9-laboratoriya ishi: Suyuqlik sirtidagi sirt faol moddaning adsorbsion qavat qalinligini aniqlash
Download 26.07 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-Laboratoria
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning
- Ishni bajarish
9-laboratoriya ishi: Suyuqlik sirtidagi sirt faol moddaning adsorbsion qavat qalinligini aniqlash.Ishning maqsadi: Suyuqlik sirtidagi sirt faol moddaning adsorbsion qavat qalinliginistalagmometrik usulda aniqlashni o’rganish. Sirt taranglik va adsorbsiya izotermasini chizish. Ishning mazmuni: Gibbs tenglamasi eritmaning sirt tarangligi bilan uning konsentratsiyasi orasidagi bog’lanishni belgilaydi. Shuning uchun o’zgarmas teperaturada konsentratsiyalar ma’lum va turlicha bo’lgan sirt faol modda eritmalarining sirt tarangligini o’lchab, σ = f(c) funksiyani olish mumkin. Bu funksiyadan foydalanib, adsorbsiyani va uning eritma konsentrasiyasiga bog’liqligini xisoblab topish, ya’ni boshqa Г = f(s) funksiyani olish mumkin. Shunday qilib, turli konsentrasiyali sirt faol modda eritmalarining sirt taranglishni tajribada aniqlash ikki izotermani: a) sirt taranglik b) adsorbsiya izotermalarini qurishga imkon beradi. Tadqiqot ob’ekti sifatida propil, izopropil, butil va izoamil spirtlarining suvdagi eritmalari-noionogen sirt faol modda tavsiya etiladi. Sirt taranglikni o’lchash usuli sifatida esa stalagmometrik usul (tomchilarni xisoblash usuli) taklif etiladi. Bu usul asosida tajribada aniqlangan qoida yotadi. Bu qoidaga ko’ra vertakal naycha ichidan og’irlik kuchi ta’sirida oxista ajralayotgan tomchining og’irligi suyuqlikning xavo bilan chegaralangan sirti tarangligi qancha katta bo’lsa, shuncha katta bo’ladi. Ishni bajarish tartibi: stalagmometr o’rta qismi (qorni) keng va pastki uchi kapilyar bo’lgan shisha naydan iborat . Nayning yuqori va pastki qisimlariga ikkita belgi (qornidan pastda va yuqorida) qo’yilgan. O’lchash vaqtida stalagmometr shtativga o’rnatiladi. Uning yuqorigi uchiga rezina trubka kiydirilib uning yuqorigi belgisiga etguncha «xavo so’rgichi yordamida» suyuqlik so’riladi. Yuqorigi belgidan past belgigacha egalangan V hajmda qancha suyuqlik tomchisi borligi aniqlanadi. Download 26.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling