3.5) Eshik va derazalar oʻrnini aks ettirish
Loyihaga muvofiq eshik va derazalar oʻrnini hosil qilishimiz zarur. «Draw» panelidan «Line» buyrugʻri yordamida devorning eshik hamda derazalar oʻrniga perpendikulyar chiziqlar chizib chiqamiz. Soʻn ortiqcha devor chiziqlari «Trim» buyrugʻi bilan oʻchirib tashlanadi.
3.6) Oʻlchamlarni oʻrnatish, oʻq chiziq parametrlarini sozlash va zarur qoʻshimchalar kiritish
Loyihaning 2D formatini yakunlash uchun zarur qoʻshimchalar kiritiladi:
▪ «Layers» panelidan «Oʻlcham» qatlamiga oʻtib oʻq chiziqlar orasidagi oʻlchamlar aks ettiriladi. 1 va 2-oʻq chiziqlar orasidagi masofa «Dimension» panelidagi «Linear» buyrugʻi yordamida hosil qilinsa, qolganlari «Continues» buyrugʻi yordamida davom ettiriladi;
▪ «Layers» panelidan «Xonalar» qatlamiga oʻtib «Multitext» hosil qilinadi va loyihaga muvofiq xona nomlari yozib chiqiladi;
▪ Oʻq chiziqlar boshida aylanalar chiziladi hamda ularga raqam va harflar tartib bilan yozib chiqiladi.
Xulosa
AutoCad dasturi orqali chizish arxitektura sohasi uchun ancha qulayliklarni yaratadi. Bunda birgina «Draw» panelining oʻzi bu fikrimizning isboti boʻla oladi. Undan tashqari yordamchi buyruqlar, masalan, «Ortho», «Osnap», «Layers», «Lineweight» va boshqalar bunga misol boʻladi.
AutoCad dasturida ishlashning qulay tomonlaridan yana biri unda «Tezkor tugmalar»dan foydalangan holda bir necha marta jarayonni tezlatish va vaqtni tejash imkonini berishidir. Har qanday narsaning yaxshi va yomon tarafi bo’lgani kabi o’z navbatida AutoCAD dasturining ham salbiy tomonlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |