Sirtqi fakultet “ soliqlar va sugurta” kafedrasi
Download 111.46 Kb.
|
soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligini hisoblash va tolash tartibi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTISIRTQI FAKULTET “ SOLIQLAR VA SUGURTA” KAFEDRASI “MENEJMENT” TALIM YONALISHI 3-KURS M-80 GURUXI TALABASI SHODIYEV BEXZODJONNING SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN
Reja:
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligini tolovchlar Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligini soliqqa tortish obyekti. Jismoniy shaxslarning jami daromadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligini hisoblash va tolash tartibi.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga tolash tartibi Tayanch iboralar: Jismoniy shaxslar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, mehnatga haq tolash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy naf tarzidagi daromadlar, boshqa daromadlar, imtiyozlar. Jismoniy shaxslar, mol-mulk, soliq tolovchilar, soliq solish obyekti, uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, soliqni hisoblash tartibi, soliq boyicha imtiyozlar, soliq stavkalari. Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bolgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi tolovchilardir. Jismoniy shaxslarningOzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq Kodeksining 169181, 183196-moddalariga muvofiq soliq solinadi, bundan Ozbekiston Respublikasidagi ushb Kodeksning 182-moddasiga muvofiq soliq solinadigan doimiy muassasa bilan bogliq bolmagan manbalardan olingan Ozbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari mustasno. Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir: Ozbekiston Respublikasi rezidentlarining Ozbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari; Ozbekiston Respublikasi norezidentlarining Ozbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qatiy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligining soliq solish obyekti bolmaydi. Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq Kodeksining 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi. Agar soliq tolovchining daromadidan uning ixtiyoriga kora, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 1) mehnatga haq tolash tarzidagi daromadlar; 2) mulkiy daromadlar; 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 4) boshqa daromadlar. Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi: 1) xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq sut hamda boshqa davolash-profilaktika oziq-ovqati, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan taminlash boyicha xarajatlar; 2) kasaba uyushmasi qomitasi tomonidan amalga oshiriladigan tolovlar, shu jumladan azolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi azolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qomitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa tolovlar mustasno; 3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish bilan bogliq xizmat transportini saqlash xarajatlari; 4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini otkazish, vakillik xarajatlari, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini taminlash bilan bogliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar; 5) xodimga ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bolgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish boyicha xarajatlar; 6) xodim boshqa joyga ishga otkazilganda yoxud kochib borganda kochish, mol-mulkini kochirib borish, joy ijarasi (yol xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bogliq xarajatlarni tolash yoki bu xarajatlarning ornini qoplash xarajatlari; 7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya tolovlari: tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq tolashni qoshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan tolovlar. Yol hujjatlari bolmagan taqdirda, temir yol transportidagi (agar temir yol qatnovi bolmasa, shaharlararo avtobusdagi) yol haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda; uy-joyni ijaraga olish boyicha haqiqatda amalga oshirilgan tolovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bolmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida; tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun tolovlar; qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bolingan vaqt uchun tolanadigan kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar); qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa tolovlar; 8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga tolanadigan kompensatsiya tolovlari (kompensatsiyalar): doimiy ishi yolda kechadigan yoki harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bolgan xodimga kompensatsiya tolovlari (kompensatsiyalar); xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya tolovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno; dala taminoti; amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kompensatsiya tolovlari (kompensatsiyalar); 9) mehnatda mayib bolganlik yoki sogliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogliq zararning ornini qoplash boyicha quyidagi miqdordagi tolovlar: jabrlanuvchi mehnatda mayib bolguniga qadar olgan ortacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik tolovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bolib qolgan taqdirda, zararning orni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bolmagan miqdorda qoplanadi); maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoshimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi tolovlar; jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoshimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi tolovlar; xodimning sogligiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yola tolanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik ortacha ish haqi miqdoridagi tolovlar; 10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi tolovlar: marhumning ortacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogida bolgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bolgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga togri keladigan ulushi miqdoridagi tolovlar; boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bolgan shaxslarga bir yola tolanadigan nafaqa tariqasida marhumning ortacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi tolovlar; 11) talabalarning talim olishi uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bolsa, Ozbekiston Respublikasining oliy oquv yurti bilan togridan-togri shartnomalar boyicha pulli-kontrakt asosida otkaziladigan tolovlar; 12) Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisobvaragiga muqobil xizmat shartnomasi boyicha otkaziladigan mablaglar; 13) mol-mulkni sugurtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sugurtalash boyicha sugurta mukofotlari. Mol-mulkni sugurtalash va (yoki) hayotni uzoq muddatli sugurtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sugurtalovchi sugurta qilinuvchiga sugurta mukofotining bir qismini yoki toliq qaytarsa, qaytarilgan sugurta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi; 14) yosh oilalar azolarining uy-joy olish uchun yuridik shaxsdan ish beruvchidan olgan mablaglari. Uy-joy olingan (mulk huquqi davlat royxatidan otkazilgan) sanadan etiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda korsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi. Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar korsatish predmeti bolgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va tolanadigan barcha tolovlar mehnatga haq tolash tarzidagi daromadlar deb etirof etiladi. Mehnatga haq tolash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi: ragbatlantirish xususiyatiga ega bolgan tolovlar; kompensatsiya tolovlari (kompensatsiya); ishlanmagan vaqt uchun haq tolash. Ragbatlantirish xususiyatiga ega tolovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yillik ish yakunlari boyicha mukofot, bir yola beriladigan mukofotlar; 2) yuridik shaxsning mukofotlash togrisidagi qoidasida nazarda tutilgan ragbatlantirish xususiyatiga ega tolovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) tatilga har yilgi qoshimcha haqlar; 5) kop yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va tolovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun tolov. Mehnatga haq tolash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya tolovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bolgan joylardagi ishlar bilan bogliq qoshimcha tolovlar; 2) Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasblar va ishlar royxati boyicha ogir, zararli, ota zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar; 3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qoshimcha tolovlar; 4) kop smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik va xizmat korsatish doirasini kengaytirganlik uchun ustamalar; 5) doimiy ishi yolda kechadigan, harakatlanish va (yoki) kochib yurish xususiyatiga ega bolgan xodimlarning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda, ish haqiga ustamalar; 6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yigilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yolga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yolda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida tolanadigan summalar; 7) yer osti ishlarida doimiy band bolgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meyoriy vaqti uchun tolanadigan qoshimcha haqlar; 8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala taminoti; 9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun tolovlar; 11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun tolovlar; 12) mehnatda mayib bolganlik yoki sogliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogliq zararning ornini qoplash uchun soliq Kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida korsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar. Ishlanmagan vaqt uchun haq tolashga quyidagilar kiradi: 1) qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yillik) va qoshimcha tatillarga haq tolash, foydalanilmagan navbatdagi (har yillik) va qoshimcha tatillar uchun kompensatsiya, osmirlarning imtiyozli soatlariga, onalar bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy korikdan otish bilan bogliq vaqt uchun haq tolash; 2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy tatilda bolgan xodimlarga beriladigan tolovlar; 3) donor xodimlarga korikdan otish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq tolash; 4) Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq tolash; 5) qishloq xojaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boyicha saqlab qolinadigan ish haqi; 6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim boyicha maoshi miqdorlari malum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni tolash; 7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oqishlari vaqtida asosiy ish joyi boyicha ularga tolanadigan ish haqi; 8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq tolash; 9) mehnat layoqatini vaqtincha yoqotgan xodimlarga qoshimcha haq tolash; 10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti yoki kam haq tolanadigan ishni bajarganlik uchun haq tolash; 11) on ikki yoshga tolmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki on olti yoshga tolmagan nogiron bolasi bor ayollarga qonun hujjatlariga muvofiq qoshimcha tatil haqini tolash; 12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq tolash; 13) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oxshash organi) azolariga yuridik shaxsning ozi amalga oshiradigan tolovlar; 14) moddiy yordam tolovi; 15) yuridik shaxsning mablaglari hisobidan tolanadigan pensiyalar va nafaqalarga qoshimchalar, stipendiyalar; 16) oliy oquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga tatil vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan tolanadigan nafaqalar; 17) xodimga muhim sana, uzoq yillik xizmati, jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlari munosabati bilan tolanadigan ragbatlantirish tarzidagi tolov Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) foizlar; 2) dividendlar; 3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; 4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bolgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; 5) sanoat mulki obyektlariga berilgan patent (litsenziya) sotilgan taqdirda, patent (litsenziya) egasi bolgan jismoniy shaxs sotishdan olgan daromad; 6) royalti; 7) qimmatli qogozlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar va yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini (payini) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; 8) soliqlar va boshqa majburiy tolovlar tolaganidan keyin xususiy korxona mulkdori hamda fermer xojaligi boshligi, xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notarius ixtiyorida qoladigan foyda summasi. Soliq tolovchi tomonidan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlar quyidagilardir: 1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini kozlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni tolash, shu jumladan: jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha talim muassasalarida oqitish, tarbiyalash; kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning ornini qoplash qiymatini tolash; oziq-ovqat, oylik yol chiptalari yoki ularning ornini qoplash qiymatini tolash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yollanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning ornini qoplash qiymatini tolash; yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bolgan boshqa xarajatlari; 2) sovgalar, tekin berilgan, shu jumladan hadya qilish shartnomasi asosida berilgan tovarlar, soliq tolovchining manfaatlarini kozlab, bajarilgan ishlar va korsatilgan xizmatlar qiymati; 3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o’rtasidagi salbiy tafovut; 4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo’l, aviatsiya, daryo, avtomobilь transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar summasi; 5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari; 6) ish beruvchi tomonidan to’lovlar hisobiga to’lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bolgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. Soliq tolovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan Aksiz tolanadigan tovarlar yoki qoshilgan qiymat soligi solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida Aksiz soligining va qoshilgan qiymat soligining tegishli summasi hisobga olinadi. Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) davlat ijtimoiy sugurtasi boyicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar; 2) stipendiyalar; 3) jismoniy shaxslarga xayriya va ekologiya jamgarmalarining mablaglaridan korsatiladigan moddiy yordam; 4) donorlik uchun pul mukofotlari; 5) alimentlar; 6) hayvonlarni (qoramol, parranda, moynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; 7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boyicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati; 8) musobaqalarda, koriklarda, tanlovlarda sovrinli orinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari; 9) yutuqlar; 10) grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari boyicha olingan summalar; 11) jamgarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boyicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamgarib boriladigan pensiya tolovlari; 12) yaratilgan fan, adabiyot va sanat asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar; 13) Ozbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bolgan jismoniy shaxslar olgan bir yola beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgalarining qiymati; 14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli orinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yola beriladigan pul mukofoti; 15) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asos boyicha tugatilgan taqdirda, mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan boshatish nafaqasi va boshqa tolovlar. Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: 1) moddiy yordam summalari: tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari tolaligicha; vafot etgan xodimning oila azolariga yoki oila azosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda; boshqa hollarda eng kam ish haqining on ikki baravarigacha miqdorda; 2) yollanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan toliq yoki qisman qoplash summalari, turistik yollanmalar bundan mustasno: Ozbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va soglomlashtirish muassasalariga yollanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga toliq yoki qisman qoplash summalari; Ozbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa soglomlashtirish oromgohlari, shuningdek ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus moljallangan sanatoriy-kurort va soglomlashtirish muassasalariga oz xodimlarining on olti yoshga tolmagan (on sakkiz yoshgacha bolgan oquvchilar) bolalari uchun yollanmalar qiymatini toliq yoki qisman qoplash summalari; 3) oz xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat korsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan tolangan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat korsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat korsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sogliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq tolangan taqdirda, shuningdek sogliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moljallangan naqd pul mablaglari bevosita xodimga, xodim yoqligida, uning oila azolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moljallangan mablaglar xodimning bankdagi hisobvaragiga kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi; 4) Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining Ozbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida; 5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taminlash markazlari komagida amalga oshirilayotgan bolsa; 6) soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni tolaganidan keyin xususiy korxona mulkdori, fermer xojaligi boshligi ixtiyorida qoladigan foyda summasi; 7) Ozbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bolgan jismoniy shaxslar olgan bir yola beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgalarining qiymati; 8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli orinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yola beriladigan pul mukofoti; 9) sanoat mulki obyektlariga va selektsiya yutugi patentiga patent (litsenziya) egasi bolgan jismoniy shaxsning patentni (litsenziyani) ularning amal qilish muddati doirasida, lekin foydalanish boshlangan kundan etiboran quyida korsatilgan davrdan kop bolmagan muddatda sotishdan olgan daromadi summasi: ixtirolar va selektsiya yutugidan besh yil davomida; sanoat namunasidan uch yil davomida; foydali modeldan ikki yil davomida; 10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar; 11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bolgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan mol-mulkni sotishdan tushadigan daromadlar bundan mustasno; 12) uy xojaligida, shu jumladan dehqon xojaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, moynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar soliq tolovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organi, bogdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan mahsulot soliq tolovchi tomonidan unga yoki uning oila azolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi; 13) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati; 14) yuridik shaxslardan olingan, soliq davrining oxiridagi holatga kora belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, bir yil mobaynidagi eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha bolgan summadagi sovgalarning qiymati; 15) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va sanat asarlarining, adabiyot va sanat asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxorlariga (huquqiy vorislariga) tolanadigan pul mukofotlari mustasno; 16) davlat zayomining obligatsiyalari boyicha yutuqlar, shuningdek Ozbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogozlari boyicha foizlar, lotereya boyicha yutuqlar; 17) depozit sertifikatlar boyicha daromadlar, tijorat banklaridagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari boyicha foizlar hamda yutuqlar; 18) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish boyicha organning xulosasi bolgan taqdirda, yuridik shaxsdan grant oluvchidan olgan grant summasi; 19) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini olish uchun yonaltiriladigan summalari, shuningdek dividendlar tarzida olingan va dividend tolagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yonaltirilgan qoshimcha aktsiyalarning qiymati yoki otgan yillardagi taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) kopaytirishga yonaltirilganda aktsiyalar nominal qiymatining kopayishi tarzida olingan daromadlar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz qollanilganidan song bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda), mazkur mol-mulk sotilganda yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) ortasida taqsimlanganda ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak; 20) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining on ikki baravari miqdori doirasida tolanadigan ishdan boshatish nafaqasi, davlat ijtimoiy sugurtasi va davlat ijtimoiy taminoti boyicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, homiladorlik va tugish nafaqalari, bundan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor azosini parvarishlash nafaqalari) mustasno, shuningdek xayriya va ekologiya jamgarmalari mablaglaridan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam turlari; 21) olingan alimentlar; 22) Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining sugurta boyicha oladigan summalari; 23) talim muassasalarida oqiyotganlarga tolanadigan, ularga qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda shu muassasalar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalar; 24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq tolash boyicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul tolovlari; 25) davlat pensiyalari; 26) davlat pensiyalariga ustamalar: a) I guruh urush nogironlariga eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik foizi; b) II guruh urush nogironlariga eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma besh foizi; v) III guruh urush nogironlariga eng kam oylik ish haqining yetmish besh foizi; g) kozi ojizlik boyicha I guruh nogironlariga eng kam oylik ish hakining yuz foizi; d) boshqa kasalliklar boyicha I guruh nogironlariga eng kam oylik ish haqining yetmish besh foizi; e) II guruh yolgiz nogironlarga eng kam oylik ish haqining ellik foizi; j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga eng kam oylik ish haqining ellik foizi; z) 19411945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga eng kam oylik ish haqining ottiz foizi; i) vafoti harbiy xizmat burchlarini bajarish bilan bogliq harbiy xizmatchilarning ota-onalari va xotinlariga (yangi nikohdan otmaganlarga) eng kam oylik ish haqining ottiz foizi; k) Ozbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bolgan shaxslarga xizmatlariga qarab, eng kam oylik ish haqining yuz foizdan bir yuz ellik foizigacha; l) yoshidan qati nazar, imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bolgan artistlarga eng kam oylik ish haqining yetmish besh foizi; m) teatr-kontsert tashkilotlari artistlariga va badiiy xodimlariga, oquv muassasalarining teatr hamda musiqa sanati ijodiy xodimlarini tayyorlash bilan band bolgan professor-oqituvchilari va kontsertmeysterlariga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan royxatga kora eng kam oylik ish haqining ellik foizi; 27) jamgarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boyicha foiz daromadlari, shuningdek jamgarib boriladigan pensiya tolovlari; 28) soliq solinishi kerak bolgan va mol-mulkni sugurta qilish hamda hayotni uzoq muddatli sugurta qilish boyicha sugurta mukofotlari tolovi uchun yonaltiriladigan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari ish haqining hamda boshqa daromadlarining summalari; 29) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subektiga yuridik shaxsga uning majburiyatlarini bajarish uchun yonaltiriladigan daromadlari summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili toxtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qollanilmaydi va soliq summasi imtiyoz qollanilgan butun davr uchun toliq miqdorda undiriladi; 30) jismoniy shaxslarning yosh oila azolari ish haqining va soliq solinadigan hamda yakka tartibda uy qurish, uni rekonstruktsiya qilish va olish yoki kop kvartiradagi uyni rekonstruktsiya qilish va olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ularga hisoblangan foizlarni qoplash uchun yonaltiriladigan boshqa daromadlarining summalari. Mazkur mol-mulk olingan (mulk huquqi davlat royxatidan otkazilgan) sanadan etiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinishi kerak. Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bolgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bolsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xojaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tolovchilaridir. Agar kochmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bolmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bolsa, osha shaxs soliq tolovchidir. Ozbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir. Kochmas mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining inventarizatsiya qiymati tolovchilar uchun soliq solinadigan bazadir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bolmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti boyicha tolovchi bolgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt boyicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Download 111.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling