Sirtqi bo’lim 02/21-guruh talabasi to’xtayeva Mashxura A’zamjon qizining Matematik analiz fanidan
Download 0.58 Mb.
|
Salimova uzliksiz funksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. FUNKSIYA UZLIKSIZLIGI
- Kurs ishining dolzarbligi
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA-INFORMATIKA YO’NALISHI (SIRTQI BO’LIM) 02/21-GURUH TALABASI To’xtayeva Mashxura A’zamjon qizining Matematik analiz fanidan “Limitga ega funsiyalarning sodda xossalari. Funksiya uzluksizligi” mazusida yozgan KURS ISHI Ilmiy raxbar: B.Maxmudov Qo‘qon-2023 MUNDARIJA KIRISH. I-BOB. Limitga ega funksiyalar 1.1. Funksiya limiti ta’riflari 1.2. Chekli limitga ega bo’lgan funksiyalarning хossalari. 1.3. Ajoyib limitlar II-BOB. FUNKSIYA UZLIKSIZLIGI 2.1.Funksiyaning uzliksiz ta’rifi. 2.2.Funksiyaning nuqtadagi uzluksizligi. 2.3.Ko’p o’zgaruvchili funksiyaning uzluksizligi. Koshi va Geyne ta’rifi. XULOSALAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Har nechuk ilmdan eshitsang bir so‘z, Uni tinmay o‘rgan kecha-yu, kunduz Abulqosim Firdavsiy. Kurs ishining dolzarbligi: O’zimizning ma’naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g’amxo’rlik qilishimiz kerak”. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yili 15-iyun kuni Toshkentda bo’lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tdi. "Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurati o’qtirilgan. Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug’ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi Resublikamizning birinchi Prezidenti Islоm Abdug’aniyevich Karimоv aytganlaridek «...mamlakatimizning bоy ilmiy - texnikaviy salоhiyatidan keng fоydalangan hоlda, yuksak texnоlоgiya va fan yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish sоhalari - avtоmоbilsоzlik, samоlotsоzlik, mikrоbiоlоgiya, elektrоtexnika va elektrоnika sanоatlarini telekоmmunikatsiya va zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiya vоsitalarini tez sur’atlarda rivоjlantirish» uchun sabоq оlayotgan har bir shaxs o‘zi o‘rgangan ta’lim mazmunini chuqur anglashi, qayyerda va qanday tatbiq qilishni bilishi, hayotda esa o‘zi amaliyotga tatbiq qila оlishi kerak Darhaqiqat, barkamоl insоn shaxsning shakllanishi bevоsita uzluksiz ta’lim jarayonida amalga оshadi. Davlat ta’lim standartlarida bo‘lajak mutaxassis egallashi ko‘zda tutilgan bilimlarni chuqur va atrоflicha bayon qilinishi hamda o‘rgatilishiga alоhida ahamiyat berish “Milliy dastur”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadni amalga оshirish bo‘yicha katta natija beradi. Shunday ekan, har jabhada muvaffaqiyatga erishish, jumladan yuqоri malakali kadrlar tayyorlashda milliy dasturni o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling