Sirtqi fakulteti
-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning markazlashgan moliyalashtirish manbalari (jamiga nisbatan, %da)
Download 1.16 Mb.
|
Tijorat banklarining birinchi va ikkinchi darajali kapitaliga ta`sir
1-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning markazlashgan moliyalashtirish manbalari (jamiga nisbatan, %da).2
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir. Xulosa. Xulosa qilib aytganda bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda. Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi: -passiv operatsiyalar; -aktiv operatsiyalar; -bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; Bank kapitali – bu bank tijorat faoliyatining asosi bo`lib, uning mustaqilligini ta`minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolatlaydi hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini yengillashtiradi. Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo`lib, bank bankrot holatiga tushganda da`volarni qoplashning muhim qoplash (zaxira) fondi hamda bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo`lib hisoblanadi. Bank barqarorligini ta`minlash, xavf-xatarli qo`yilmalarni sug`urtalash hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank kapitali muhim asos hisoblanadi. Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo`lib, u maksimal jalb qilish mumkin bo`lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda maksimum qo`yish mumkin bo`lgan xatarni belgilaydi. Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi. Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin. Bular: a) o‘z aksiyador kapitali – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi; b) xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar. v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi. Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab kilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalar qabul qiladilar. Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyidagi normativlar: kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi. Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar), o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar) banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi. Halqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: depozitlar; nodepozit resurslar. Keng ma’noda passivlarni boshqarish omonatchilar va boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb va mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog‘liq faoliyatdir. Tor ma’noda esa passivlar operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga ko‘ra qarz mablag‘larini faol ravishda topish yo‘li bilan likvidlika bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi. Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Depozit va ularning turlari Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi. Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir. Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi. Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi. Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar. Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga omonat qo‘yishi mumkin. Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling