xonalari. Bino yechimida anʼanaviy ustun — toʻsinli
ustun oʻrniga hoshiya — halqali qurilma uslubining qoʻllanilishi foyeni ustunlardan xoli kilishga va tomoshabinlar uchun qulay sharoit yaratilishiga imkon berdi. Shu bilan birga foye ikki xil balandlikda qurilgan; yuqoridagisi 7 metrli halqa konsol yordamida toʻla aylana hosil qilib, katta bufet bilan birlashtirilgan. U serhasham zinapoyalar orqali pastki sathi bilan tutashtirilgan. Foye interyerlari sirk sanʼati mavzuiga oid yorqin nur taratuvchi rangli vitraj bezaklar yordamida vazmin oqish tus koʻrinishiga ega. Foye, zalga kiriladigan yoʻlakchalar milliy anʼanaviy ganch oʻymakorligi, eshiklar yogʻoch oʻymakorligi uslubida ishlangan.
1991 yilda Toshkent sirkiga oʻzbek sirkining mashhur namoyandasi, dorbozlar sulolasining asoschisi, Oʻzbekiston va Rossiya xalq artisti Toshkanboy Egamberdiyev nomi berildi. Mustaqillik sharofati bilan Toshkent sirki faoliyatida yangi davr boshlandi. Yangi dastur va attraksionlar sirkning barcha zamonaviy janrlarida yaratildi va ular repertuarga oʻziga xos yangilik olib kirdi. Xususan, 1991—2004 yillar mobaynida 100 dan ortiq sirk tomoshalari, 10 ta sirk attraksion va 20 dan ortiq mavzuli tomoshalar sahnalashtirildi. Ularni tayyorlashda Obidjon Toshkanboyev, Karima Zaripova, Erkin Toshkanboyev, "Oʻzbekdavlatsirk" Respublika birlashmasining bosh direktori Bahrom Majidov, sahnalashtiruvchi rej.lar Eduard Arzumanov, Niso Aliyeva, Raʼno Roʻzixoʻjayeva va boshqa faol ishtirok etishgan. Toshkent sirki artistlari jahon boʻylab oʻz sanʼatlarini namoyish etib keladi. Xalqaro koʻrik va festivallarda turli mukofotlarga sazovor boʻlganlar. 1999 y. Toshkent sirki binosi qayta taʼmirlanib, zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlandi.

O`zbek sirki tariхi.


Sirk Sharq mamlakatlari, хususan O`zbekiston hududida ham qadimdan paydo bo`lgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Zero, Afrosiyob, Panjikent, Хorazm хududida olib borilgan dastlabki qazish ishlari jarayonida miloddan avvalgi III-II asrlarga oid bir qator tasviriy san`at asarlari, adabiy manbalar bu yerda sirk tomoshalarining keng tarqalganligini ko`rsatadi. Asrlar mobaynida o`zbek sirki maydon tomosha san`ati sifatida rivojlanib bordi. Xalq bayram sayillarida, bozor maydonlarida dorbozlar, simbozlar, hayvon o`rgatuvchilar, nayrangbozlar, yog`och-oyoq kabi an`anaviy sirk janrlarida tomoshalar ko`rsatilgan.
1920 yildan Toshkent davlat sirki ish boshlay boshladi. Karim Zaripov ilk bor o`zbek sirkida ish boshlagan. O`sha davrlarda yarim professional sirk tashkil etilib, iqtidorlilar saralab olingan. Toshkent davlat sayyor sirk truppasi tuzulgach Karim Zaripov raхbar etib tayinlangan. Oradan yillar o`tgandan so`ng nihoyat o`zbek sirk katta sahnasiga “Chavandozlar” Zaripovlar oilasi chiqdi. Хozirgi kunda Zaripovlar sulolasi O`zbek nomini butun dunyoga tanitib, millionlab tomoshabinlarga o`zlarining mahoratlarini hamon nomoyish etib kelmoqda. Ushbu sulola vakillari o`zbek sirk tariхini yorqin sahifalar bilan boyitib, uzoq yillar boy tajribalarini yosh avlodga, shogirdlariga o`rgatib kelmoqda.

1920 yildan Toshkent davlat sirki ish boshlay boshladi. Karim Zaripov ilk bor o`zbek sirkida ish boshlagan. O`sha davrlarda yarim professional sirk tashkil etilib, iqtidorlilar saralab olingan. Toshkent davlat sayyor sirk truppasi tuzulgach Karim Zaripov raхbar etib tayinlangan. Oradan yillar o`tgandan so`ng nihoyat o`zbek sirk katta sahnasiga “Chavandozlar” Zaripovlar oilasi chiqdi. Хozirgi kunda Zaripovlar sulolasi O`zbek nomini butun dunyoga tanitib, millionlab tomoshabinlarga o`zlarining mahoratlarini hamon nomoyish etib kelmoqda. Ushbu sulola vakillari o`zbek


sirk tariхini yorqin sahifalar bilan boyitib, uzoq yillar boy tajribalarini yosh avlodga, shogirdlariga o`rgatib kelmoqda.
O`zbekiston halq artisti O.Toshketboev 1930 yillarda o`zbek sirk tariхida birinchi bo`lib, dor va simdorda olg`a va orqaga sal`to-mortela ijro etdi. Uning ukasi SH.Toshkentboev ilk bor an`anaviy dorda muhofaza vositalarini qo`llab, bir qator murakkab tryuklarni namayish etdi. SHundan so`ng 1942 yildan Toshkentboy Egamberdiev badiiy rahbarligida ilk milliy jamoa tashkil etildi.

1976 yilda esa “O`zbeksirk” Respublika Birlashmasiining хozirgi binosi foydalanishga topshirildi. Хozirgi kunda “O`zbeksirk” Respublika Birlashmasida akrabatika, gimnastika, ekvilibristika, masхarabozlik, janglyorlik, polvonlik, illiyuzionizm, ot o`yinlari, dorbozlik, хayvon o`rgatish kabi janrlarda sirk artistlari tomonidan murakkab turyuklar хalqimizga namoyish etib kelinmoqda.Sirk artisti mo`jizakor harakat orqali insonning cheksiz imkoniyatlarini namayish etadi. Uning donoligini, epchil va jasurligi, kuch-qudratini ulug`laydi va sirkning o`ziga хos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obraziniyaratadi.


Mustaqillik sharofati bilan o`zbek sirki хalqaro sirk maydonlariga chiqishga zamin yaratdi. Hususan shu kunga qadar vakillarimiz Evropa, Osiyo va Afrika qit`asining 30 dan ortiq davlatlarida o`z iste`dodlarini namoyish etishdi. 1995 yil 2 sentyabr kuni Toshkentning “Paхtakor” stadionida Birinchi Markaziy Osiyo o`yinlarini tantanali ochilish marosimida T.Toshkenboev sport tariхida birinchi marotaba olimpiya mash`alini dor ustida olib o`tdi. 1996 yil Moskva shahrida o`tkazilgan sirk san`ati fistivalida “Tuyalar ustida akrabatlar” gruhi faхrli ikkinchi o`rinni egalladi.
1999 yili Birlashgan Arab Amirliklarida “O`zbekiston yigitlari”, Хitoyda bo`lib o`tgan musobaqada “Ikki qavatli dor” kabi guruhlar sovrindorlar sifatida joy olishdi. 2007 yilda Germaniyaning Drezden shahridagi Хalqaro festivalda dorbozlar birinchi o`rinni egallab “Oltin kubok”ni qo`lga kiritishdi. Ikki yildan so`ng Gollandiyaning Apelьdorn shahrida o`tkazilgan “Vintersirkus” festivalida “O`zbekdavlatsirk” jamoasi faхrli ikkinchi o`rinni egalladi. 2011 yilda Toshkenboevlarni sirk olamida mashhur festivallardan biri “Rimning oltin sirki” 27-Halqaro sirk festivalida ishtirok etish uchun ilk bor Italiyaga taklif qilindi. Italiya festivalida jaхonning 26-mamlakatidan kelgan sirk ustalari turli janrlardagi o`yinlarni namayish etishdi. O`zbek dorbozlari murakkab o`yinlarni hech qanday muhofaza vositalarisiz, epchillik va chaqqonlik bilan ijro etib birinchi o`rinni egallashdi va Gran-Pri “Oltin Kolizey” sovrinini qo`lga kiritishdi. Qozog`iston poytaхti Ostona shahrida akrabatchi va dorbozlar navbatdagi g`alabani qo`lga kiritdi. “Osiyo sadosi” nomli Birinchi хalqaro festivalda birinchi o`rini va “Gran-Pri” – “Oltin askar” kubogini qo`lga kritishdi.
Bugungi kunda mazkur birlashma istiqlol sharofati bois poytaхtimizning eng sevimli maskanlaridan biriga aylangan. Zero Хadra maydonida qad rostlagan sirk binosi atrofida amalga oshirilgan keng ko`lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari nafaqat sirk tomoshalariga tashrif buyuruvchilar , balki poytaхt aholisi va mehmonlar qalbida iliq taassurot uyg`otadi.

Maxarabozlar 200 yildan ohiq vaqt mobaynida on-anoqiz romanlarda, pektakllarda va filmlarda paydo bo'lgan.Ba'zan bu qo'rqinchli, ammo g'alati belgilar bolalarning tug'ilgan kunida


Masxarabozlar haqida 10 ta aqldan ozgan faktlar:


*Masxaraboz so'zi birinchi marta 1560 yilda paydo bo'lgan.
*2016 yil Buyuk Clown qo'rqitish yili bo'ldi.
*Clowns International - masxarabozlar uyushmasi.
*Jozef Grimaldi birinchi mashhur masxaraboz edi.
*Masxarabozlar so'zlarni bo'rttirib ko'rsatish uchun yuzlarini bo'yashadi.
*Pennywise eng qo'rqinchli masxaraboz sifatida tanilgan.
*Birinchi xayoliy qotil masxaraboz 1892 yilda bo'lgan.
*Joker masxaraboz emas.
*Kulrofobiya - masxarabozlardan qo'rqish.
*Xalqaro masxarabozlik haftasi bor.
Masxarabozlar 200 yildan oshiq vaqt mobaynida son-sanoqsiz romanlarda, spektakllarda va filmlarda paydo bo'lgan.Ba'zan bu qo'rqinchli, ammo g'alati belgilar bolalarning tug'ilgan kunida qatnashish yoki dahshatli filmlarda yovuz obraz sifatida qatnashish uchun taniqli belgi.Ammo masxarabozlar qayerdan kelib chiqqan va nega ular bugun butun dunyo bo'ylab mashhur?Mana, masxarabozlar haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 10 ta aqldan ozgan faktlar.
Masxaraboz so'zi birinchi marta 1560 yilda paydo bo'lgan.
Ingliz tilidagi palyaço so'zining birinchi yozma hujjati 1560 yilda matnda paydo bo'ladi.O'sha paytda u shunday yozilgan edi palyaço yoki kloyen.
Kloun yoki kloyen matnlar ichida quyidagi ma'noda ishlatilgan; rustik, boor va dehqon.Masxaraboz so'zining kelib chiqishi Islandcha so'zidan kelib chiqqan deyishadi klunni.So'zning tarjimasi" klunni "qo'pol odam degan ma'noni anglatadi.2016 yilda biz Buyuk Palyaço qo'rqinchini ko'rdik, uyerda butun dunyo bo'ylab g'ayritabiiy masxarabozlar soni bo'lgan.
"Yovuz" masxaraboz kiyingan odamlarni ko'rishi diqqatni tortdi, chunki ular o'rmonlarda va maktablarda osilgan holda topilgan.
Bu nafaqat AQShda, balki Kanadada, Buyuk Britaniyada va dunyoning boshqa 17 mamlakatida sodir bo'lgan.
Harakatni qo'zg'atgan deb taxmin qilingan birinchi tomosha Viskonsin shtatining Grin-Bay shahrida bo'lib o'tdi va yangi dahshatli filmning chiqarilishini targ'ib qilish uchun reklama qilinganligi aytildi.
Ushbu ko'rishlar natijasida mamlakatlar global masxarabozlik bilan shug'ullanish uchun turli xil ehtiyot choralarini ko'rishdi.
Bunga palyaço kostyumlarini sotishni taqiqlash, ba'zi joylarda palyaço liboslari va niqob kiyishni taqiqlash va xavfsizlik uchun hukumat tomonidan ogohlantirishlarni.Ilgari Xalqaro Sirk Klounlar Klubi deb nomlangan Clowns International 1947 yilda sirk ixlosmandi Sten Bul tomonidan tashkil etilgan.Tashkilot 1940-yillarning boshlarida sirk
egasi Billi Smart tomonidan boshlangan an'ana asosida tuzilgan.Har yili masxarabozlar sirk bo'yicha shartnomalarini uzaytirar edilar va Smart ushbu voqeani Londonda Jozef Grimaldi qabrini ziyorat qilib nishonlash niyatida edi.Masxarabozlar klounlar sanoatining otasiga hurmat ko'rsatish uchun tashrif buyurib, gulchambar qo'yishga da'vat etilgan.Ushbu an'ana 1947 yilgacha Sten Bult Clowns International tashkil etishga qaror qilganiga qadar yildan-yilga takrorlanib kelinmoqda.
G'oya butun dunyo bo'ylab masxarabozlarni birlashtirib, sanoat bilimlarini baham ko'rish va tsirk xalqi bilan aloqa o'rnatishga imkon berish edi.Jozef Grimaldi birinchi mashhur masxaraboz edi.
Grimaldi masxarabozlarning otasi sifatida qaraladi, u birinchi bo'lib professional ijro etgan masxarabozlardan biri bo'lgan va u masxarabozlikka qo'shgan hissasi bilan shu sohada eng taniqli bo'lgan.U birinchi marta 1802 yilda Angliyada sahnaga slapstik hazil va jismoniy hiyla-nayranglari bilan tanilgan "Jou" masxarabozi sifatida chiqdi.1802 yilda Grimaldi Londondagi Sadler's Wells teatrida masxarabozning yagona vakili bo'ldi.Grimaldi bilan birga bo'lgan birinchi professional sahna masxarabozlaridan ba'zilari Uilyam Kempe va Robert Amin bo'lib, ular 17-da Shekspir bilan ishlagan.th Asr.Masxarabozlar so'zlarni bo'rttirib ko'rsatish uchun yuzlarini bo'yashadi.Grimaldi masxarabozlar o'zlarining sahnalari sifatida kiyadigan yuz bo'yog'ini ixtiro qilgan.Grimaldi o'zining yuz bo'yog'ini kiygan birinchi qiyofasi u o'zining xarakteri Jou masxarabozini o'ynagan payt edi.
Londondagi Sadlerning quduqlari deb nomlangan teatr 1801 yilda yangilanish uchun yopilgan va 1802 yilda asosiy rol rolini masxaraboz Joi bilan ochgan.Grimaldi qayta ochilish uchun ajoyib ko'rinishni qilishni xohladi, shuning uchun u bir muncha vaqt o'z xarakterini va tashqi qiyofasini qayta ishlashga sarfladi.Bu yuzni bo'yash tendentsiyasi boshlandi. U yuzini va bo'yinini qoplagan oq tayanch qatlamidan boshladi.Keyin u o'zining yuzlarini bo'rttirib ko'rsatish uchun qizil lablarini va qalin qoshlarini tirjaytirib, yonoqlariga qizil uchburchaklarni qo'shdi.Grimaldi
Grimaldi biografi Endryu Makkonnell Stottning ta'kidlashicha, bu o'sha paytda hal qiluvchi ahamiyatga ega edi va bu yuz bo'yog'i 1800-yillarning eng nufuzli teatr dizaynlaridan biriga aylandi.Pennywise eng qo'rqinchli masxaraboz sifatida tanilgan.Masxarabozlar ko'p yillar davomida dahshatli filmlarda va kitoblarda sirli va yovuz obrazlar sifatida ishlatilgan.Ammo eng dahshatli yovuz masxaraboz Stiven Kingning dahshatli romanidan Pennywise "IT.’Pennywise the Dancing Clown - bu roman ichidagi bolalarni o'lja qiladigan va voqelikni shakllantirish va o'zgartirish qobiliyatiga ega bo'lgan personaj.
Pennywise har 27 yilda Meynning bolalarini bezovta qiladi va shov-shuvga sabab bo'ladi, chunki uni kattalar ko'ra olmaydi.Birinchi xayoliy qotil masxaraboz 1892 yilda bo'lgan.Sahnada paydo bo'lgan birinchi qotil masxaraboz Ruggero Leonkavalloning operasida edi Palyacci.Italiyaning "Pagliacci" so'z masxaraboz degan ma'noni anglatadi va operada sevgi munosabatlari haqida hikoya qilinadi.Ushbu sevgi munosabati va xiyonat, sevgilisini pichoqlash uchun palyaço kiyingan belgini olib boradi.Opera opera commedia dell’arte uslubida ijro etiladi, bu italyancha ijro uslubi bo'lib, aktyorlar maskalari kiyib, palyaçolarga o'xshash kiyinishni o'z ichiga oladi.Siz palyaço va hazilkashni ikkalasi ham rangli ko'ngil ochar narsalar bilan bir xil deb o'ylashingiz mumkin. Ammo ular aslida ikki xil turdagi belgilar.Ularning ikkalasi ham o'z belgilarini bo'rttirib ko'rsatish uchun rang-barang kiyim kiyishadi.Masxaraboz slapstickni ijro etadigan va muntazam ravishda rejalashtirilgan ijrochi rassom sifatida tanilgan.Biroq, hazilkash hazil-huzul qiladigan va masxara qiladigan va shu erda improvizatsiya qiladigan ko'ngilochar sifatida tanilgan.Farq shundaki, masxaraboz o'zlarini ahmoq qilsa, hazilkash tomoshabinlarni ahmoq qiladi.Masxarabozlar tsirk bilan bog'langan, ammo hazilkashlar o'rta asrlarda qirollikning shaxsiy ko'ngil ochishida bo'lishgan.Kulrofobiya - masxarabozlardan qo'rqish.Masxarabozlardan qo'rqish - bu haqiqat va 2016 yilda Chapman universiteti tomonidan o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, qatnashgan amerikaliklarning 7,8% masxarabozlardan qo'rqishgan.Tadqiqotda Amerikadagi eng yuqori qo'rquvlar ko'rib chiqildi va masxarabozlar shaxsiy qo'rquv ichida eng ko'p uchraydigan to'rtta javobga kirdilar.2016 yildagi buyuk palyaço qo'rqinchidan keyin Vox so'rov o'tkazdi, natijada amerikaliklar
iqlim o'zgarishiga qaraganda masxarabozlardan ko'proq qo'rqishadi degan natijani aniqladilar.Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, yovuz palyaçolarni tasodifiy ko'rishda qo'rquv kuchayganligi sababli, odamlar o'zlarining xavfsizligi haqida tobora ko'proq tashvishlanmoqdalar.Tergov doirasida o'tkazilgan so'rovnoma shuni ko'rsatdiki, 1999 yilda qatnashganlarning 42 foizi qaysidir ma'noda masxarabozlardan qo'rqishgan.Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 18-29 yosh oralig'idagi har 3 saylovchining kamida bittasida yumshoq kulrofobiya bo'lgan.Xalqaro masxarabozlik haftasi bor.

Xalqaro masxarabozlik haftasi AQSh qonunlarida Prezident Richard Nikson tomonidan 1971 yil 2 avgustda qabul qilingan.U har yili avgust oyining birinchi haftasida nishonlanadi, masxarabozlar sanoatini nishonlash, ma'lumot berish va targ'ib qilish kontseptsiyasi bilan nishonlanadi.Dastlabki tantanalar 1950-yillarda kichikroq yig'ilishlar bilan boshlandi va ko'ngillilar shoulari atrofida masxarabozlik bilan bog'liq barcha narsalarni targ'ib qilishdi.1967 yilda Amerikaning Clown Club o'z a'zolarini haftani rasmiy qilish uchun Kongressga xat yozishga undaydi.Palyaçolar zamonaviy o'yin-kulgilarga, spektakl va filmlar orqali joylashtirilgan.O'tgan yillar davomida sirk namoyishlari sonining pasayishi kuzatilgan bo'lsa-da, ularning merosi bolalarning tug'ilgan kunlari va zamonaviy dahshatli filmlarda bor.


http://fayllar.org
Download 32.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling