Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot kafedrasi


Download 164.41 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi164.41 Kb.
#1501899
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biznes reja mohiyati va vazifalari U.Halilov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



Sirtqi bo’lim
Iqtisodiyot kafedrasi
BIZNES REJALASHTIRISH
Fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Biznes rejaning mohiyati va vazifalari.
BAJARDI: 927-21 talabasi U.Halilov.
QABUL QILDI: _____________________.

Jizzax_2023


Mavzu: Biznes rejaning mohiyati va vazifalari.


Reja:
1.Biznes-rejaning mohiyati va mazmuni.
2.Biznes-rejaning vazifalari.
3. Biznes-rejanining bo’limlari va tuzish bosqichlari.

Biznes reja mohiyati va mazmuni
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog‘liq degan fikr ham mavjud:
biznes yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish;
korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o‘z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
G’arblik iqtisodchi olimlarning o‘z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). SHu sababli ular o‘z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o‘z biznesi bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan shaxslarga yo‘naltiradilar.
Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo‘lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug‘ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni belgilab beradi, to‘rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o‘zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo‘yadi.
Biroq shunday bo‘lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko‘rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo‘ladilar. Aynan shu moment biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib qo‘yadi. SHu sababli biznes-rejani ishlab chiqish biirnchidan, qog‘ozda qolib ketmasdan amaliyotda qo‘llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan foydaning o‘sishi va korxonaning umumiy moliyaviy holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o‘ziga alohida e’tibor va chuqur o‘ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi.

Texnik-iqtisodiy asoslash. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq korxonani tashkil etishda korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Texnik-iqtisodiy asoslashga quyidagilarni kiritishlozim:



  1. Ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlarga talabni tahlil qilish.

  2. Ishlab chiqarish ко'rsatkichlari:

  1. talab qilinuvchi konstruktorlik, texnologik va boshqa hujjatlarning mavjudligi;

  2. ishlab chiqarish dasturi;

v) dasturni bajarish zarur mashina, asbob-uskuna va jihozlarning mavjudligi;
g) ishlab chiqarish quwatlari mavjudligi yoki ularning loyihasi;

  1. asosiy ishlab chiqarish fondlarining mavjudligi;

  2. ayrim turdagi mahsulot yoki xizmatlarning samarador ligi; yo)amortizatsiya to'lovlarining miqdori. 3.Moliyaviyko'rsatkichlar:

a) mahsulot sotish yoki xizmat ko'rsatishdan olinishi mo'ljallangan
daromad;
b) moddiy va unga tenglashtirilgan boshqa sarf-xarajatlar;
v)budjetga o'tkaziladigan to'lovlar;
g)sof daromad;
d)ishhaqijamgarmasi;
g) tashkil etilayotgan boshqa jamg armalar miqdori.
4.Ijtimoiyko'rsatkichlar:
^ishchilarningtaxminiysoni;
b)kutilayotganishhaqi miqdori;
v) bir ishchiga to'g'ri kelayotgan sotish miqdori;
g) nogironlar va pensionerlar mehnatidan foydalanish imkoniyati.

Download 164.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling