Sirtlar. Ko’pyoqliklar. Reja: Sirtlarning aniqlovchisi
Download 103.5 Kb.
|
Sirtlar. Ko’pyoqliklar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirtlarning aniqlovchisi.
- Ogma piramida.
Sirtlar. Ko’pyoqliklar. Reja: Sirtlarning aniqlovchisi. Ko’pyoqlar haqida tushunchalar va ularning proеktsiyalari. Muntazam ko’pyoqliklar. Sirtlar olami fazoviy shakliga ko'ra juda xilma xil va chegaralanmagandur. Sirtlar o'zgaruvchan va o'zgarmas ko'rinishdagi biror chiziqning boshqa chiziqlar yoki sirtlar bo'yicha xarakat qilishidan hosil bo'ladi. Xarakatlanib sirt hosil qiluvchi chiziq yasovchi deb ataladi. Yasovchi chiziqning xarakatini belgilovchi chiziqlar yonaltiruvchilar deb ataladi. Sirtlar yasovchilarining turlariga qarab ikkiga bo'linadi. I.Chiziqii sirtlar: silindr, konus... 2. Chiziqsiz sirtlar: shar, ellipsoid sirtlarni ko'rsatish mumkin. Sirtlarning aniqlovchisi. = (G),(A). - geometrik qismlar: nuqta, to'g'ti chiziq, egri chiziq, tekislik va boshqalar. A- sirt yasovchilarining qonunlashtirilgan xarakati. Ko'pyoqlar Tekislik bilan chegaralangan jism ko'pyoq deb ataladi. Ko'pyoqni chegaralovchi tekisliklarning kesishuv chiziqlari qirralari deb, tekisliklarning qirralar orasidagi qismlari yoqlari deb va qirralarining kesishuv nuqtalari uchlari deb ataladi. S-sirtning uchi, (ABCD)-sirtning yonaltiruvchisi, (MN) - sirtning yasovchisi. Og'ma piramida. Ko'pyoqning yoqlaridan biri ko'pburchak bo'lib, qolgan yoqlari umumiy uchga ega bo'lgan uchburchaklar bo'lsa, bunday ko'pyoq piramida deb ataladi. Ko'pburchak piramidaning asosi deb ataladi. Piramida yon yoqlarining asosiga perpendikulyar yoki qiya bo'lishiga qarab, to'g'ri yoki og'ma piramida deb ataladi. Ko'pyoqning ikki yog'i, mos tomonlari bir-biriga parallel bo'lgan teng ko'pburchaklardan iborat bo'lib, qolgan yoqlari parallelogram bo'lsa, bunday ko'pyoq prizma deyiladi. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling