Sirtqi bo’lim “moliyaviy tahlil” fanidan


Download 72.9 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi72.9 Kb.
#1129167
  1   2   3   4
Bog'liq
Юлдашова Дилрабо Молиявий тахлил


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



SIRTQI BO’LIM
MOLIYAVIY TAHLIL” FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborotlar


Bajardi: SBI-52 guruh
talabasi Yuldashova Dilrabo
Toshkent – 2021

Mavzu: Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborotlar

Kirish
Reja:



  1. Moliyaviy tahlil tushunchasi

  2. Moliyaviy tahlil va uning tashkil etilishi

  3. Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan boshqa axborotlar

  4. Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo’yiladigan talablar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning xo’jalik moliya faaoliyatini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqil mamlakatimizning hisob tizimini to’g’ri yo’lga qo’yish, shuningdek, iqtisodiy jarayonlardagi o’zgarishlarni makro va mikro jihatdan tahlili, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojining muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish-tijorat va moliya faoliyatini tahlil etish asosida xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar, iqtisodiyotimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarning alohida olingan korxonalar misolidagi holatiga baho berish va shu asosda tarmoq, xudud va mamlakat iqtisodining ravnaqini ham belgilash mumkin bo’ladi. Iqtisodiy tahlilni rejali iqtisodiyot davridan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi o’zgarishlarini bir so’z bilan bayon qilishni imkoni yo’q. Bu o’zgarishlarni iqtisodiy tahlilni nafaqat uning nazariy asoslarida balki, uslubiy, tashkiliy, xuquqiy, amaliy asoslarida ham ko’rish mumkin. Iqtisodiy tahlil, nafaqat firma va kompaniyalar boshqaruvining muhim vositasi, balki bozor iqtisodiyotining muhim dastaklaridan biri sifatida shakllanmoqda. Aniq fanlar qatoriga kiruvchi buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanganligiga 5 asrdan oshdi (agarda Luka Pochalinining 1494-yilda ikki yoqlama yozuv usuliga asos solingan” kitobini nashr etilishi bilan belgilasak). Audit fanining tashkil topganligiga 2 asrdan oshdi.1 Iqtisodiy tahlilni fan sifatida shakllanganligiga esa endigina bir asrdan oshdi. Lekin shunga qaramay u o’zining boy tarixiga ega. Ushbu fan, dastlab balansshunoslik, keyinchalik balansni talqini, balansni tahlili, hisobotlar tahlili, iqtisodiy tahlil, sotsial-iqtisodiy tahlil, xo’jalik faoliyati tahlili deb nomlandi. Bugunga kelib esa boshqaruv va moliyaviy tahlilga bo’lingan holda yuritilmoqda. Iqtisodiy tahlil fan sifatida Respublikamizda o’qitila boshlanganligidan bo’yon endigina 40 yilga yaqin vaqt o’tdi. XX-asrning 90 yillari o’rtalariga kelibgina u o’zining rivojlanish, takomillashish bosqichiga kirdi. Fan – fan bo’lishi uchun u o’zining aniq ob’ektiga va shu ob’ektni o’rganishni vositalariga, usullariga ega bo’lmog’i lozim. Moliyaviy tahlil fani ham o’zining ob’ektiga va uni o’rganishning uslubiy asosiga ega. Xuddi shu holat uning fan sifatida o’quv dasturlariga kiritilishiga, nazariy asosini yaratilishiga, amaliyotda tashkil etilishiga, xuquqiy va tashkiliy asoslarining vujudga kelishiga zaruriyat tug’dirdi. Amaliyotning ilgarilab ketishi bilan XX asrning so’ngi 10 yilligi uning O’zbekistonda fan sifatida shakllanishiga va ichki va tashqi boshqaruvchilarning muhim dastagiga aylanishiga zamin yaratdi. Moliyaviy tahlilni predmeti (ob’ekti) deb - firma va kompaniyalarni moliyaviy holatini yakuniy xisobot shakllarida ifodalangan axborotlarga tayangan holda ko’rsatkichlar asosida, ichki va tashki omillarga bog’liq ravishda davriy o’rganishga aytiladi.
Moliyaviy tahlil o’rganiladigan masalalarning ko’lami, maqsadi, mazmuni va vazifalari bilan tubdan farq etadi. Moliyaviy tahlil maqsadi - firma va kompaniyalar moliyaviy holatini, moliyaviy hisobot ma’lumotlarida ifodalangan ko’rsatkichlar tizimidan foydalangan holda baholashga aytiladi. Moliyaviy tahlil mazmunini;
* firma va kompaniyalar mulki, kapitali va majburiyatlarini, ularning o’zgarishlarini tahlil etish;
* firma va kompaniyalar moliyaviy natijaviyligi va rentabelligini baholash;
* asosiy va oborot kapitali holati, harakati, samaradorligini tahlil etish;
* pul mablag’lari va moliyaviy qo’yilmalarni tahlil etish;
* xususiy mablag’lar va ularning o’zgarishini tahlil etish;
* firma va kompaniyalarning iqtisodiy va moliyaviy salohiyati, mehnat salohiyatini tahlil etish;
* firma va kompaniyalarni to’lovga qobilligi va mablag’lar harakatchanligini tahlil etish;
* firma va kompaniyalar bozor aktivligi va ish aktivligini tahlil etish;
* firma va kompaniyalar moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy nochorligini tahlil etish kabi masalalar tashkil etadi. Moliyaviy tahlil oldiga qo’yiladigan vazifalar;
* firma va kompaniyalar faoliyatiga to’g’ri va xolisona baho berish;
* ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatga jalb qilingan barcha mulk va mablag’lardan samarali foydalanishning holatini aniqlash;
* firma va kompaniya faoliyatining natijasi va uning moliyaviy axvoliga baho berish;
*firma va kompaniyalarning bozordagi o’rni va uning iqtisodiy reytingini baholash;
* iqtisodiy harakatda maqsadga erishish yuzasidan ichki imkoniyatlarni topish va ularni yo’lga qo’yishni chora-tadbirlarini belgilab olishdan iboratdir.


Download 72.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling