Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish
Download 172.15 Kb.
|
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq, tiniq pardadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan alaskop va filmoskoplar kiradi. Sanoatimizda tayyorlangan maktab proyeksion apparatlari maxsus qo’llanma bilan ta’minlangan. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o’qituvchi qo’llanma mazmuni bilan tanishishi va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo’lishi kerak.
Tabiatshunoslik dasrlarida kodoskop ham qo’llaniladi, unda fabrika usulida bajarilgan tiniq pardada chizilgan maxsus tarnsporantlar va shuningdek yasama qurollar (rangli sxemalar), rasmlar, kesmalar yonidan ko’rinishlar va boshqa qurollar qo’llaniladi. Transporant shu bilan qulayki, u har xil jarayonlarni (masalan, ko’lni o’t bosishi, manbalar, ya’ni buloqlar hosil bo’lishi, tabiatda suvni doira bo’ylab aylanishi va bosh.) dinamikada (harakatda) ko’rsatish imkonini beradi. Bunday samaraga transporant kadrlarni izchillik bilan qo’yib borish bilan erishiladi. Kodoskop bevosita apparat stolchasida odatdagi flomaster, sharikli ruchka yoki qalam bilan tiniq pardada chizilgan har qanday rasm, sxema yon ko’rinishini ekranda ko’rsatishga imkon beradi. Ekran qurollari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni bajarishi mumkin. Ekran qurollari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi. Bir darsning o’zida 5-6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi. Ayrim hollarda 10 gacha kadrlardan foydalansa bo’ladi. Ular hujjatli, ko’rinishli yoki multifikasiyalashgan bo’lishi mumkin. Ulardan maqsadga yo’nalgan holda foydalanish zarur. Ekran qurollarining kadrlarini e’tibor bilan ko’rish lozim, lekin uzoq vaqt emas, chunki bunda plyonka va oyna qizib ketadi va shakli o’zgarishi yoki yorilib ketishi mumkin. Bundan tashqari yorug’lik surati kuchli ta’sirlovchi sifatida ko’rish organini tezda charchatadi va shuning uchun ham tezda o’quvchilarning ma’dasiga tegadi. Murakkab kadrlardan foydalanishning eng ko’p vaqti 1-2 minut. Agar darsning maqsadi o’tilganlarni takrorlash bo’lsa, unda yorug’lik suratlarining (kadrlarning) soni 20-25 gacha ko’paytirilishi mumkin. Esda tutish kerakki, ko’rsatilgan suratni o’quvchilarning o’zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o’quvchi ko’rganlarini noto’g’ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlanganda, muhimlarini ko’rmagandagina o’qituvchining aralashuviga yo’l qo’yiladi. Tajribalar o’tkazish uchun jihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg’ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to’garagida) maxsus jihozlar: o’lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. O’lchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o’lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko’rgazmali qurollar magazinlaridan sotib olish umumkin. Ayrim asboblarni o’quvchilarning o’zlari tayyorlashlari mumkin. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbeslangan to’r, probirka qo’yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar) oq shisha pufakchalari, idishlar to’plami - choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi. Jonli tabiat burchagi. Tabiatda davomli (uzoq vaqt davom etadigan) kuzatish va tajribalar uchun jonli tabiat burchagi tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va o’simliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan tabiatshunoslikni o’rganishda foydalanish mumkin.Burchak, shuningdek o’quvchilarning darsdan va sinfdan tashqari ishlari uchun baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin. K.D.Ushinskiy qo’yi sinflarda tabiatni o’rganishni bolani doimo o’rab turgan va ularga tanish bo’lgan o’simlik va hayvonlardan boshlash kerak, deb tavsiya qilgan. Bu tamoilga darslarda ham, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham amal qilish kerak. Bu tamoilni amalga oshirishga jonli tabiat burchagidagi ishlar imkon beradi. Shu vaqtning o’zida u o’quvchilarda jonajon o’lkaga muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat to’g’risidagi ularning bilimlarini kengaytiradi. Tabiatga o’tkaziladigan ekskursiyalar jonli tabiat burchagidagi tashkil qilishning boshlanish bo’lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan tanisha turib, o’quvchilar mollyuska, ninachi qurtlari, xar xil qo’ng’izlar, gambuziya, peskar (tanga baliq), shuningdek suv o’simliklarining barchasi akvarium, shisha bankalar yoki boshqa yaroqli idishlarga joylashtiriladi. Bog’ va polizlarda ko’pincha meva, rezavor meva hamda sabzavot o’simliklari zararkunandalarining g’umbak va qurtlari uchraydi. Ekskursiya vaqtida ularni yig’ib, jonli tabiat burchagida ular ustida hasharotlar taraqqiyotining butun siklini tekshirib borish va yeb to’ymas qurtning harakatsiz g’umbakka aylanishini, g’umbakdan yetuk kapalak chiqishini ko’rish uchun kuzatishlar tashkil qilish mumkin. Jonli tabiat burchagiga keltiriladigan tirik obyektlar alohida daftarda hayvon yoki o’simlikni keltirish vaqti (kuni), kimdan qabul qilinganligi, hayvonning nomi va uning holatini ko’rsatib qayd qilib borilishi kerak. Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling