Sirt faol moddalar
Sirt faol moddalarni termik barqarorligi
Download 23.59 Kb.
|
M 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- SFM ning tuzilishi.
Sirt faol moddalarni termik barqarorligi.
Kimyoviy texnalogiyada kukunsimon sintetik yuvish vositalarini tayyorlashda turli usullardan foydalanib, bu sintetik yuvish vositalarining tarkibiga kiruvchi komponentlarni quritishda yuqori tempraturani ta’siri bilan bog’liq. Sirt faol moddalarni termik barqarorligi uning tuzilishiga, termik va tempratura davomiyligiga bog’liq. Allilbenzilsulfonatlar sirt faol moddalarning eng ko’p tarqalgani, yuvuvchilar orasida eng termik barqaror alkilbenzosulfonat bo’lib, yonish tempraturasi 150ºC, yonuvchanligi 350ºC gat eng. Alkilsulfonatlartempraturaga chidamli moddalardir, ko’pchiliklarining yonuvchanliklari 270 ºC ga to’g’ri keladi. Birlamchi allilsulfonatlar- barqaror birikmalar xisoblanadi. Ular 190 ºC gacha parchalanmaydi, lekin yuqori tempraturani uzoq vaqt ta’sir ettirish natijasi ularni to’yinmagan uglevadorodlar va natriy gidrosulfatga parchalanishiga olib keladi. RCH2 CH2OSO3Na→ RCH═ CH2+NaHSO4 Ikkilamchi alkilsulfatlar termik jihatdan unchlik barqaror emas va termik parchalanishi 120 ºC da boshlanadi, 135 ºC da ular butunlay parchalanib bo’ladi. Kationaktiv sirt faol moddalar anionaktiv moddalarga qaraganda kamroq chidamli 29 va ularning parchalanishi 150 ºC dan yuqori tempraturada boshlanadi. Amfolitli sirt faol moddalar-ko’piklari termik barqaror emas. Ular ko’proq suyuq shampun tayyorlashda ishlatiladi. Ularni tayyorlash tempraturaga bog’liq emas [18.19]. SFM ning tuzilishi. SFM-organik qo’shilma bo’lib difil tuzilmaga egadir, ya’ni uning molekalalari o’z takibida qutbiy qismga ega bo’lib, gidrofil komponent (funksional guruhlar-COOH,-OH,-O) va ularning tuzlari –ONa,-POOONa noqutbiy qismlar va gidrofob komponentdir. Misol tariqasida SFM bo’lib oddiy sovun (natriy tuzlari yog’li karbon kislotalar – oleat, natriy steorati va h. k ) va sintetik yuvish vositalari hamda karbon kislota va spirtlarni olish mumkin. SFM larning klassifikatsiyasi 1) ionogen SFM lar. * kation SFM lar. * anion SFM lar. * amfoter SFM lar. 2) noionogen SFM lar. * alkilpolig. *alkilpolietoksilatlar. SFM lar komponentlarining atrof muhitga ta’siri SFM lar atrof muhitda parchalanadigan va parchalanmay organizmda yig’iladigan ikki xil ko’rinishda bo’ladi. SFM ning salbiy ta’siridan biri (atrof muhitga ) bu yuza tortilishini pasaytirishidir. Masalan: okeanda yuza tortilishini o’zgarishi CO2 ko’rsatkichini pasayishiga olib keladi [5.17.20]. Faqat oz miqdordagi SFM lar xavfsiz hisoblanadi, nimagaki ularning mahsuli uglevodlardir. Chiqindi suvlarini tozalash usuli - bu SFM larni ko’pincha ko’pikka aylantirilishdir. Tez kislotalanadigan SFM qatoriga normal tuzulishdagi birlamchi va ikkilamchi alkilsulfatlar kiradi. SFM ishlab chiqarishni o’sishi, korxonalar vujudga kelishiga sabab bo’ldi va o’z-o’zidan bu korxonalar suvlarni ifloslanish makoniga aylandi. Endi oldinda suv havzalarini tozalash muammosi turibdi. Haroratni pasayishi SFM kislotalanishini sekinlashtiradi. Yuza suvlarda SFM 30 parchalangan va sorblangan holda yoki suvning plyonkalangan yuzasida bo’ladi. Suv havzalariga tushgach chiqindi SFM suvning fizik va biologik holatiga ancha ta’sir o’tkazadi, bu holda suvning organik xossasi va kislorod tarkibi buziladi, u erda SFM lar ancha vaqtgacha qolib ketadi, sababi sekin parchalanadi. Gigienik tomondan qaraganda, SFM ning asosiy xossasi ko’pik hosil qilishdir [5.21]. Download 23.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling