Sirtqi bo’lim jismoniy madainyat yo‘nalishi


O‘yin paytida nimalarni qilish mumkin-u, nimalarni qilish mumkin emas


Download 1.82 Mb.
bet10/11
Sana23.04.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1387620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Basketbol o’yin qoidalari

O‘yin paytida nimalarni qilish mumkin-u, nimalarni qilish mumkin emas


Agar o‘yinchi to‘pni ataylab oyog‘i bilan tepib yoki qo‘li bilan urib yuborsa, to‘p boshqa jamoaga beriladi. Bordi-yu, o‘yinchining oyog‘i bexosdan tegib ketsa, unda jarima ham berilmaydi, o‘yin ham to‘xtatilmaydi.
To‘pni yerga faqat bir (o‘ng yoki chap) qo‘l bilan urib yurib harakat qilishga ruxsat etiladi. To‘p bilan qancha qadam qo‘yilsa ham xato bo‘lmaydi (to‘p yerga urib yurilsa, albatta). To‘pni yerga urib yurish, yugurish to‘xtatildi deb aytish, bu o‘yinchining to‘p bilan to‘xtaganidir. Shundan so‘ng u to‘pni savatga tashlashi yoki sherigiga uzatishi mumkin.
O‘yinchi to‘p bilan xohlagan tomonga burilishi, harakatda bo‘la turib, ikki qadam yurib to‘xtashi, to‘pni uzatib yuborishi, to‘pni savatga otish uchun sakrashi mumkin, ammo oyog‘i yerga tushmay, to‘pni otib ulgurishi kerak. Sakrab to‘pni ilib olib bir oyoqqa tushish (shu tushgan oyoq boshqa qadam qo‘yilgunicha) tayanch oyoq deb hisoblanadi, bordi-yu qadam qo‘yib yurilsa, unda „probejka“ deyiladi.
Bundan tashqari, o‘yinchilar zonalar haqidagi qoidani ham bilishlari zarur, chunki jamoalarning o‘z zonasi hamda raqibning zonasi degan tushunchalar mavjud. Agar o‘yinchi hisoblangan hujumchi oldingi zonaga o‘tsa, u o‘yinchi orqa zonaga to‘p uzatishi man etiladi. O‘rta chiziqdan orqaga to‘p uzatish mumkin emas.
Basketbol o‘yini to‘rt taymdan iborat bo‘lib, har qaysi taym
10 daqiqa davom etadi. Birinchi taym—10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus; ikkinchi taym — 10 daqiqa o‘yin, 15 daqiqa tanaffus; uchinchi taym — 10 daqiqa o‘yin, 2 daqiqa tanaffus; to‘rtinchi taym —10 daqiqa o‘yin. Mabodo, o‘yinning ikkinchi yarmi tugallanishi oldidan natija durang bo‘lib qolsa, yana 5 daqiqa qo‘shimcha vaqt beriladi.
Uch, besh, o‘n soniyali qoidalar. Hujumchining oldingi hujum zonasiga o‘tib, jarima tashlash maydonchasiga kirib olishiga uch soniyali qoida deb aytiladi. U yerda to‘pli va to‘psiz hujumchi 3 soniyadan ortiq bo‘lishi man etiladi. Agar to‘pli o‘yinchi shu jarima maydonchasiga tushib qolsa, u uch soniya ichida to‘pni savatga tashlashi kerak.
Besh soniyali qoidada, agar o‘z zonasi ichidagi o‘yinchi to‘pni olgach, 5 soniyada uni uzatmasa, dumalatmasa yoki yerga urib yurmasa, hakam to‘pni oladi va „bahsli to‘p“ belgilaydi. Jarima to‘pini tashlayotgan o‘yinchi ham 5 soniya ichida to‘pni tashlashi kerak.
O‘n soniyali qoida hujumga o‘tayotgan jamoa o‘zining zonasidan oldingi zonaga o‘tishida ishlatiladi.
Jarima to‘pi. Bu qoida, amalda, hujum vaqtida, bir jamoaning o‘yinchilari raqibini (himoyachini, ayrim paytlarda hujumchi bo‘lishi ham mumkin) qo‘pollik bilan turtib, qo‘liga urib yuborsa va shu kabi xatolarga yo‘l qo‘yganida 1, 2, 3 jarima to‘pi berishda qo‘llaniladi. Bunday jarima to‘pini tashlashni, ko‘pincha, qo‘pollikka uchragan o‘yinchi bajaradi. O‘yinchi to‘pni jarima chizig‘ini bosmay turib, xohlagan usul bilan tashlashi lozim. Lekin to‘p avval halqaga, savatga yoki shitga borib tegishi kerak. Bu qoida bajarilayotganda boshqa o‘yinchilar xalaqit bermasliklari lozim. Agar o‘yinchilar to‘p trapetsiya chizig‘idan nari tushguncha bosib o‘tsalar, to‘p qayta tashlanadi.
Texnik fol — qo‘pol muomala jarimasi. Bu jarima to‘pi zaxiradagi o‘yinchiga, murabbiyga nisbatan qo‘llaniladi. Agar ular hakamni haqorat qilib (masxaralasa, qo‘pol so‘z aytsa), o‘yinning tinch o‘tishiga xalaqit bersa, ikkita jarima to‘pi beriladi. To‘pni ushbu jarimani bajaruvchi jamoaning xohlagan o‘yinchisi maydonning markaziy chizig‘idan kiritadi.
Shaxsiy fol tez-tez uchrab turadi va u, ayniqsa, hujumchi bilan himoyachining to‘p uchun kurashi paytida, shit tagida sakraganda, to‘pni biri tushirishga, ikkinchisi, ya’ni himoyadagi o‘yinchi xalaqit berib, to‘pni qaytarishga harakat qilganida qo‘pollik qilib, qo‘liga urib qo‘yishi, gavdasi bilan turtishi yoki to‘pni tashlaganda ushlab qolish natijasida sodir bo‘ladi.
Mana shunday xatolarga yo‘l qo‘yilganda hakam jarima to‘pini belgilaydi. Har bir jamoa o‘yin davomida xohlaganicha o‘z o‘yinchilarini almashtirish huquqiga ega (jarima to‘pini tashlashda, bir daqiqali vaqt olganda, o‘yinchi jarohatlanganda, to‘p maydondan tashqari chiqqanda, agar to‘p o‘sha jamoaning o‘zida bo‘lganda). Har bir jamoa o‘yin yarmida 2 daqiqali tanaffus olish huquqiga ega.

XULOSA
1. Tadqiqotda Mavzuga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlilidan shu narsani e’tirof etishga imkon beradiki, tezkorlik-kuch sifatlarini dastlabki bosqichidan tarbiyalab borish sport mahoratini samaraliroq shakllanishiga imkoniyat yaratadi.


2.Mavzuga oid adabiyotlarning ayrimlarida tezkorlik-kuch sifatlarni nafaqat an’anaviy standart mashqlar yordamida rivojlantirish, balki boshlang’ich sport tayyorgarligi unumli kechishi uchun barcha jismoniy sifatlarni milliy harakatli o’yinlarni qo’llash maqsadga muvofiq deb tan olingan.
3. Pedagogik tadqiqot davomida tadqiqot guruhida qo’llanilgan milliy harakatli o’yinlar va maxsus mashqlar o’rganilayotgan jismoniy sifatlarning samarali rivojlanishi mumkin ekanligini isbotlab berdi. Bunday natija nazorat guruhida qayd etilmadi.
4.Mashqlar ta’siri ostida harakat faoliyatining sifat tamoyillari aloxida xarakterga ega bo’ladi. Sifat ijobiy va salbiy bo’ladi. Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, kuchni tarbiyalashda muskul rivojlantiradigan omillarni ko’rib chiqdik. Bu tadqiqot kuzatilmagan muskullar ish samaradorligini oshirishda, tupsiz mashq bajarishini nazorat qilindi.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling