Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Download 172.15 Kb.
bet16/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

ABU NASR FAROBIY. Abu Nasr ibn Uzlug ibn Jarhon Farobiy 873 yili Toshkentning shimoliy g’arbida joylashgan, keyinchalik tarixda O’tror nomi bilan nom qozongan Farobda xizmatchi oilasida tug’ildi. Farobiy o’z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi va bu sohada o’nlab ilmiy asarlar muallifidir. Ularning umumiy miqdori 160 dan ortiq bo’lib astronomiya, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot,ximiya sohalarini qamrab oladi.
Uning tabiatshunoslikka doir «Inson a’zolari» haqida risola «Hayvon a’zolari», Aristotel bilan Galen o’rtasidagi munosabat kabi asarlari alohida ahamiyatga ega bo’lib ular inson va hayvonlar organlari, ularning funksiyasi bir-biriga o’xshash tomonlari, yoritilgan tirik organizmlar anatomiyasi fiziologiyasi, psixologiyasi fanlarga asos solgan olim.
Inson organizmi, uning funksiyasi haqida gapirar ekan Farobiy organizm bir butun va yaxlit sistemadan iboratligini, turli o’zgarishlar vaqtida kasalliklar esa ovqatlanishning buzulishi bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tdi.
Odam kelib chiqishi haqida yanada ilg’or fikrini olg’a suradi. Inson dastavval tabiatdan, aynan hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan u garchi fikrlovchi inson qiyofasini olgan bo’lsa ham baribir, u ajdodi-hayvonlar bilan ba’zi o’xshashliklari saqlanib qolgan, odam organizmi miya nerv sistemasi orqali boshqariladi, bosh miya organizmda o’zaro munosabatni yuzaga keltirib turadi. Shunday qilib Farobiy hayvonlarda nutq o’smagan - birlamchi signal sistemaga buysunuvchilar deb, ko’rsatgan bo’lsa, odamlarni nutqiy fazilati o’sgan ikkinchi signal sistemaga xos fazilatli deb topgan.
Farobiy hali Yevropa olimlariga qadar xususan rus fiziologi I.M.Sechenovgacha 1000 yil avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo’lgan birlamchi va ikkilamchi signal sistemasini rivojiga ilmiy asos solgan.
Tabatshunoslik 2 xil tanlashni tan oladi. Inson qo’li bilan va faoliyati bilan yuzaga kelgan tanlash va tabiatni o’zi yartgan va yaratadigan tanlash.
Farobiy o’z asarlarida sun’iy (inson yordamida) turlarining vujudga kelishini va tabiiy (inson aralashuvisiz) o’simlik va hayvonlari turlarini vujudga kelishini dunyoda 1 chi bo’lib tariflaydi va Ch.Darvingacha 1000 yil avval Farobiy 1 chi bo’lib hal qilgan.
BERUNIY. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy buyuk o’zbek ensiklopedist olimi, o’rta asrlarda va undan keyingi davrining buyuk mutafakkiridir.
Beruniy 973 yili Xorazmning Kiyot (Hozirgi Beruniy shahrida) tug’ilgan. Beurniy 1004 yilda «O’tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» (Al-Asar, al-boqiya-an al-kurun al-kaniya) deb nomlangan. Qobus ibn Vushmagirga bag’ishlangan asarini yozadi.
Beruniy asarlarda tabiatga oid juda ko’p ma’lumotlar kiritilgan. Uning asarlarida O’rta Osiyo erki, Hindston, Avg’onistonda keng tarqalgan qazilma boylik (dorivor o’simliklar, hayvonlar) ularning foydali xislatlari haqida ma’lumot bergan. Berkuniyning tabiiy-ilmiy qarashlari «Saydana» «mineralogiya», «Hindiston», «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Geodeziya», «Ma’sudiy qonuni» kabi asrlarda keng yoritilgan. «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklardan» asarida Berukniy Eron shimolida tarqalgan tropik o’simliklar va hayvonlarni dunyosini ta’riflaydi. Beruniyning «Kitob as-Saydana-fit-tibbi (tabiatda dorishunoslik)» asari 1927 yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonasida topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf sayyoh mualliflarni keltirgan.
Beruniyning tabiiy va sun’iy tanlanish haqidagi fikri diqqatga sazovordir. Beruniydan 900 yil o’tgach buyuk ingliz olimi Charlz Darvin tomonidan asoslangan evolyusion ta’limotni bartaraf qilishi edi. Agar, deb ta’kidlaydi olim Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning ko’payishga daraxtning o’sishiga o’rin qolmaydi.
Beruniyning bu asarida dorivor o’simliklar klassifikasiyasi berilgan. Beruniy o’z asarlari bilan tabiat tarixiga asos solgan.

Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling