Sirt faol moddalar


Sirt faol moddalarni biokimyoviy parchalanishi


Download 23.59 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi23.59 Kb.
#1028679
1   2   3
Bog'liq
M 2

Sirt faol moddalarni biokimyoviy parchalanishi
Sintetik yuvish vositasini tayyorlashda va ishlatilishida atrof muhit himoyasi
dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Sintetik yuvish vositalari va sirt faol
moddalarni ishlab chiqarish ko’paygan sari suv xavzalarining ifloslanishi ortib
bormoqda. Oqar suvlarni tozalashni qulay va foydali usuli bu biokimyoviy usuldir.
Biokimyoviy parchalanish fermentlar ta’siri ostida yuvish vositalarini organik
birikmalarini parchalanishini bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar amalga
oshiradi. Bioparchalanish juda yengil kechadi uni oxirgi mahsuloti suv va karbonat
angidriddir. Sintetik yuvish vositalarini ko’p ishlab chiqarish va ko’p ishlatish
uchun sirt faol moddalar va yuvuvchi moddalarni shunday ishlatish kerakki,
ishlatilganda ular to’liq va tez parchalanib ketishi kerak. Hozirgi kunda sintetik
yuvish vositalari tayyorlash uchun sirt faol moddalarni ishlab chiqarishni va
ishlatishni bioparchalanish 10% dan kam bo’lmasa ruxsat etilgan va unga ko’ra
qonun qabul qilingan [5].
Yaxshi parchalanish (10-90%) alkil zanjirida uglerod atomlari 10-14 ta
bo’lgan alkilbezolsulfonatlarda kuzatiladi, gulukoza eritmasi qo’shilganda uni
miqdori ortadi. Normal alkandan olingan alkilsulfonatlarning bioparchalanishi
98% gacha yetadi. Parchalanish olefinsulfonatlarda 90-95% ni tashkil qiladi.
Ionogen bo’lmagan sirt faol moddalar oson parchalanadi, lekin ularga nisbatan
anionaktiv moddalarda bioparchalanish ularda tarmoqlangan molekulani
gidrofoblangan bo’lagi va qo’shilib borayotgan etilenamid guruxlarida pasayishi
bilan boradi. Noionogen sirt faol moddalarni sulfonatlari, tekis zanjirli ko’p negizli
yog’li spirtlardan olingani ulardan oson parchalanadi va etilenoksid zanjirini
parchalanish tezligiga va parchalanish darajasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Sintetik
yuvish vositalarini ishlatilishi va ishlab chiqarishda atrof muhitni himoya qilishni
31
oqilona yechimi alkilbenzosulfonatlarni alkilsulfonatlarga va allilsulfonatlarga
almashtirish hamda, tabiiy yog’ kislotalaridan (mol yog’i) va ularning hosilalari,
makkajo’xori kraxmali va boshqalar ishlatilishi kerak, chunki ularda
bioparchalanish 100% ni tashkil qiladi. Oqar suvlarda sintetik yuvish vositalarining
mavjudligi sirt faol moddalar tufayli oqar suvlarda ko’p ko’pik hosil bo’lishiga
sabab bo’ladi [5.22].
Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling