Sirtqi fakultet “ soliqlar va sugurta” kafedrasi
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligi stavkalari
Download 111.46 Kb.
|
soliq
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligi stavkalari.
Izoh: 1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash boyicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bolmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 2100,0 ming som, boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 920,0 ming som miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi. 2. Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bolgan pensionerlar uchun mol-mulk soligi boyicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonning 60 kv. metri hajmida belgilanadi. Quyidagilarning mulkida bolgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 1) «Ozbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bolgan, uchala darajadagi SHuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha «Ozbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi togrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boyicha bolimning malumotnomasi asosida beriladi; 2) 19411945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boyicha bolimning yoxud boshqa vakolatli organning malumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga Nogironning imtiyozlarga bolgan huquqi togrisidagi guvohnoma asosida beriladi; 3) on nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning ozini ozi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi malumotnomasi asos boladi; 4) Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi; 5) qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon olchami doirasida pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi; 6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining malumotnomasi asosida beriladi; 7) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bolganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoxud frontda bolish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bolgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining); 8) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila azolarining (xizmatni otash davrida). Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli boladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qollanilmaydi. Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda tolanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq tolovchining yashash joyidan qati nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan kochmas mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazuvchi organning malumotlari asosida amalga oshiriladi. Kochmas mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazuvchi organ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha obyektning 1 yanvarga bolgan holatiga kora inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini korsatgan holda malumot taqdim etadi. Soliq Kodeksining 275-moddasida korsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bolgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bolgan holatiga kora inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bolgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi. Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bolgan mulk huquqini yoqotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan etiboran tolanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan etiboran tolanadi. Meros boyicha otgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxorlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan etiboran tolanadi. Soliq solish obyekti yoq qilingan, vayron bolgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yoq qilingan, vayron bolgan yoki buzib tashlangan oydan etiboran toxtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning ozini ozi boshqarish organi tomonidan berilgan yoq qilinganlik, vayron bolganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bolgan taqdirda, amalga oshiriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan oydan etiboran amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni tolash togrisidagi tolov xabarnomasi soliq tolovchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun tolash teng ulushlarda bir yilda ikki marta amalga oshiriladi: hisobot yilining 15 iyuniga qadar; hisobot yilining 15 dekabriga qadar. Download 111.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling