Sirtqi ta’lim «qurilishda axborot texnalogiyalari»


Loyihaning chizilish tartibi


Download 0.53 Mb.
bet2/3
Sana03.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1423780
1   2   3
Bog'liq
ABDIRASHIDOV IBRAT O‘KTAM O‘G‘LI

3. Loyihaning chizilish tartibi
3.1) «Layers» paneli orqali zarur qatlamlarni yaratish
Loyihani chizishni boshlashdan avval, dastlab, «Layers» paneli yordamida oʻzimizga zarur qatlamlarni yaratib olamiz. Masalan, «oʻq chiziq», «devor», «deraza», «beton», «tom» va hokazo. Qatlamlar yordamida ishlashning afzal tomoni shundaki loyiha chizish davomida panelning funksiyalaridan foydalangan holda ishni tez va oson bajarishimiz mumkin. Biror qatlamni vaqtincha berkitib qoʻyish, uni «muzlagan» holga keltirib qoʻyish, ranglar va chiziq qalinligi orqali ularni farqlab olish shular jumlasidandir.


3.2) Oʻq chiziqlarni hosil qilish
Berilgan loyihaga muvofiq ishni oʻq chiziqlarni yaratib olishdan boshlaymiz. Dastlab, «Layers» panelidan «Ost» qatlamiga oʻtamiz va loyiha oʻlchamiga mos oʻq chiziqlarni otkazamiz. «Line» buyrugʻi yordamida birinchi vertikal va gorizontal chiziqlar oʻtkazib, qolganlari esa «Offset» buyrugʻi yordamida berilgan oʻlchamlarga muvofiq koʻpayatiriladi.


3.3) Asosiy devor chiziqlarini hosil qilish
«Layers» panelidan «Devor» qatlamiga oʻtamiz. «Draw» panelidan «Polyline» buyrugʻi yordamida asosiy tashqi devorlarni oʻtkazib olamiz. Bunda bizga «Ost» chiziqlari yordam beradi. Devor chiziqlarini hosil qilishda klaviaturadan F8 (Ortho) tugmasi yoqib qoʻyiladi. Shunda chiziqlar faqatgina 90⁰ da (perpendikulyar) harakatlanadi.


3.4) Tashqi va ichki devorlar qalinligini aks ettirish


Devorlar qalinligi ikki xil oʻlchamda hosil qilinishini loyiha orqali bilish mumkin: bular tashqi va ichki devorlar.
▪ Tashqi devorlar qalinligi belgilangan standartga muvofiq 510 mm (200+310); ▪ Ichki devorlar qalinligi chizma standartiga koʻra 380 mm (190+190). Bundan avval loyihaning ayrim qismlarida ixtiyoriy burchak ostida burilgan devorlar «Chamfer» buyrugʻi yordamida hosil qilinadi. Devorlar qalinligi hosil qilish uchun «Modify» panelidagi «Offset» buyrugʻiga murojaat qilamiz. Hosil qilingan devor chiziqlarining oʻzaro kesishgan qismlari esa «Trim» buyrugʻi yordamida olib tashlanadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling