Sirtqi” fakultet “bank ishi kafedrasi”
Iste’mol krediti haqida tushuncha. va uni rasmiylashtirish shartlari
Download 100.74 Kb.
|
Overdraft kreditlash
3. Iste’mol krediti haqida tushuncha. va uni rasmiylashtirish shartlari.Overdraft kontokorrentning alohida shakli hisoblanadi. Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, bank mijozga qisqa vaqt davomida uning hisob-kitob hisobvarag‘ida debet qoldiq bo‘lishga ruxsat beradi.Overdraftdan foydalanish huquqi, qoida tariqasida eng ishonchli mijozlarga beriladi.Overdraft hisobvarag‘idan kreditlar qarz oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi.To‘lovlarning boshqa turlari (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) overdraft hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i doirasida o‘tkaziladi. Overdarft qo‘llanilganda qarz oluvchining overdraft hisobvarag‘iga kiritiladigan barcha summalar qarzni qoplashga yo‘naltiriladi. Natijada mablag‘lar kelib tushgani sayin kredit hajmi o‘zgarib borishi mumkin. Qarzdan foydalangalik uchun foizlar amaldagi kelishilgan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Kontokorrent hisobvarag‘idagidan farqli o‘laroq, overdraft ko‘rinishidagi qarz bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit berish shartlari va uni qaytarish tartibiga ko‘ra bank qarz oluvchiga hisobvaraqda turgan mablag‘lardan ortiq summadagi haqni to‘lashga ruxsat etmaslik huquqiga ega bo‘ladi. Overdraft shaklida kredit berilganda kredit oluvchi har bir oy oxirida overdraft bo‘yicha kredit qoldig‘i bo‘lishini ta’minlagi lozim. Agarda bankda mijozning depozit hisobvarag‘i bo‘lsa, u holda depozit mablag‘lari dirasida unga doimiy debet qoldig‘iga ega bo‘lish huquqi beriladi. Oy oxirida ushbu bankda qarz oluvchining depozit mablag‘lari bo‘lmasa va overdraft bo‘yicha debet qoldig‘i bo‘lsa, u to‘liq qoplangunicha bunday qarz berish to‘xtatib turiladi. Qarz oluvchi overdraftdan foydalanilgan hollarda u mazkur kredit turini boshqasiga qayta rasmiylashtirish huquqiga ega. Buning uchun kredit qaytarilishi ta’minlangan bo‘lishi hamda qisqa muddatli kreditlash yuzasidan belgilangan muddatga rioya etilishi shart. Overdraft kontokorrent sifatida qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Lombard krediti asosiy faoliyatga taalluqli tovar-modiiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun qimmatli qog‘ozlarni garovga olib, alohida qarz hisobvarag‘idan beriladigan qisqa muddatli qarzdir. Lombard krediti ta’minoti sifatida quyidagilar garov shartnomasi rasmiylashtirilib berilishi mumkin: davlat qimmatli qog‘ozlari; boshqa emitentlarning aksiyalari va obligatsiyalari, veksellari va depozit sertifikatlari. Bankning o‘z aksiyalari garov sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Lombard kreditining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, garov shartnomasi tuzilgan kundagi nominal qiymat bo‘yicha emas, balki garov sotilayotgan vaqtda yuzaga keladigan kurs xatarlari munosabati bilan, uning muayyan qismi uchun baholanadi. Shu bois, qimmatli qog‘ozlarni garovga olib lombard kreditini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda bank qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bir vaqtda kredit ta’minoti tarzida qabul qilinadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida hamda ularning kurs xatari darajasini baholashga alohida e’tibor beradi. Shu tariqa, qimmatli qog‘ozlar kotirovkalanayotganda ularning kurs xatarini belgilab beruvchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi birja kursi o‘zgarishlari munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning garov qiymati birja qiymatining 80 foizidan, kotirovkalanayotgan qimmatli qog‘ozlar garov qiymati esa, nominal qiymatning 60 foizidan oshmasligi zarur. Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib beriladigan kredit muddati qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish muddatidan oshmasligi lozim. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining birja kurs kredit shartnomasida qayd etilayotganida fond birjasidagi oxirgi savdolarda chiqarilgan kotirovka ma’lumotlari hisobga olinadi. Davlat qimmatli qog‘ozlari reyting sifati ayniqsa yuqori darajada bo‘ladi. Shu bois ular garovga qabul qilinayotganda beriladigan kreditning maksimal summasi ular garov qiymatining 90 foizigacha etishi mumkin. Qarz oluvchi fond bozoridagi sotib olgan boshqa qimmatli qog‘ozlar garovga olinayotganda kredit maksimal summasi ular garov qiymatining 80 foizidan yuqori bo‘lmaydi. Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foiz to‘lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlash tartibiga o‘xshashdir. Asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash maqsadida tuzilgan pul hisob-kitob hujjatlari pulini to‘lash uchun qabul qilinadi. Qarz oluvchi bankka garovga qo‘ygan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga foizlar qo‘shilmaydi. Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib kredit shartnomasi tuzilganidan keyin bank qimmatli qog‘ozlar emitentiga uning qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bitimi tuzilganligini hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar kiritilishi lozim bo‘lgan depozit hisobvarag‘i raqamini ma’lum qiladi.Lombard kredit beriladigan hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisobvarag‘iga qo‘yiladi (depozit shartnomasi rasmiylashtirilmasdan) va birinchi navbatda ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi. Kreditlash jarayonida bank garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi birja kursidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari yordamida axborot to‘plab beradi. Kreditlash davomida Fond birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati pasaygan bo‘lsa, u holda kredit qo‘mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga shu summada qo‘shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori kamaytirilib, kreditning ta’minlangan qismi muddatidan oldin undirib olinishi mumkin. Lombard krediti bo‘yicha barcha majburiyatlari bajarilgandan keyingina garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha olingan daromadlar qarz oluvchiga qaytariladi. Lombard kredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hollarda bank imtiyozli davr tugaganidan keyin garov to‘g‘risidagi amaldagi qonunga muvofiq o‘z garov huquqidan foydalanadi. Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining shakllaridir. Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’mol krediti shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) bo‘yicha to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi. Iste’mol krediti berish qoidalari iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Iste’mol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi va ularda iste’mol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, iste’molchi to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovlar jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik o‘zgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga ta’sir etmaydi. Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanilganda: shartnoma iste’molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin; iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart. Moliyaviy iste’mol krediti berish O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi. Iste’molchi tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi: bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; uchinchi shaxslarning kafilligi; mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari; qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin. Iste’molchining daromadlari hajmi, shuningdek shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ta’minoti iste’mol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun etarli bo‘lishi kerak. Moliya iste’mol krediti berish shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi va ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. Iste’molchi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil iste’mol kreditini qaytarish muddati tugagach, iste’mol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq iste’mol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashi shart. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga; Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga. Ipoteka krediti quyidagi muddatlarga beriladi: a) Jamg‘arma kredit yo‘nalishi mablag‘lari hisobidan: 1) oila a’zolari yashashiga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi va ko‘p kvartirali uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan uylarni sotib olish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga; 2) yakka tartibda qurilgan uylarni qayta qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 5 yilgacha muddatga; b)bankning o‘z mablag‘lari va boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan: 1)oila a’zolari yashashiga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi va ko‘p kvartirali uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan uylarni sotib olish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga; 2)yakka tartibda qurilgan uylarni qayta qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 5 yilgacha muddatga. 3) yosh oilalarga beriladigan kreditlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga. Bank tomonidan beriladigan kreditning miqdori quyidagicha belgilanadi: a)qayta quriladigan (rekonstruksiya) uy-joy yoki sotib olinadigan kvartira uchun – 2500 eng kam oylik ish haqi miqdorigacha; b)yakka tartibda uy-joy qurish va sotib olish uchun 3000 eng kam oylik ish haqi miqdorigacha. Shu bilan birga taqdim etiladigan kreditning miqdori quriladigan, sotib olinadigan hamda qayta quriladigan (rekonstruksiya) uy-joy yoki sotib olinadigan kvartira qiymatining 75 foizidan oshmasligi lozim. 4. Kredit riski va uni boshqarishning xalqaro tajribasi Barcha rivojlangan davlatlarda bank tizimi iqtisodiyotning boshqa tizimlariga qaraganda eng qattiq nazorat qilinadigan obyekti hisoblanadi. Bank faoliyati “pul savdosi” bilan shug'ullanuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatiga nisbatan ko'proq umumiy xususiyat kasb etadi. Banklar mijozlar, tashkilotlar, sanoat va tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning himoyasini o'z zimmalariga oladilar va o'z qarzdorlarining to'lov qobiliyatini kuzatib boradilar. Kreditlarni o'z vaqtida qaytara olmagan qarzdorlar bank talabi bilan o'z korxonalarini boshqarish huquqidan mahrum bo'ladilar. Banklarning turi ba'zi bir mamlakatlarda har xil bo'lsada, ular ustidan ko'plab cheklovlar o'rnatilgan. Shulardan eng umumiy va muhimlari quyidagilardir: 1. Bank vakolatining chegarasi. Riskni pasaytirish maqsadida bank portfellaridagi bir qator aktivlarga hamda bank faoliyatining ba'zi turlariga chegaralar o'rnatilgan. Ko'pincha likvidlilik darajasining pastligi va shu turdagi investitsiyalar bilan bog'liq risklarning ulushi kattaligidan banklarning ko'chmas mulkiga bevosita egalik qilish huquqi cheklanadi. 2. Kredit hajmini cheklash. Kredit portfelining ulushi tegishli kredit diversifikatsiyasi yo'li bilan pasaytirilishi mumkin. Uning asosiy yo'llaridan biri individual kredit hajmining yuqori chegarasini belgilashdan iborat. Bu yo'ldagi keyingi qadam aniq bir iqtisodiy soha yoki tarmoqga berilayotgan kredit miqdori va hajmini cheklashdan iboratdir. 3. Egalik huquqini cheklanishi. Ba'zi mamlakatlar nomoliyaviy tashkilot va kompaniyalarning tijorat banklariga egalik qilib olishlariga ruxsat bermaydi. Chunki bu narsa kredit mablag'larini shaxsiy maqsadga va bank egalari uchun eng qulay va foydali sharoitlarda ishlatishga olib keladi. 4. Kapitalga talab. Kapitalning minimal hajmiga talab riskni nazorat qilish va yo'qotishlar riskini pasaytirishning eng muhim omillaridandir. Kapitalning darajasini pasaytirish riskli operatsiyalar bo'yicha daromadlar va zararlar o'rtasidagi mutanosiblikning pasayishiga olib keladi. Oxirgi yillarda G'arbning asosiy davlatlarida “riskli” kapitalga talablarning standart to'plami kiritilmoqda. Bank balansining aktivlari kredit risk darajasida bir nechta kategoriyaga ajratiladi. Qo'shma shtatlarda riskning hamma turlarini hisobga olish uchun kapitalning minimal hajmi talabini aktivlarining hamma turiga belgilab qo'yadilar. AQShda kapital darajasida belgilangan minimumdan oshadigan banklargagina yangi vakolatlar va imtiyozlar berish siyosati o'tkazilmoqda. 5. Kafolatlangan majburiyatlar bo'yicha ta'minlanganlik. Bank tizimining barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlash borasida qo'llanilayotgan chora-tadbirlardan ko'riladigan soliq to'lovchining zararlarini pasaytirish maqsadida banklarning kafolatlangan majburiyatlariga cheklovlar o'rnatish mumkin. AQShda bir jamg'armadagi sug'urta summasi hajmi ko'rsatilgan bir nechta hisobvaraqasining egasi bo'lsa ham depozitlarni sug'urtalash tizimi tomonidan har bir alohida hisobvaraqadagi 100 ming dollargacha bo'lgan depozitlar sug'urtalanadi. 6. Xususiy va sinchikov tekshiruv olib borish. Nazoratchilar bankning kapital bo'yicha vaziyatini va banklarning o'rnatilgan qoidalariga rioya qilishlarini va oxirgi kafolat soliq to'lovchilarning muhofazasi yuzasidan bank portfellarini risk darajasi bo'yicha baholashlari kerak. Bu maqsadga malakali revizorlarni jalb qilish yo'li bilan sinchikov tekshirishlar o'tkazish orqali erishish mumkin. Fransiyada 24-yanvar 1984 yilda qabul qilingan “Kredit muassasalarining faoliyati va nazorati to'g'risida”gi qonunga muvofiq Fransiya bankining Prezidenti qiyin vaziyatga tushib qolgan bankning aksionerlariga o'z majburiyatlarini bajarishni davom ettirishlarini yoki tartibni saqlash va ushbu muassasa mavqeini ushlab qolish maqsadida boshqa banklar yordamini jalb qilishlarini taklif qiladi. G'arb davlatlaridagi bozor xo'jaligi va klassik bank operatsiyalarining rivojlanishi risklarni aniqlashni uch kriteriyasiga amal qilish muhimligini namoyish qildi: foiz stavkalarini o'zgarishi, valuta kursi va bozor baholari. AQShda banklar faoliyatini nazorat qilish funksiyasini Federal Rezerv Tizimi amalga oshiradi. “Federal Rezerv Tizimi to'g'risida”gi aktda (1913 yil) FRTning vazifalaridan biri bo'lmish «Bank ishi» ustidan samarali nazoratni tashkil etish haqida qayd etilgan. Bu majburiyatni boshqa Federal bank idoralari bilan bo'lishish orqali FRT tartibga solish funksiyasi bilan pul-kredit siyosatini o'tkazishni afzal ko'radi. Qo'shma shtatlarda depozit muassasalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi FRTning vazifalariga quyidagilar kiradi: - FRTning a'zolari shtatlardan o'tgan banklar, EDJ qonuni doirasida harakat qiluvchi hamma korporatsiyalar hamda barcha holding kompaniyalari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish; - AQSH hududida joylashgan xorijiy bank tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish; - FRTning Amerika tijorat banklari yoki EDJ Qonuni asosida tashkil qilingan korporatsiyalar orqali o'zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yurituvchi korxonalarning xorijdagi faoliyatlarini tartibga solish. Nazorat ishida uchta federal organ harakat qiladi: - Federal Rezerv Tizimi (FRT); - Pul muomilasini nazorat qilish apparati (PMI); - Depozitlar sug'urtasi bo'yicha federal koorporatsiya (DSFK). Bu federal organlar 50 ta shtatning bank ishi nazoratchilari bilan birga ishlaydilar, bu tuzilmada majburiyatlarning ba'zi o'xshash tomonlari kuzatilgan. Masalan pul muomalasi nazoratchisi milliy banklarni ro'yxatdan o'tkazishni amalga oshiradi. Uning o'zigagina katta majburiy javobgarlik yuklatilgan. FRT va unga a'zo banklarning faoliyatlarini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha umumiy javobgarlikni o'ziga olgan. A'zo banklarga milliy banklar ham kirgan bo'lib, ulardan FRT a'zosi bo'lishlarini qonuniy talab qilinadi. Depozitlarni sug'urtalash federal koorporatsiyasi FRT a'zolari banklar ustidan hukmronlik qiladi. FRTning a'zolari bo'lmagan sug'urtalangan banklardan ham qonun depozitlarini majburiy federal sug'urtalanishini talab qiladi. Yuqorida biz bank risklari ichida muhim kasb etuvchi kredit riski haqida barcha ma‟lumotlarga ega bo‟ldik. Xususan, kredit riskini aniqlash, baholash va boshqarish bo‟yicha mamlakatimizda qo‟llanilib kelinayotgan chora – tadbirlar ham tanishib chiqdik. Quyida esa mamlakatimzda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari misolida kredit riskini boshqarish bo‟yicha amaldagi holatini tahlilini ko‟rsak. Mamlakatimizni rivojlanishida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017- 2021 yillarda O‟zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‟nalishi bo‟yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish borasidagi chora tadbirlarni amalga oshirilishida, mamlakatimizdagi tijorat banklariga talablar yanada kuchaydi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda, bank tizimi har tomonlama iqsitodiyotni rivojlanishi bilan hamnafas bo‟lishi kerak. Albatta bunday ko‟rsatkichga erishishda, tijorat banklarining har bir operatsiyasiga alohida e‟tibor O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli “O‟zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‟yicha Harakatlar strategiyasi tog‟risida”gi Farmoni 2017 yil 8-fevral. Shu jumladan, kredit operatsiyalar sifati ham muhim o‟rinni egallaydi. Chunki kredit risklarini baholashni kredit operatsiyari sifatini tahlil qilmasdan amalga oshira olmaymiz. O'zbekiston bank amaliyotida kredit risklarini boshqarishda jaxon amaliyoti tajribasidan foydalanish mumkin. Risklarni kamaytirish uchun ularni baholab borish talab etiladi. Xorijda kredit risklarini baxolashning turli usullaridan foydalaniladi: 1. Historical Simulation usuli. Bu usul tarixiy ma'lumotlar yig‟ish asosida portfel aktivlarida daromadlarning tarixiy taqsimlanishini qo'llash g'oyasiga. asoslanadi va uning yordamida risk kattaligi modellashtiriladi. Bu o'tgan davrda ma'lum vaqt oralig'ida mavjud bo'lgan, portfelning har bir elementi riskining bozor omillarining qo‟llanilishini hisobga olgan holda portfelni qayta baholash jarayonidir. Bu usulning qo'llaninlishi portfelning tarkibiy elementlarini aniqlashni va ularning ko‟rilayotgan tarixiy davr ichida amalga oshirilgan aylanmasining grafigini tuzishni talab etadi. Bu usulni qo‟llashda daromadlarning tarixiy taqsimlanishi biz kelajakda ma'lum davrda oladigan daromadlar taqsimlanishining o'ziga xos ifoda etilishi ekanligini tasavvur etish mumkin, Mos ravishda, bizni qiziqtirayotgan o'tmishdagi daromadlar taqsimoti haqidagi ayni joriy vaqtdagi bizning potfel uchun ehtimoliy risk kattaligini aniqlashga yordam beradi. 2.Stress testing usuli. Bu usul o'zida o'tgan davrda moliya bozorlarida yuz bergan gipotetik va ekstremal voqealarga portfelning chidamliligini baholashga yordam beruvchi turli mulojalar to'plamini aks ettiradi. Bu kabi tadqiqotlarning natijalari kelgusidagi mumkin bo'lgan yuqotishlar va moliyaviy risklarga duch kelish extimolini modellashtrishda foydalaniladi. Stress testing usuli gipotetik stenariylarni: stillashgan stenariylar, favqulotda holatlar stenariylari va bir martalik gipotetik voqea stenariylarini to‟plashdan boshlanadi. 3.Monte Carlo usuli kredit riski ehtimolligini statistik va matematik modellar yordamida olingan natijalar asosida baholaydi, bu usulning g‟oyasi bizni qiziqtirayotgan moliyaviy vositalarning baholarini boshqaruvchi tasodifiy jarayonlarni bir necha bor modellashtirishdan iborat. Mazkur usul kredit riskini baxolashda juda kuchli va ko'p qirrali usul hisoblanadi, uning yordamida deyarli ixtiyoriy turdagi kredit portfelining nazoratini amalga oshirish mumkin. 4.Simulation Scenario usuli, bu usul anchagina sodda hisoblanadi va “What if? “ degan yoki “Ixtiyoriy tanlangan senariy yuz bersa portfelga, bankga, bozorga va shu kabilarga nima bo'ladi?” degan savolga javob berishni ko‟zda tutadi. Mazkur usul ixtiyoriy olingan, o‟ylab topilgan yoki tarixiy stenariylarning to‟plamini tuzishdan iborat. Ularning asosida yakuniy natijada umumiy kredit portfelining bahosiga ega bo'lish uchun mavjud kredit portfelining baholanishini har bir stenariy bo‟yicha alohida amalga oshiriladi. Bu usulning vazifasi modellashtirish natijalarini bank faoliyatining o'tgan yilgi natijalari, o‟z mablaglari va shu kabilar bilan solishtirishdan iborat. 5.Riskni balli baholash usuli. Bu usul risk darajasi ko'rsatkichlarini ekspertli baholanuvchi qiymatlari bo'yicha hisoblanuvchi umumlashtiruvchi ko'rsatkich asosida riskni ekspertiza qilish usuli hisoblanadi. U quyidagi bosqichlardan iborat: operatsiyaninng risk darajasini aniqlovchi omillar ro‟yxatini o'rnatish; har bir omilning namoyon bo'lish sohasidagi ta'sir va riskni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tarkibini ishlab chiqish; har bir ko'rsatkichning omillar bo‟yicha, omillarning esa risk darajasining umumlashgan bahosiga ta'sirini baholash; har bir ko'rsatkich bo‟yicha baholar ustunini ishlab chiqish; riskni umumlashtiruvchi baholashning hisoblash uslubini shakllantirish. 6.Kredit risklarini ekspert baxolash usullari-ekspertlaring xulosalariga asoslangan, kredit risklarini prognozlash va tahlil qilish usullari to'plami hisoblanadi. Ulardan keng tarqalganlari qatoriga Delfi usuli, zanjirlash, juftlab taqqoslash, balli baholashlar usullarini kiritish mumkin. Ekspertlarning fikrlarini umumlashtiruvchi olingan baholarning haqiqatga qanchalik yaqinligi fikrlashlarning malakaliligi, mustaqilligi, hamda ekspertizani amalga oshirishning ulubiy ta'minotiga bog'liq. Kredit risklarini baholash bo'yicha xulosalarimiz shundan iboratki, jahon bank amaliyotida kengroq tarqalgan bir necha usullar, ya'ni Simulation Scenario, Monte Carlo, Delfi, Stress testing, Historical Simulation usuli shu bilan birga balli baholash usullari mavjud bo'lib, ularning har biri o'ziga hos xususiyatlarga ega ekan. Bu usullardan biri ma'lum bir stenariyga asoslansa, ikkinchisi statistik va matematik modellarga asoslangan, yana boshqasi zanjirli, juftlab taqqoslashni nazarda tutadi. Kredit risklarini baholashning bunday usullari O'zbekiston bank tizimi tajribasida qo'llanilmaydi. Bu usullarni bank amaliyotida qo'llanilishi risklarni baxolashda xilma-xillik bo'lishi va buning natijasida birining kamchiligi ikkinchi usul yordamida to'ldirilishi mumkin bo'ladi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi avvalambor, unda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan chambarchas bog'liq. Bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamiz bank faoliyati, tijorat banklari rivojlanishi, ularning erkinlashuvi juda murakkab muhitda, ya'ni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy raqobat muhitida shakllanmoqda. Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo raqobatning kuchayishi va uning takomillashuvi zaruriyatga aylanib bormoqda. Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to'la-to'kis olib borish, kredit riskini boshqarish ular tomonidan kredit siyosatining qay darajada tashkil etilganligiga bog'liq. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda, o'z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlashining muhim jihati hisoblanadi. Bu kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi. Oqilona kredit siyosati bank kredit portfeli sifatining oshirishga olib keladi. Tegishli ravishda, kredit siyosatining maqsadi, huquqiy tartibga solish diapozoni, mablag' olish imkoniyati, eng yuqori risk darajasi, ssuda portfeli balansi, muddatlar bo'yicha majburiyatlar va aktivlar tuzilmasini hisobga olish kerak. Shuningdek, kredit siyosatini ishlab chiqishda asosiy tamoyillarga alohida e'tibor qaratish lozim. Hozirgi davrda tijorat banki kredit portfelini boshqarishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin: - kredit riski darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni baholash; - ssudalarni risk guruhlari bo'yicha tasniflash; - kredit portfelini kredit risklari, mijozlar tarkibi va ssudalar tarkibi bo'yicha optimallashtirish; - qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy ahvolining, kredit riskini prognoz qilish maqsadida o'zgarishi ehtimolini aniqlash; - muammoli ssudalarni oldindan aniqlash; - yaratilayotgan zahiraning yetarliligini baholash va uni o'z vaqtida to'g'rilab borish; - kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidliligini va daromadliligini ta'minlash; - bankning kredit siyosatini ishlab chiqish va uni kredit portfelining sifati tahliliga asoslangan holda to'g'rilab borish. Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuqoridagi tamoyillarga amal qilish, bankning kredit faoliyati samaradorligini oshiradi, o'z navbatida, bankning ko'radigan foydasi ham oshadi. Kuchli raqobatchilik muhitida bank kredit siyosatida kredit menejmentiga alohida e'tibor berish muhimdir, bu bankga bozor sharoitida samarali faoliyati yurg‟izishi uchun zarur. Ma'lumki, tijorat banklari faoliyatida olinadigan foydaning 80-85 foizgacha bo'lgan qismi uning kredit operatsiyalariga to'g'ri keladi. Shu sababli, har qanday bank o'zining aniq va yo'naltirilgan kredit siyosatiga, kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmiga ega bo'lishi shart. Bu esa bank tomonidan beriladigan kreditlarning o'z vaqtida to'liq so'ndirilishi va bank foydasining kafolatidir. Hozirgi vaqtda bank kredit portfelini boshqarishdagi muammolar asosan bozor munosabatlariga o'tish sharoitidagi iqtisodiyotning ahvoli bilan bog'liq bo'lgan muammolar hisoblanadi: - aholi ayrim toifasining to'lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar yetarli darajada emasligi; - olingan kreditlarning ko'pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi; - tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo'yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi; - banklarning yetarli resurs bazasiga ega emasligi; - respublikamiz tijorat banklari kreditlash amaliyotida kredit shakllaridan to'laqonli foydalanilmayotganligi; - tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo'yicha taqsimlanishida diversifikatsiya darajasining pastligi, ya'ni mamlakatning qator tijorat banklarida kredit portfelini diversifikatsiyalash talabiga rioya etilmayotganligi; - kredit risklarini yuzaga keltiruvchi omillar, eng avvalo bank tomonidan aniq kredit siyosatining ishlab chiqilmaganligi; - olinayotgan garovlarning to'g'ri tanlanmasligi; - bundan tashqari kredit portfelining katta qismini bir tarmoqga tegishli mijozlar tomonidan egallab olishi holatlari; - moliyaviy hujjatlar tahliliga yuzaki yondashish; - mijoz talab qilgan mablag'ning to'liq asoslanganligini aniqlashda qo'yilgan xatoliklar; - kredit hujjatlari bilan shug'ullanuvchi mutaxassisning yetarli malakaga ega bo'lmay qolishi (hozirgi sharoitda qoida va talablarning tez o'zgarib turishida bo'lishi mumkin); - ta'minotlarning yetarli bo'lmasligi (garov bahosining asossiz ravishda yuqori bo'lishi); - hujjatlarni tayyorlashda yo'l qo'yilgan xatoliklar (bank manfaatlarini yetarli himoya qilinmasligi); - berilgan kredit bo'yicha muddat aniqlashda xatoliklarga yo'l qo'yish; - qarzning so'ndirilish davrida yetarli nazoratning bo'lmasligi. Yuqoridagi bayon qilingan barcha muammolar hozirgi kunda respublikamizda mavjud bo'lgan barcha tijorat banklari uchun dolzarb, birlamchi, muammolar bo'lib hisoblanadi. Banklarning kredit faoliyatini tekshirish amalda shuni ko'rsatadiki, bankning ichki me'yoriy hujjatlari va ushbu me'yoriy hujjatlarda mujassam bo'lgan kreditlash tartibotlari muammoli kreditlar paydo bo'lishidan ularni ko'p hollarda to'liq himoya qila olmaydi. Mazkur me'yoriy hujjatlarga kredit bo'limining Nizomi va mansabdor shaxslar tomonidan qaror qabul qilinishi muvofiqlashtiruvchi yo'riqnoma ko'rinishidagi materiallar, vakolatlar taqsimoti, kredit berish to'g'risidagi ko'rsatmalar, Kredit qo'mitasi to'g'risida Nizom va boshqa shu kabilar kiradi. Ushbu me'yoriy hujjatlarni mavjudligi banklarda kredit ishini maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga sharoit yaratadi hamda xodimlarning o'z vazifalariga bo'lgan mas'uliyatni oshiradi. Ma'lumki, ko'p holatlarda katta miqdordagi kreditlar bankning hissadorlariga, ya'ni bankga aloqador bo'lgan shaxslarga beriladi. Bunda ular kelishilgan xolda bir-biriga kafolatlar berib, ba`zi holatlarda kredit taqdim etayotgan bankga hech qanday hujjatlar bermaydilar. Natijada, bunday tartibda taqdim etilgan kreditlar muammoli kreditlarga aylanib, ularning muddatlari bir necha marotaba uzaytiriladi. Qarz oluvchining garov majburiyatlari rasmiylashtirilishi jarayonida bankning mutasaddi xodimlari tomonidan ushbu jarayonga yetarli darajada e'tibor berilmagan. Natijada shunday holatlar aniqlanganki, qarz oluvchi o'zining xususiy bo'lmagan dala-hovlisini yer uchastkasi deb garovga qo'ygan va shunga qaramasdan bank tomonidan unga kredit ajratilgan. Bundan tashqari garovga qo'yiladigan mahsulotning sertifikati, narxi to'g'risidagi ma`lumot hamda zarur bo'lgan boshqa sug'urta hujjatlari yetishmaydi. Yoki sug'urta hujjatlari keraklicha to'liq bo'lmasligi va noto'g'ri rasmiylashtirilishi ko'p uchraydi. Ayrim holatlarda sug'urta badalini qarz oluvchi tomonidan to'lamaganligi sababli sug'urta shartnomasi yuridik kuchga ega bo'lmay qoladi, natijada taqdim etilgan kredit qaytmaslik xataridan xaqiqatda sug'urtalanmagan bo'lib qoladi. Bu esa o'z navbatida bank kredit portfeli sifatining pasayishi va unda muammoli kreditlar salmog'ining o'sishiga olib keladi. Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarga yo'l qo'yilmaslik uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu boradagi yo'riqnomalari va tijorat banklarining kredit siyosatlari hamda kreditlash yuzasidan ichki kredit tartibotlari talablariga qat'iy rioya etish zarurdir. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari kreditlash jarayonini takomillashtirish, kredit riskini samarali boshqarishda o'z kredit portfellarini iloji boricha ko'proq chuqur tahlil qilib borishlari lozim. Bizga ma'lumki, mijozlar tomonidan kreditni qaytarish istiqbolini aniq baholash va yo'qotishlar miqdorini kamaytirish maqsadida muqobil xarakatlar dasturini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Kreditlarni qaytarishdagi muammolarni o'z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni ko'rish natijasida muammoli kreditlarning ma'lum qismini bank uchun zararga aylanishiga chek qo'yish mumkin. Ayni vaqtda bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta'sirida vaziyat shunday shakllanishi mumkinki, bunda ko'rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, faqat kreditni undirish strategiyasini ishlab chiqish mumkin emas. Kreditlarni berish shartlarini turlicha ekanligi va muammoli ssudalarning yuzaga kelishidagi sharoitlarning bir xilda emasligi har bir muammoli ssudaga individual yondashuvini talab qiladi, ammo shunga qaramasdan muammoli kreditlarni undirish yuzasidan umumiy tizim ishlab chiqilishi lozim. Shunisi xarakterliki, kreditni undirish strategiyasini mijoz ahvolini oldindan tahlil qilmasdan turib, aniqlash mumkin emas. XULOSA Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda kredit riskini boshqarish bo'yicha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga, ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga katta e'tibor beriladi. Chunki, kredit portfelining to'g'ri tashkil qilinishi banklarning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Kredit riskini boshqarishning asosiy yo'nalishlari qilib quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1.Kredit risklarini darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni baholash va bartaraf etish. 2.Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini va uning moliyaviy ahvolini aniqlash, kredit riskini bashorat qilish. 3.Muammoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so'ndirish choralarini ishlab chikish. 4.Kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidligini va daromadliligini ta'minlash. 5.Kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo'lib turish. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, respublikamizning yirik tijorat banklarida kreditlarning asosiy qismini ma'lum tarmoqlarga mansub korxonalarda to'planganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, kreditlarni ayrim mulk shaklidagi mijozlarda to'planishi bank uchun yuqori kredit riskini vujudga keltiradi. Masalan, davlat korxonalarining mulk shakli o'zgarishi bilan unga berilgan kreditni qaytarishda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan banklarda kredit riskini kamaytirishga erishish mumkin: 1.Tijorat banklari kredit portfeli diversifikatsiyasini kengaytirish va kredit qo'yilmalaridan samarali foydalanish banklarni universallashtirishda va raqobatbardoshligini oshirishda yordam beradi hamda kredit riskini pasaytirishni ta'minlaydi. 2.Bank likvidligini boshqarishda va Markaziy bank tomonidan iqtisodiy normativga rioya etish maqsadida jalb qilingan va joylashtirilgan mablag'larni muddati bo'yicha diversifikatsiya qilish natijasida, o'z kredit operatsiyalarini rejalashtirishga yordam beradi. Bu bilan tijorat banki zarur bo'lgan likvidlilik darajasini ushlab turgan holda maksimal darajada yuqori daromadga erishadi. 3.Kredit portfelini shakllantirish jarayoni optimal kredit siyosatini aniqlash nuqtai-nazaridan uning diversifikatsiyalanishini ko'zda tutadi. Kreditlarning bir necha mijozlar ichida jamlanish darajasi va kreditlashning umumiy hajmi oshishi bilan bank kredit riski ham o'sib boradi. Shuning uchun banklar doimo bir-biridan mustaqil bo'lgan ko'p sonli mijozlarga ozroq hajmdagi kreditlarni taqdim qilishga harakat qilishlari lozim. Bundan tashqari, kreditlarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha diversifikatsiyalashlari maqsadga muvofiqdir: - muddatlari bo'yicha (qisqa va uzoq muddatli qo'yilmalar salmog'ini iqtisodiyotda kutilayotgan o'zgarishlarga va depozitlar muddatlariga bog'liq holatda tartibga solish); - maqsadli yo'nalish bo'yicha; - ta'minot bo'yicha; - kredit uchun o'rnatilgan foiz stavkasi bo'yicha (qat`iy belgilangan va suzib yuruvchi); - tarmoqlar bo'yicha. 4.Kredit siyosati bank kredit resurslarining risk darajasini, kreditlarning ta'minlanganlik darajasini, kreditlarning hududlar va tarmoqlar bo'yicha jamlanganligini, kreditlashning manbalari bo'yicha, mulk shakli bo'yicha tizimli tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim. 5.Tijorat banklari kreditlari hajmini oshirish, uning yuqori sifat ko'rsatkichlariga erishishini ta'minlash bevosita ularning kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining normativ darajasini ta'minlashga bog'liq. 6.Kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining amaldagi darajasiga baho berish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: - bank tomonidan berilgan kreditlarning to'g'ri tasniflanganligiga; - zahira ajratmalarini tasniflash asosida kreditlarning toifalariga mutanosib ravishda tashkil etilganligiga; - foizlarni o'stirmaslik maqomiga ega bo'lgan kreditlar bo'yicha hisoblangan va muddati o'tgan foizlarni o'z vaqtida va to'liq tijorat bankining balansidan chiqarilganligiga. 7.Tijorat banklarida sindikatlashgan kredit, overdraft kreditlaridan keng foydalanishi lozim.Bir loyihani bir necha kreditorlar tomnidan moliyalashtirilish bilan kredit riskini pasaytirishga erishish mumkin. 8.Tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirishning ustuvor yo'nalishlariga qat'iy amal qilish lozim, jumladan: - tijorat banki kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda yoki sohada to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik; - tijorat banki tasniflangan kreditlari tarkibida “standart” toifasidagi kreditlarning salmog'ini 90 foizdan past bo'lmasligiga erishish; - kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining normativ darajasini ta'minlash kerak. O`ylaymizki bu takliflar kredit risklarini boshqarishda, kredit portfeli sifatini yanada oshirishda hamda banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlarning sifatini yanada takomillashishiga olib keladi. Download 100.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling